Bozaripov Soyibjon Jonibekovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli xil etiologiyali nefropatiyada o‘pkaning norespirator faoliyatini baholash», 14.00.16–Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib163.

Ilmiy rahbar: Oxunov Alisher Oripovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.12.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Zokirov Yorqin Uzuevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sabirov Maqsud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: turli xil etiologiyali nefropatiyada o‘pkaning norespirator faoliyatidagi patogenetik o‘zgarishlar va ularni bashorat qilish uchun noinvaziv innovatsion usulni ishlab chiqishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

diabetik nefropatiya fonidagi surunkali buyrak etishmovchiligini modellashtirishning yangi usuli ishlab chiqilgan;

40-kundan boshlab arteriolalarda angiopatiyali xarakterli morfologik o‘zgarishlarning orqaga qaytmaydigan xususiyati, qon tomirlarda gialinoz va sklerozning rivojlanishi natijasida mikrotsirkulyasiyaning buzilishi buyraklar funksional qobiliyatini izdan chiqishiga olib kelishi isbotlangan;

diabetik nefropatiyada diabetik anigiopatiya jarayoni kechishini keskinlashishida o‘pka to‘qimasida morfostruktur o‘zgarishlari bosqichma-bosqich kechishida I davrda o‘pkaning respirator va qon tomir tizimi faoliyatida o‘zgarishlar, II davrda o‘pkaning o‘zgarmagan to‘qimalarida yallig‘lanishli o‘zgarish o‘choqlari va ekssudativ bronxit rivojlanishi, III davrda o‘pkaning butun respirator tizimida qaytmas tabiatli yaqqol ifodalangan yallig‘lanish holatlarini yuzaga kelishi isbotlangan;

turli xil etiologiyali nefropatiyada o‘pkadagi endotelial tizimda o‘zgarishlarning rivojlanishi, yallig‘lanish oldi sitokinlari miqdorining qonda oshishi, iNOSning faollashuvi, tomirlar endoteliysining membrana tuzilmasida peroksinitritning oshishi fonida NO ishlab chiqarilishining pasayishi, o‘pka kapillyarlarida qon to‘xtashi va dimlanishini qo‘zg‘atuvchi, o‘pka endotelial disfunksiyasini rivojlantirilishi isbotlangan;

o‘pkaning endotelial disfunksiyasi, yallig‘lanish oldi sitokinlarini faollashtirish va ularni arterial qon oqimiga tushishi, NO ishlab chiqarilishining pasayishi fonida o‘pkaning to‘siq-fil`tr faoliyatining buzilishiga olib keluvchi mexanizmini ishga soladigan vazokonstruksiya rivojlanishi va ekssudativ bronxit rivojlanishiga olib kelishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Turli xil etiologiyali nefropatiyada o‘pkaning norespirator faoliyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Diabetik nefropatiya holatida surunkali buyrak etishmovchiligini modellashtirish usuli» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 20110462). Mazkur usul qandli diabet surunkali etishmovchiligi bosqichlarini va patogenegentik jarayonlarning kechishi darajasini aniqlash, bemorlarda o‘z vaqtida patogenetik davo mexanizimini takomillashtirish imkonini bergan;

«Tajribaviy diabetik nefropatiya fonidagi surunkali buyrak etishmovchiligida o‘pkadagi morfostrukturaviy o‘zgarishlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 8n-d/103-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma surunkali buyrak etishmovchiligida o‘pkadagi morfostrukturaviy o‘zgarishlarning bosqichlari, kasallikning kechishidagi morfologik  o‘zgarishlari va kasallikning oldini olish mexanizmlarini samarali tatbiq qilishga imkon yaratgan;

«Diabetik nefropatiya fonidagi surunkali buyrak etishmovchiligining yangi tajribaviy morfologik tavsifi» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 6 fevraldagi 8n-d/103-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma diabetik nefropatiya fonidagi surunkali buyrak etishmovchiligining yangi tajribaviy morfologik tavsifi orqali kasallikni aniqlash imkonini bergan;

turli xil etiologiyali nefropatiyada o‘pkaning norespirator faoliyatining patogenetik mexanizmini aniqlash samarasini oshirish, bemorlar umrini uzaytirish va yashash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi markaziy institutlararo ilmiy laboratoriyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti markaziy laboratoriyasi, Farmatsiya tibbiyot instituti markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 8n-z/66-son ma’lumotnomasi). Turli xil etiologiyali nefropatiyada o‘pkaning norespirator faoliyatining patogenetik mexanizmini aniqlash orqali kasallikning turli bosqichlarini erta tashxislash va oldini olish 40-kunidan boshlab arteriolalarda angiopatiyali xarakterli morfologik o‘zgarishlar orqaga qaytmaydigan xususiyatga egaligi, oqibatda qon tomirlarda gialinoz va sklerozning rivojlanishi natijasida mikrotsirkulyasiyaning buzilishi, bu o‘z navbatida buyraklar funksional qobiliyatini izdan chiqishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish