Boltaev Abdurahim Amonovichovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Muhyiddin Ibn Arabiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fal125.
Ilmiy maslahatchi: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Huseynova Abera Amonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Fayzixodjaeva Dilbar Irgashevna, falsafa fanlari doktori, professor; Siddiqov Ilyos Bahromovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhyiddin Ibn Arabiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ibn Arabiy ilmiy merosida markaziy o‘rin egallagan falsafiy, orifiy, tasavvufiy muammolar (borliq, bilish, Allohning sifatlari, axloq, inson, tabiat, makon va zamon) mutasavvifning “ash-Shayxul akbar” (Ulug‘ shayx) deb ulug‘lanishiga asos bo‘lgani hamda bu qarashlarning Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda jamiyatda ilm-ma’rifatni yuksaltirish, yosh avlodning ma’naviy-irfoniy olamni boyitish orqali mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, barkamol etib tarbiyalashdagi muhim o‘rni asoslangan;
Ibn Arabiyning “Risolai vujudiya” asaridagi “vahdatul vujud” konsepsiyasining borliq va yo‘qlik, o‘zlikni anglash, mavjudlikka oid mohiyati hamda vaqt kategoriyasining miqdor bilan bog‘liqligi (vaqtning mavjudlikdagi miqdorda namoyon bo‘lishi), olam harakatiga dialektik aloqadorligi, harakatning muttasil yangilanib turishi, doiraviy va abadiy harakat, o‘tmish va kelajak kabi falsafiy xususiyatlari inson prizmasi kontekstida ochib berilgan;
mutasavvif ta’limotida ilgari surilgan iroda erkinligiga doir inson taqdiri, Yaratuvchining irodasiga bog‘liqligi, e’tiqodni tanlash, Allohning rahmati ustunligi kabi g‘oyalarining tolerantlik muhitini shakllantirishdagi roli, so‘fiylik axloqining “ibodatul ma’na” (ma’naviy ibodat), shariat qonun-qoidalari, shaxsiy tajriba va malaka, maqom (harakatdan harakatga o‘tish, tark qilishdan tark qilishga o‘tish, harakatdan tark qilishga o‘tish, tark qilishdan harakatga o‘tish) tamoyillari hamda irfoniy bilishning gorizontal (ma’naviy qadriyat, mafkura oralig‘i) va vertikal (ma’naviy kamolot, bir sifatdan ikkinchi sifatga o‘tuvchi ma’naviy etuklik) tamoyillarining nafsni tozalash va tarbiyalashda hamda qalbni poklashdagi o‘rni dalillangan;
Ibn Arabiyning “al-Futuhot al-Makkiyya” risolasidagi zamon kategoriyasining (vaqtning miqdor bilan bog‘liqligi, mavjudlikdagi miqdorda namoyon bo‘lishi, olam harakatiga dialektik aloqadorligi, doiraviy va abadiy harakat) xususiyatlari so‘fiylikda “faqd” (vaqtni yo‘qotmoq) va “vajd” (vaqtni ichida bo‘lish, uni egallash) hollarining manbaviy asosi ekanligi hamda zamonning nisbiyligi, yo‘qlikdan paydo bo‘ladigan, hayolan cho‘ziladigan, shu ondan iborat belgilari va vaqtning qiymati ochib berilgan;
Muhyiddin ibn Arabiyning “komil inson” (“aqli avval”, “nafsi avval” “aqli kul”) konsepsiyasidagi nafsning “iymonli nafs” (bo‘ysunuvchan, tarbiyalangan, istaklari jilovlangan), “malomat qiluvchi nafs” (tabiiy istaklardan qutilmagan, o‘zini-o‘zi tergab turadigan), “yomonliklarga buyuruvchi nafs” (jilovlanmagan, yovuzlikdan qaytmaydigan) ko‘rinishlari hamda shahvoniy nafs, g‘azabiy nafs va notiqa nafs quvvatlarining inson xulqini shakllantirishdagi ahamiyati hamda nafs kasalliklari “so‘z kasalligi” (fitna, g‘iybat), “fe’l kasalligi” (maqtanish, manfaatparastlik) va “hol kasalligi” (maddohlik, mansabparastlik)ni engish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhyiddin ibn Arabiy ijtimoiy-falsafiy qarashlarining ahamiyatini ochib berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ibn Arabiy ilmiy merosida markaziy o‘rin egallagan falsafiy, orifiy, tasavvufiy muammolar (borliq, bilish, Allohning sifatlari, axloq, inson, tabiat, makon va zamon) mutasavvifning “ash-Shayxul akbar” (Ulug‘ shayx) deb ulug‘lanishiga asos bo‘lgani hamda bu qarashlarning Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda jamiyatda ilm-ma’rifatni yuksaltirish, yosh avlodning ma’naviy-irfoniy olamni boyitish orqali mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rniga doir ilmiy xulosalar va yangiliklardan O‘zbekiston islom sivillizasiyasi markazining 2021-2022-yillar mutafakkirlar hayotiga oid targ‘ibot materiallarini tayyorlashda, jumladan “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning II. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bandida belgilanganvazialar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivillizatsiyasi markazining 2023 yil 13 fevraldagi 08-17/140-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda adolat muammolarini xolisona yoritishda, diniy va dunyoviy ilmlarni uyg‘unlikda o‘rganish, yoshlarni yuksak ma’naviyatli komil insonlar qilib tarbiyalashda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
Ibn Arabiyning “Risolai vujudiya” asaridagi “vahdatul vujud” konsepsiyasining borliq va yo‘qlik, o‘zlikni anglash, mavjudlikka oid mohiyati hamda vaqt kategoriyasining miqdor bilan bog‘liqligi (vaqtning mavjudlikdagi miqdorda namoyon bo‘lishi), olam harakatiga dialektik aloqadorligi, harakatning muttasil yangilanib turishi, doiraviy va abadiy harakat, o‘tmish va kelajak kabi falsafiy xususiyatlariga oid yangiliklar va takliflar O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan buyurtma asosida diniy ta’lim muassasalari uchun tayyorlangan “Tasavvuf”, “Falsafa asoslari” o‘quv qo‘llanmalarining mazmuniga singdirilgan hamda Mir Arab oliy madrasasida diniy soha xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2023 yil 22 fevraldagi 02-03/1074-son ma’lumotnomasi). Natijada, chop etilgan nashrlarning mazmunan boyishiga va malaka oshirish kursi tinglovchilarining dunyoqarashini kengaytirishga, diniy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
mutasavvif ta’limotida ilgari surilgan iroda erkinligiga doir inson taqdiri, Yaratuvchining irodasiga bog‘liqligi, e’tiqodni tanlash, Allohning rahmati ustunligi kabi g‘oyalarining tolerantlik muhitini shakllantirishdagi roli, so‘fiylik axloqining “ibodatul ma’na” (ma’naviy ibodat), shariat qonun-qoidalari, shaxsiy tajriba va malaka, maqom (harakatdan harakatga o‘tish, tark qilishdan tark qilishga o‘tish, harakatdan tark qilishga o‘tish, tark qilishdan harakatga o‘tish) tamoyillari hamda irfoniy bilishning gorizontal (ma’naviy qadriyat, mafkura oralig‘i) va vertikal (ma’naviy kamolot, bir sifatdan ikkinchi sifatga o‘tuvchi ma’naviy etuklik) tamoyillarining nafsni tozalash va tarbiyalashda hamda qalbni poklashdagi o‘rniga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning 152-bandining ijrosi yuzasidan “Har bir viloyatga mos tarzda buyuk alloma ajdodlarimiz ilmiy merosiga bag‘ishlangan kichik hajmdagi, xalqchil risola va qo‘llanmalar tayyorlash” va 156-157-bandlari “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida “surxondaryo tajribasi”ni ishlab chiqish ijrosi yuzasidan “Buyuk Termiziylar” rukni ostida “So‘fi Ollohyor”, “Xoja Samandar Termiziy”, “Adib Sobir Termiziy” risolalari mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 9 martdagi 01-07/35-son ma’lumotnomasi). Natijada, allomalar merosini chuqur tadqiq etish, Sharqda yaratilgan tasavvufiy manbalarni o‘rganishda, yoshlarni milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, buyuk allomalarning jahon tamadduniga qo‘shgan hissasini milliy va xalqaro miqyosda ommalashtirishga xizmat qilgan;
Ibn Arabiyning «al-Futuhot al-Makkiyya” risolasidagi zamon kategoriyasining (vaqtning miqdor bilan bog‘liqligi, mavjudlikdagi miqdorda namoyon bo‘lishi, olam harakatiga dialektik aloqadorligi, doiraviy va abadiy harakat) xususiyatlari so‘fiylikda “faqd” (vaqtni yo‘qotmoq) va “vajd” (vaqtni ichida bo‘lish, uni egallash) hollarining manbaviy asosi ekanligi hamda zamonning nisbiyligi, yo‘qlikdan paydo bo‘ladigan, xayolan cho‘ziladigan, shu ondan iborat belgilari va vaqtning qiymatiga doir ilmiy xulosalar va umumlashmalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor qilish hamda kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda, jumladan, markaz tomonidan VIII-XVI asrlarda yashagan Sharq allomallari va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “O‘rta asr Sharq allomalari” ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 26 yanvardagi 02/39-son ma’lumotnomasi). Natijada, Ibn Arabiyning vaqt to‘grisida ilgari surgan g‘oyalari ensiklopediyani ilmiy manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Muhyiddin ibn Arabiyning “komil inson” (“aqli avval”, “nafsi avval” “aqli kul”) konsepsiyasidagi nafsning “iymonli nafs” (bo‘ysunuvchan, tarbiyalangan, istaklari jilovlangan), “malomat qiluvchi nafs” (tabiiy istaklardan qutilmagan, o‘zini-o‘zi tergab turadigan), “yomonliklarga buyuruvchi nafs” (jilovlanmagan, yovuzlikdan qaytmaydigan) ko‘rinishlari hamda shahvoniy nafs, g‘azabiy nafs va notiqa nafs quvvatlarining inson xulqini shakllantirishdagi ahamiyati hamda nafs kasalliklari “so‘z kasalligi” (fitna, g‘iybat), “fe’l kasalligi” (maqtanish, manfaatparastlik) va “hol kasalligi” (maddohlik, mansabparastlik)ni engish zaruratifa oid taklif va tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom O‘zbekiston”, “Til – millat ko‘zgusi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023 yil 1 fevraldagi 01-04-26-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlaming ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini oshirishga xizmat qilgan.