Zoyirov Erkin Xalilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoqub Charxiyning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari”, 09.00.03 - Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fal116.
Ilmiy maslahatchi: Navro‘zova Gulchira Negmatovna, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Namozov Bobir Bahrievich, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Sayimnazar Karimovich, falsafa fanlari doktori, professor; Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Yoqub Charxiy falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va komil insonni tarbiyalashdagi rolini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yoqub Charxiy ilmiy merosiga oid xorijiy va mahalliy tadqiqotlar asosida mutasavvifning hayot yo‘lida so‘fiylik ilmidagi vorisiylik an’analariga sodiq qolish, qadrlash va keyingi avlodga etkazish mas’uliyati kabi tamoyillar ustuvorligi aniqlangan hamda dunyoqarashining negizida Bahouddin Naqshbandning tushunish va tushuntirish (germenevtik) va Alouddin Attorning tasavvufiy axloq nazariyasi metodologik ahamiyat kasb etgani asoslangan;
Yoqub Charxiyning “Risolai qudsiya”, “Risolai huroiyya”, “Sharhi Asmoul husna” asarlarida azaliy va o‘tkinchi, boqiy va foniy olam, tabiat, inson, ma’naviy borliq muammolari vujud olami va adam olami (borliq va yo‘qlik dialektikasi) asosida ochib berilgani hamda ularning Naqshbandiya tariqatiga xos “vuqufi qalbiy” rashhasi, zikr odobi, hushyorlik, g‘aflatdan uyg‘onish, “xush dar dam” kabi, Ibn Arabiyning “vahdat ul-vujud” nazariyasidagi qalb borlig‘i, xufiya zikr kabi g‘oyalari bilan uyg‘unligi dalillangan;
mutasavvifning “Risola dar manoqib va aqoid” asaridagi xon va amaldorlarning davlatni boshqarishda o‘ziga ravo ko‘rganni boshqalarga ravo ko‘rish, ezgulik va olijanoblik, saxiylik, xushmuomalalilik, Haq va xalq rizoligi, odillik va saodat, ma’rifat va ilmparvarlik, rahm-shafqat, farosat va basirat kabi o‘nta shart va xalqning hukmdor oldidagi huquq va majburiyatlariga oid g‘oyalarning “inson – jamiyat – davlat” prinsiplari asosida ijtimoiy davlat barpo etishning xalqparvar davlat barpo etish, adolat va qonun ustuvorligini, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan maqsadlarini amalga oshirishdagi roli ochib berilgan;
Yoqub Charxiyning “Tafsiri Yoqub Charxiy” risolasidagi inson axloqi, fano, qalb pokligiga erishish vositalari, fahsh ishlardan xalos bo‘lish kabi g‘oyalarning “Dil ba Yoru, dast ba kor” shiorining insonni jisman va ma’nan kamol topishida ezgulik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashning me’yordagi yo‘li hamda g‘iybat, yolg‘onchilik, baxillik, kibr, zinokorlik kabi illatlarni bartaraf etish va halollik, kamtarlik, poklik kabi fazilatlarni shakllantirish, go‘zal axloq bilan xulqlanish hamda kamolotga erishishda g‘oyaviy ahamiyatga egaligi isbotlangan;
Yoqub Charxiyning tasavvuf pirlarining suhbatlari va ustoz-shogirdlik haqidagi “Risolai unsiya” risolasida ilgari surilgan kibr, manmanlik, xudbinlik kabi shaytoniy illatlarga qarshi kurashish, nafsni tarbiyalash, ilm-ma’rifatli bo‘lish, tahdid va xavflardan ogoh bo‘ish, g‘aflat uyqusidan bedorlik, hushyorlik ruhiyatini shakllantirish kabi qarashlarining yosh avlodni yuksak fazilatli insonlar qilib tarbiyalashda, “ustoz-shogird” tizimini joriy etishda, ilm olishda munosib, tajribaga ega bo‘lgan ustozni tanlash hamda Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda manbaviy asos sifatidagi ahamiyati ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoqub Charxiy falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlarining falsafa tarixidagi ahamiyatini ochib berish hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi o‘rnini asoslab berish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Yoqub Charxiy ilmiy merosiga oid xorijiy va mahalliy tadqiqotlar asosida mutasavvifning hayot yo‘lida so‘fiylik ilmidagi vorisiylik an’analariga sodiq qolish, qadrlash va keyingi avlodga etkazish mas’uliyati kabi tamoyillar ustuvorligi aniqlangan hamda dunyoqarashining negizida Bahouddin Naqshbandning tushunish va tushuntirish (germenevtik) va Alouddin Attorning tasavvufiy axloq nazariyasi metodologik ahamiyatga egaligiga doir xulosa va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan KA-3-017+KA-5-002-son “O‘zbekiston falsafa tarixi (3 tomlik o‘zbek tilida) asarining 2-tomini nashrga tayyorlash” (2017-2018 yy) mavzusidagi amaliy ilmiy tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023 yil 20 maydagi 04/11-3239-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yoqub Charxiy falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari falsafiy tahlilning dialektik, germenevtik, tolerantlik asoslari, ob’ektiv va sub’ektiv omillari hamda uni ilmiy asosda o‘rganishning komparativistik mezonlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Yoqub Charxiyning “Risolai qudsiya”, “Risolai huroiyya”, “Sharhi Asmoul husna” asarlarida azaliy va o‘tkinchi, boqiy va foniy olam, tabiat, inson, ma’naviy borliq muammolari vujud olami va adam olami (borliq va yo‘qlik dialektikasi) asosida ochib berilgani hamda ularning Naqshbandiya tariqatiga xos “vuqufi qalbiy” rashhasi, zikr