Eshpulatova Saodat Maxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Munaqqid Norboy Xudoyberganovning o‘zbek adabiy tanqidchiligida tutgan o‘rni”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2082.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Miliev Suvonqul, filologiya fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim; Mirzaeva Zulxumor Inomovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Munaqqid Norboy Xudoyberganovning o‘zbek tanqidchiligidagi o‘rni, uning adabiy tanqid taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi hamda o‘ziga xos uslubini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Norboy Xudoyberganov  ijodidagi keskinlik, tanqidning kelib chiqishi, uning mumtoz va jahon adabiyoti tarixi bilan bog‘liqligi, adabiyotdagi muhim bir muammoni  ko‘tarib chiqish, munaqqid  va  kitobxonlarning shu masalaga diqqatini  tortish,  tortishuvga asoslanish xususiyatlari ochib berilgan;
tanqidchilikda muhokama, munozara taraqqiyoti belgilanib, har bir davrdagi muhim jihatlari Norboy Xudoyberganov ijodiga bog‘liq ravishda ko‘rsatilib, adabiy-tanqidiy bahsning ilmiy va estetik tafakkur namunasi sifatida adabiyot rivojidagi tizimli ishtiroki va o‘rni asoslangan;
badiiy matn mukammalligini ta’minlashda katta o‘rin tutadigan tanqidchilikning uch elementi (adabiyotdagi go‘zallikni his qilish, fikrlash qobiliyati, so‘z san’atiga nisbatan muhabbat) haqida ichki shakllari aniqlangan hamda ularning yaratilishiga sabab bo‘lgan omillar dalillangan;
N.Xudoyberganov va boshqa munaqqidlarning o‘z nuqtayi nazari, munozara jarayonida tahlillardagi aniqlik, obektiv va subektiv qarashlarning o‘rni, shu orqali tanqidchining pozisiyasi hamda rolining muhimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Munaqqid Norboy Xudoyberganovning o‘zbek adabiy tanqidchiligida tutgan o‘rni tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:    
Norboy Xudoyberganovning o‘zbek adabiy tanqidchiligida tutgan o‘rni, davr adabiyotiga o‘z vaqtida bildirgan fikrlari, munosabatlari, olim ijodidagi keskinlik, asarlarning janriy xususiyati  va taraqqiyoti, tanqidning kelib chiqishi, uning mumtoz va jahon adabiyoti tarixi bilan bog‘liqligi,  adabiyotdagi muhim bir muammoni  ko‘tarib chiqish, munaqqid va kitobxonlarning shu masalaga diqqatini tortish, tortishuvga asoslangan xususiyatlaridan, badiiy matn mukammalligini ta’minlashda katta o‘rin tutadigan tanqidchilikning uch elementi  haqida ichki shakllari haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan   Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  2021-2023-yillarda bajarilgan PZ – 2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish” mavzusidagi  amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 27-apreldagi 04/1-821-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron platforma Norboy Xudoyberganovning  o‘z  nuqtayi nazari, munozara jarayonida tahlillardagi aniqlik, obektiv va subektiv qarashlarning o‘rni, shu orqali  tanqidchining  pozisiyasi hamda rolining muhimligi kabi ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
olim ijodini o‘rganish jarayonida uning tahlillaridagi keskinlik, murosasizlik, asar syujetini mukammal bilish, o‘rni kelganda, xalq og‘zaki ijodidan keng foydalanganlik, tanqidchilikda muhokama, munozara taraqqiyoti, adabiy- tanqidiy bahsning ilmiy va estetik tafakkur namunasi sifatida  adabiyot  rivojidagi  tizimli  ishtiroki  va o‘rni haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiy tanqid ijodiy kengashi hisobot yig‘ilishlarida, “Yosh munaqqidlar” to‘garagi faoliyatida, taniqli munaqqid Norboy Xudoyberganovning xotira kechalari, mahorat darslari dasturlarini tayyorlasda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining  2023-yil 19-apreldagi 01-03/544-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy va publisistik asarlarni tanqid qilishda munaqqidning mahorati, asar tiliga e’tibor berishi, tahlil jarayoniga oid materiallar bilan boyigan;
Norboy Xudoyberganov bilan zamondosh bo‘lgan munaqqidlar Matyoqub Qo‘shjonov, Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatovlarning ijodi, asarlari, tahlil uslubi, o‘zbek adabiy tanqidchiligi rivojiga qo‘shgan hissasi haqidagi ma’lumotlar, XX asrning etuk munaqqidlari, adabiyotshunoslari sifatida e’tirof etilganligi haqidagi ilmiy ma’lumotlardan “Mening yurtim” nodavlat telekanalida efirga  uzatib kelinayotgan  “Omon-omon”  tonggi  dasturi, “Hudud”  informatsion dasturi hamda “O‘zimizning gap” kabi ko‘rsatuvlar dasturini tayyorlashda foydalanilgan (“Mening yurtim” nodavlat telekanalining 2023-yil 25-apreldagi 410/22-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy saviyasi yuksalishiga va  Norboy Xudoyberganovning adabiyotimiz rivojidagi ahamiyatini keng targ‘ib qilishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish