Nabieva Dildora Abdumalikovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Podagrada jigar funksiyasi buzilishining patogenetik rolini hisobga olgan holda
tashxisi va davolashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib44.
Ilmiy maslahatchi: Rizamuxamedova Mashxura Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliaxunova Mavjuda Yusupaxunovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qayumov Ulug‘bek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya diplomdan keyingi ta’lim akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: podagra rivojlanishi va avj olishida jigar funksiyasi, patogenezining alohida bo‘g‘inlarini aniqlash, davolash samaradorligi nazoratining klinik-funksional xususiyatlarini ochib berish hamda podagra, metabolik sindrom va jigar patologiyasining o‘zaro bog‘liqligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
podagrali bemorlarda jigar patologiyasi mavjud bo‘lganda giperurikemiya va shunga muvofiq kasallik kesishi og‘irligi chuqurlashishi isbotlangan;
podagrik artrit va jigar patologiyasi bilan xastalangan bemorlarda asosan qon plazmasida oraliq metabolizm toksik birikmalari to‘planishi bilan bog‘liq bo‘lgan endogen intoksikatsiya sindromi borligi aniqlangan;
jigar patologiyasi bilan birgalikda kelgan podagraning klinik xususiyatlari, qon zardobi biomarker oqsillari (kalgranulin A S100A8 – mieloid-assotsiirlangan oqsil-8 (MRP-8) va kalgranulin B S100A9 – mieloid-assotsiirlangan oqsil-14 (MRP-14) kabi yangi laborator tashxis mezonlari aniqlangan hamda yuqori texnologik usullar – mass-spektrometriya, yuqori samarali suyuqlik vositasidagi xromatografiyani qo‘llash yo‘li bilan umuman podagraning, shu jumladan tofusli podagraning rivojlanishida jigarning roli aniqlangan;
podagra patogenezi haqida immun tizim va biokimyoviy jarayonlarning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda yanada aniqroq tasavvurga ega bo‘lingan, mazkur kasallikni prognozlash, monitoringlash va davolashning yangi samarali usullari ishlab chiqilgan;
podagrali bemorlarni jigarning patogenetik rolini hisobga olgan holda kompleks davolashda gepatoprotektorlarni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Podagrada jigar zararlanishi patogenetik rolini hisobga olgan holda tashxislash va davolashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Gipourikemicheskaya terapiya pri podagre» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 8n-r/98-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar: podagraning kompleks davosiga gipourikemik va detoksikatsiyalovchi xususiyatlariga ega efferent davolash usullarini qo‘llash bilan birga gepatoprotektorlarni qo‘llagan holda kompleks va patogenetik davolash imkonini bergan;
«Preventivnaya diagnostika i lechenie podagri» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 apreldagi 8n-r/99-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyalar asosida jigar funksiyasi buzilishining patogenetik rolini hisobga olib podagrani tashxislash samaradorligini oshirishga va kasallik shakli bilan bog‘liq holda differensirlangan davoni tanlashga xizmat qilgan;
kasallikning diagnostikasi va davolashning yangi texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amalyotiga, xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi, Respublika revmatologiya markazi, 1-shahar klinik shifoxonasi, Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markaziga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 maydagi 8n-d/84-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi kasallikni tashxislashni takomillashtirish, davolashga individual yondashuv, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va noxush oqibatlarining oldini olishga imkon bergan.