Mamatov Nurbek Ziyodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli meliorativ kanallarning yuvilish jarayonini tadqiq qislish”, 05.09.07- Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4035
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Uralov Baxtiyor Raxmatullaevich., texnika fanlari falsafa doktori, dotsent Nazarov Komil Igamberdievich.
Yetakchi tashkilot - Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli meliorativ kanallarda ruxsat etiladigan oqimning yuvmaslik tezliklarini (kritik tezlik) aniqlashning hisob usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sho‘rlangan kam bog‘langan gruntning yuvilish intensivligini aniqlash usuli grunt namligi va sho‘rlanish darajalari inobatga olingan holda takomillashtirilgan;
quruq havo holatida bo‘lgan sho‘rlangan gruntlarning oldindan namlanishining oqim yuvmaslik tezliklari o‘zgarishiga ta’sirini baholash usuli ishlab chiqilgan;
sho‘rlangan kam bog‘langan trapesiya shaklidagi kanallarning oqim yuvish, o‘rtacha kritik va tub osti kritik tezliklarini aniqlash uchun gruntning sho‘rlanish darajasi, birikish kuchi va o‘zanning gidromorfometrik parametrlari inobatga olinib hosil qilingan;
olingan bog‘lanishlar va tadqiqot natijalariga asosan sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli kanalning yuvilish jarayonini gidravlik hisob usuli gruntning sho‘rlanish darajasi va birikish kuchi hamda o‘zanning gidromorfometrik parametrlari inobatga olinib takomillashtirilgan hamda ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli kanallarda oqim kritik tezliklarining gidravlik hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli meliorativ kanallarda oqimning kritik tezliklarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Meliorativ ekspedesiyasi boshqarmasi”ning “Janubiy kollektor” (2023-yil 07-iyuldagi dalolatnoma) ochiq kollektorida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16- avgustdagi 03/37-2602-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalning suv o‘tkazish qobiliyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi hisobiga 9-10 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli meliorativ kanallarda oqimning kritik tezliklarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Buxoro ITHB huzuridagi “Meliorativ ekspedesiyasi boshqarmasi”ning Janubiy kollektor (2023 yil 11-iyuldagi dalolatnoma) ochiq kollektorida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023- yil 16- avgustdagi 03/37-2602-son ma’lumotnomasi). Natijada kanalning suv o‘tkazish qobiliyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi hisobiga 10-11 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
sho‘rlangan kam bog‘langan gruntli kanallarda oqimning kritik tezliklarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Respublika muhandislik qidiruvlari va laboratoriya tadqiqot markazi” MChJ da joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023- yil 16- avgustdagi 03/37-2602-son ma’lumotnomasi). Natijada kanallarning suv o‘tkazish qobiliyati taklif qilingan hisob usulining qo‘llanishi asosida 8-9 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
«Rekomendatsii po raschetu nerazmivayushhix skorostey vodnogo potoka kanalov v svyaznix i zasolennix gruntax» va “Sho‘rlangan bog‘langan gruntli kanallarda oqimning kritik tezliklarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar” nomli ilmiy tavsiyalar “Suv xo‘jaligi vazirligi” tasarrufidagi “Gidroproekt” AJ va “UZGIP” AJ loyihalash institutlarida gidrotexnika inshootlarini loyihalashda foydalanish uchun qabul qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2023- yil 16- avgustdagi 03/37-2602-son ma’lumotnomasi). Loyihalash ishlari natijasida kanal deformatsion jarayonlarining kamayishiga va foydalanish samaradorligini 5-8 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.