Tojiboev Suhrobxon Ja’far o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidrotexnik inshootlar zatvorlaridan o‘tayotgan suv hisobini raqamlashtirish”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2161
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari falsafa doktori, dotsent Sadiev Umidjon Abdusamadovich, texnika fanlari doktori, professor Fayziev Xomitxon.
Yetakchi tashkilot - Namangan muhandislik - qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidrotexnik inshootlar zatvorlari ostidan o’tayotgan suv hisobini ko’p funksiyali innovatsion qurilma (IMDMWCP innovative multifunctional device for measuring water calculation parameters)dan foydalanib raqamlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrotexnik inshootlardagi zatvorlarning harakat mexanizmini inobatga olib, suv hisobini raqamlashtirishda ko’p funksiyali innovatsion qurilma (IMDMWCP) dan foydalanish taklif etilgan;
kanallardagi gidrotexnik inshootlar zatvorlariga ta’sir etuvchi kuchlarining o’zgarishini inobatga olib gidrotexnik zatvorlarni boshqarish va nazorat qilish tizimlarini avtomatlashtirish usuli takomillashtirilgan;
kanallardagi inshootlarda vertikal harakatlanadigan zatvorlarning boshqarish mexanizmlari kinematikasi va beflarni tutashtirish qonuniyatlarini inobatga olib suv sarfni nazorat qilishning gidravlik modeli ishlab chiqilgan;
gidrotexnik inshootlar zatvorlarida suv sathi va sarfi nazoratini raqamlashtirish tizimining strukturaviy sxemasi, algoritmi hamda dasturiy vositasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidrotexnik inshootlar zatvorlaridan o’tayotgan suv hisobini raqamlashtirish bo’yicha olingan natijalar asosida:
kanallardagi inshootlarda vertikal harakatlanadigan zatvorlar boshqarish mexanizmlarining kinematikasi va beflarni tutashtirish qonuniyatlarini inobatga olib suv sarfini nazorat qilishning gidravlik hisoblash usuli Qashqadaryo viloyati Qarshi magistral kanali irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli Qarshi gidrouzelida amaliyotga joriy etilgan (Suv xo’jaligi vazirligining 2023-yil 25-fevral 03/26-629-son ma’lumotnomasi). Natijada gidrotexnik inshootlardan o’tayotgan suv miqdorini aniq hisoblash imkoniyati yaratilgan;
gidrotexnik zatvorlarni boshqarish uchun ko’p funksiyali innovatsion qurilma Qashqadaryo viloyati Qarshi Irrigatsiya tizimlari boshqarmasiga qarashli Pistali kanalida amaliyotga joriy etilgan (Suv xo’jaligi vazirligining 2023-yil 25-fevral 03/26-629-son ma’lumotnomasi). Natijada suv miqdorini tizimli boshqarish hisobiga ekinlarni vegetatsiya davrida sug‘orishda 1 gektar er uchun 92 m3 gacha suv miqdori tejalishiga erishilgan;
gidrotexnik inshotlarda suv sarfini nazorat qilish va o’lchash tizimining avtomatlashtirilgan usuli Qashqadaryo viloyati Oqsuv irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli Oqsuv gidrouzelida amaliyotga joriy etilgan. (Suv xo’jaligi vazirligining 2023-yil 25-fevral 03/26-629-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud nazorat va o’lchash tizimlariga nisbatan elektr energiyasi iste’molini ikki baravargacha kamaytirish va suv sarfini o’lchash diapazaonlarini kengaytirishga imkon yaratilgan.