Xolmuratova Baxtigul Nurmuxammat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Birlamchi bosh og‘riqlari klinik kechishining gender xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3566.
Ilmiy rahbar: Rashidova Nilufar Safoevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, PhD.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Mirxotam Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: birlamchi bosh og‘riqlarida gender farqlikni inobatga olgan holda kasallik klinik kechish xususiyatlarini o‘rganish va tashxislashning differensial yondashuvlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gender farqlikni inobatga olgan holda birlamchi bosh og‘riqlarning klinik kechishi xususiyatlari aniqlanib, birlamchi bosh og‘riqlarni ayollarda gormonal buzilishlar tufayli erkaklarga nisbatan og‘irroq kechishi ilmiy asoslangan;
birlamchi bosh og‘riqlar bilan og‘rigan bemorlarda bosh miya neyrotrofik omilining o‘rni va ahamiyati baholanib, uning bosh og‘rig‘i xuruji vaqtida oshishi, shuningdek, gormonal status bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
birlamchi bosh og‘riqlarida uchraydigan klinik-nevrologik va gormonal buzilishlar bemorlar qon zardobi tarkibidagi BDNF miqdori bilan korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
o‘tkazilgan klinik-nevrologik, neyropsixologik va bikimyoviy tekshirish natijalari asosida birlamchi bosh og‘riqlarini tashxislashning differensial yondashuvi mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yildagi 4 maydagi 03-23/08-x-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yildagi 29 iyundagi 03/2381-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: gender farqlikni inobatga olgan holda birlamchi bosh og‘riqlarning klinik kechishi xususiyatlari aniqlanib, birlamchi bosh og‘riqlarni ayollarda gormonal buzilishlar tufayli erkaklarga nisbatan og‘irroq kechishi ilmiy asoslangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi Nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (20.09.2023 y.; № 93), Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha (02.02.2023 y.; № 18) hamda Samarqand viloyati Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (06.02.2023 y.; № U-11) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlardagi gender xususiyatlarni o‘rganish orqali birlamchi bosh og‘riqlariga diagnoz qo‘yishda differensial yondashuvga erishiladi va birlamchi bosh og‘riqlari bilan kasallanish sonini kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diagnostik usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu xastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni 11 kunni tashkil etgan; taklif etilgan diagnostik usulidan foydalanish natijasida (Evr= (15-5) × (140000+50000) × 70 - 0.15× 700000) 132895000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: taklif qilingan usul birlamchi bosh og‘riqlaridan aziyat chekayotgan bemorlarning hayot sifatini oshirish uchun xizmat qilib, 1 nafar bemor hisobidan budjet mablag‘larini 37,6% ga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: birlamchi bosh og‘riqlar bilan og‘rigan bemorlarda bosh miya neyrotrofik omilining o‘rni va ahamiyati baholanib, uning bosh og‘rig‘i xuruji vaqtida oshishi, shuningdek, gormonal status bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi Nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (20.09.2023 y.; № 93), Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha (02.02.2023 y.; № 18) hamda Samarqand viloyati Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (06.02.2023 y.; № U-11) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tatbiq etish natijalari birlamchi bosh og‘riqlarini, jumladan, migren kasalligini klinik kechishini baholash yordamida aholi o‘rtasida kasallikni erta aniqlashga va profilaktika chora-tadbirlarini o‘tkazish uchun yordam beradi. Bemorlar salomatligining qayta tiklanishi hamda kasallikni kuchayishini oldini olib, hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazgan tekshiruvlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, migren kasalligidan aziyat chekayot bemorlarda tavsiya etilgan usul kasallikni erta aniqlash hamda bemorlarning hayot sifati yaxshlanishiga olib keldi. Erishilgan natija migren kasalligining asoratlari va mehnatga layoqatsizlikni kamaytirib, (Evr= (8-5) × (100000+80000) × 70 - 0.15× 600000) 37710000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: olingan natijalarga ko‘ra migren kasalligining klinik kechishini baholash uchun ushbu usulning qo‘llanilishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 128000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: birlamchi bosh og‘riqlarida uchraydigan klinik-nevrologik va gormonal buzilishlar bemorlar qon zardobi tarkibidagi BDNF miqdori bilan korrelyasion bog‘liqlik aniklangani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi Nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (20.09.2023 y.; № 93), Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha (02.02.2023 y.; № 18) hamda Samarqand viloyati Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (06.02.2023 y.; № U-11) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tekshirish usulidan faoydalanish kasallikni erta tashxislashga yordam beradi va bemorlar hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: birlamchi bosh og‘riqlarida jinsiy gormonlar bilan bosh miya neyrotrofik faktori miqdorining o‘zgarishini kasallik klinik shakllari va og‘irlik darajasi bo‘yicha solishtirma tahlil qilish orqali bemorlarda diagnostika-davolash kunlarining qisqarishi natijasida bemorlar ish kunlariga tezroq qaytishlari va o‘z ko‘rsatkichlarini tiklashlari mumkin bo‘ladi. Bu usul qo‘llanilganda davolashning 4 kunida to‘liq tuzalish kuzatilgan. Nazorat guruhida esa davolash o‘rtacha 10 kunni tashkil qiladi. Bundan iqtisodiy samarani quyidagicha hisoblash mumkin: IqS = (DKan’anaviy – DKBDNF) x KDX = (13 – 10) x 38000 = 113990. Bu erda, DKan’anaviy – an’anaviy davo olgan bemorning davolanish kunlari; DKBDNF – davolangan bemorlarning davolanish kunlari; KDX – kunlik davolanish xarajatlari so‘mda. Xulosa: bemorlar BDNF va jinsiy gormonlar miqdorini o‘rganish va ularni taqqoslash orqali davolanish 3 kunga qisqarib, har bir holat hisobiga budjet mablag‘larni 113990 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘kazilgan klinik-nevrologik, neyropsixologik va bikimyoviy tekshirish natijalari asosida birlamchi bosh og‘riqlarini tashxislashning differensial yondashuvi mezonlari ishlab chiqilgani Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi Nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (20.09.2023 y.; № 93), Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha (02.02.2023 y.; № 18) hamda Samarqand viloyati Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha (06.02.2023 y.; № U-11) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra bemorlarda bosh og‘riq xurujlari vaqtida bosh miya neyrotrofik faktori miqdorining aniqlanishi hamda bemorlarning o‘ziga xos gender xususiyatlari (feminin, maskulin) tekshirilishi kasallik klinik kechishini baholashda yordam beradi. Gender xususiyatlarni aniqlash uchun taklif etilayotgan Sandra Bem so‘rovnomasi foydalanish uchun juda qulay bo‘lganligi sababli nevrologiya amaliyotida keng ko‘lamda foydalanish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan kompleks innovatsion diagnostika usuli kasalliklarning qaytalanish holatini 8,9 martaga kamaytirgan, diagnostika samaradorligini 54,7% ga oshirgan. Bemorlarning diagnostika uchun pullik xarajatlari 2,5 barobarga kamaygan, ya’ni shifoxonada yiliga ambulator davolanish jarayoniga sarf qilinadigan xarajatlar to‘lov miqdorini 78 nafar bemorga bir yilda 11000000 so‘mga kamaytirgan va iqtisod qilgan. Xulosa: birlamchi bosh og‘riqlari bilan xastalangan bemorlar ambulator sharoitida yangi diagnostika usullarini qo‘llash natijasida 1 nafar bemor hisobiga 1 kunga budjet mablag‘larini 141000 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 141000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.