odobi, hushyorlik, g‘aflatdan uyg‘onish, “xush dar dam” kabi, Ibn Arabiyning “vahdat ul-vujud” nazariyasidagi qalb borlig‘i, xufiya zikr kabi g‘oyalari bilan uyg‘unligiga doir nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston musulmonlar idorasi tomonidan buyurtma asosida diniy ta’lim muassasalari uchun tayyorlangan “Tasavvuf”, “Falsafa asoslari” o‘quv qo‘llanmalarining mazmuniga singdirilgan hamda Mir Arab oliy madrasasida diniy soha xodimlari uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023 yil 22 fevraldagi 02-03/1073-son ma’lumotnomasi). Natijada, chop etilgan nashrlarning mazmunan boyishiga va malaka oshirish kursi tinglovchilarining dunyoqarashini kengaytirishga, diniy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishda metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
mutasavvifning “Risola dar manoqib va aqoid” asaridagi xon va amaldorlarning davlatni boshqarishda o‘ziga ravo ko‘rganni boshqalarga ravo ko‘rish, ezgulik va olijanoblik, saxiylik, xushmuomalalilik, Haq va xalq rizoligi, odillik va saodat, ma’rifat va ilmparvarlik, rahm-shafqat, farosat va basirat kabi o‘nta shart va xalqning hukmdor oldidagi huquq va majburiyatlariga oid g‘oyalarning “inson – jamiyat – davlat” prinsiplari asosida ijtimoiy davlat barpo etishning xalqparvar davlat barpo etish, adolat va qonun ustuvorligini, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan maqsadlarini amalga oshirishga oid ilmiy yangiligi, nazariy xulosalari, metodologik hamda amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor qilish hamda kataloglar, albomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda, jumladan, markaz tomonidan VIII-XVI asrlarda yashagan Sharq allomallari va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “O‘rta asr Sharq allomalari” ensiklopediyasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 26 yanvardagi 02/38-son ma’lumotnomasi). Natijada, Uchinchi Renessans poydevorining ma’naviy asoslarini mustahkamlashda mutasavvifning “Tafsiri Yoqub Charxiy” risolasi yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ijobiy ta’sirini rivojlantirish nashr etilgan ensiklopediyaning mavzularini ilmiy manbalar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Yoqub Charxiyning “Tafsiri Yoqub Charxiy” risolasidagi inson axloqi, fano, qalb pokligiga erishish vositalari, fahsh ishlardan xalos bo‘lish kabi g‘oyalarning “Dil ba Yoru, dast ba kor” shiorining insonni jisman va ma’nan kamol topishida ezgulik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashning me’yordagi yo‘li hamda g‘iybat, yolg‘onchilik, baxillik, kibr, zinokorlik kabi illatlarni bartaraf etish va halollik, kamtarlik, poklik kabi fazilatlarni shakllantirish, go‘zal axloq bilan xulqlanish hamda kamolotga erishishga oid ilmiy natijalar hamda amaliy taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tarkibidagi kutubxona va arxiv qo‘lyozmalar fondlarini boytishda hamda Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Buxoro”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda va bevosita suhbat jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 2023 yil 14 fevraldagi 08-17/141-son va Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2023 yil 1 fevraldagi 01-04-24-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarimizni turli xil tahdid va xavflardan ogoh etish, hushyorlik ruhiyatini shakllantirishda ustozning o‘rni muhim ekanligi, Yoqub Charxiyning tinchlik, barqarorlik, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro mehr – oqibat, shafqat va muruvvat muhitini qaror toptirishga qaratilgan ushbu ezgu da’vatlari teletomoshabinlarga ushbu masalalar yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatini berib, ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Yoqub Charxiyning tasavvuf pirlarining suhbatlari va ustoz-shogirdlik haqidagi “Risolai unsiya” risolasida ilgari surilgan kibr, manmanlik, xudbinlik kabi shaytoniy illatlarga qarshi kurashish, nafsni tarbiyalash, ilm-ma’rifatli bo‘lish, tahdid va xavflardan ogoh bo‘ish, g‘aflat uyqusidan bedorlik, hushyorlik ruhiyatini shakllantirish kabi qarashlarining yosh avlodni yuksak fazilatli insonlar qilib tarbiyalashda, “ustoz-shogird” tizimini joriy etishda, ilm olishda munosib, tajribaga ega bo‘lgan ustozni tanlash hamda Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda manbaviy asos sifatidagi ahamiyatiga oid ilmiy xulosa va natijalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy – tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “Buyuk Termiziylar” rukni ostida “So‘fi Ollohyor”, “Xoja Samandar Termiziy”, “Adib Sobir Termiziy” va “Mavlono Yoqub Charxiy” risolalari mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy – tadqiqot markazining 2023 yil 8 fevraldagi 01-07/27-son ma’lumotnomasi) Natijada, Yoqub Charxiyning risolalarida ilgari surilgan inson ruhiy jihatdan boqiy yashashi uchun bu dunyo hayotdan foydalanish uslubi, ilmiy yangiligi, nazariy xulosalari, metodologik hamda amaliy takliflaridan Imom Termiziy xalqaro ilmiy – tadqiqot markazining ilmiy – amaliy materiallar bazasini takomillashtirishda keng xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish