Baxodirova Xilola Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

        I. Umumiy ma’lumotlar.
        Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog'i nomi): “Covershenstvovanie mexanizmov aktivizatsii innovatsionno-investisionnoy deyatel`nosti  promishlennix predpriyatiy (na primere energeticheskoy otrasli)”, 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti
        Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Iqt1179.
        Ilmiy rahbar: Xoshimova Naima Abitovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor
        Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
        IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc. 03/30.12.2019. I.03.05 raqamli Ilmiy kengash.
        Rasmiy opponentlar: Trostyanskiy Dmitriy Vladimirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shohista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
        Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti.
        Dissertatsiya yo'nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
        II.Tadqiqotning maqsadi energetika sanoati korxonalarining innovatsion va investisiya faoliyatining faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
        III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    elektr energiyani “ishlab chiqarish – iste’mol qilish” xosligiga ko‘ra uning tovar sifatidagi xususiyati asosida samaradorlik nuqtai-nazaridan elektroenergiya sohasida innovatsiyalarni tasniflashtirishga yondashuv uni texnologik va bozor o‘zgarishlariga ko‘ra ikki guruhga ajratgan holda amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
yashil  energetikani jadal rivojlantirish va yashil energiya maqsadli loyihalariga sarmoya kiritishni rag‘batlantirishda “yashil” taksonomiyaga ko‘ra iqtisodiyotni dekarbonizatsiyalash bo‘yicha faoliyat turlarini belgilash imkonini kengaytirish hamda energetika sanoati korxonalarini guruhlarga ajratish (yetakchi; o‘rtacha; qoloq) asoslangan;
 soha ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion-investisiya samaradorligini baholash yondashuvi mezonlarini shakllantirish (tahliliy blok), maqsadli loyihalar samaradorligi (sintetik blok), baholashni maqsadli usullari (vositalari) asosida tashkil qilish (uslubiy blok) va ekport baholash algoritmiga ko‘ra takomillashtirish;
innovatsion salohiyatni oshirishga ko‘ra energetika sanoati korxonalarini rivojlantirishning 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
        IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Energetika sanoati korxonalarini innovatsion rivojlantirish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Elektr energiyani “ishlab chiqarish – iste’mol qilish” xosligiga ko‘ra uning tovar sifatidagi xususiyati asosida samaradorlik nuqtai-nazaridan elektroenergiya sohasida innovatsiyalarni tasniflashtirishga yondashuv uni texnologik va bozor o‘zgarishlariga ko‘ra ikki guruhga ajratgan holda amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif “O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi” tomonidan tarmoq korxonalarining innovatsion faoliyatini tasniflashtirish mezonlarini ishlab chiqishda inobatga olingan (“O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi” 2023 yil 9 oktyabr 03-05/6046-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi elektr energiya korxonalarining innovatsion va investisiya imkoniyatlarini uslubiy tahlilini takomillashtirishga ko‘ra samaradorlikni baholash va mavjud innovatsion imkoniyatlardan maqsadli foydalanish darajasini yanada oshirishga xizmat qilgan.
Yashil energetikani jadal rivojlantirish va yashil energiya maqsadli loyihalarigi sarmoya kiritishni rag‘batlantirishda “yashil’ taksonomiyaga ko‘ra iqtisodiyotni dekorbanizatsiyalash bo‘yicha faoliyat turlarini belgilash imkonini kengaytirish hamda energetika sanoati korxonalarini guruhlarga ajratish (yetakchi; o‘rtacha; qoloq) bo‘yicha takliflar “O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi” tomonidan tarmoq korxonalarida iqtisodiyotni dekarbonizatsiyalashga hizmat qiluvchi “yashil taksonomiya”ni joriy etish yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi” 2023 yil 9 oktyabr 03-05/6046-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tadbiq etilishi korxonalarning investision jozibadorligi va investisiya va investisiya faolligini oshirish, investorlar uchun iqtisodiyotni dekarbonizatsiyalash imkonini beruvchi faoliyat turlarini aniqlash uchun energetika korxonalarini yetakchi (0,67-1), o‘rtacha (0,34-0,66) va qoloq (0-0,33) guruhlarga ajratish bo‘yicha uslubiy asos yaratilib berilgan;
Soha ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion-investisiya samaradorligini baholash yondashuvi mezonlarni shakllantirish (tahliliy blok), maqsadli loyihalar samaradorligi (sintetik blok), baholashni maqsadli usullar (vositalar) asosida tashkil qilish (uslubiy blok)va ekspert baholashning takomillashtirilgan algoritmi “O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi” tomonidan tarmoq korxonalarini innovatsion va investision faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi” 2023 yil 9 oktyabr 03-05/6046-son ma’lumotnomasi). Ushbu algoritmning joriy etilishi energetika sektorini innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlarini yanada aniqlashtirilishi, shunga ko‘ra maqsadli chora-tadbirlarning tashkil qilinishi korxonalarning energiya samaradorligini 3% oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Innovatsion salohiyatni oshirishga ko‘ra energetika sanoati korxonalarini rivojlantirishning 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi” tomonidan energetika sanoati korxonalarini innovatsion salohiyatini oshirish asosida strategic rivojlanish va ishlab chiqishning asosiy prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi” 2023 yil 9 oktyabr 03-05/6046-son ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida energetika korxonalari innovatsion salohiyatini oshirish zaxiralarini aniqlash imkonini kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish