Sultanov Otabek Saxobiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika fanlarini o‘qitish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikni paxta - to‘qimachilik klasterlari asosida innovatsion rivojlantirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2746.
Ilmiy rahbar: Xodjiev Muxsin Tadjievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Abdul-malik Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Asqarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini paxta - to‘qimachilik klasterlari asosida innovatsion rivojlantirish hamda texnika fanlarini o‘qitish sifatini oshirish imkoniyatlarini aniqlash hamda baholash mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta-to‘qimachilik klasterlariga yo‘naltirilgan ta’lim sohasidagi innovatsion rivojlanish ta’lim dasturlarini ushbu tarmoq ehtiyojlari va imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mahalliy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda bilimlarni ob’ektiv reallikka munosabatini pedagogik kibernetikaga asoslangan nazariya va texnologiyalarning integratsion tizimga xos xususiyatlariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
texnika oliygohlarida bo‘lajak muhandislarning amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish va bilimlarni paxta to'qimachilik sanoatida bevosita qo'llashga qaratilgan ilmiy tajribalar o‘zlashtirish darajasi orqali ifodalangan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishda qayta takrorlanish imkoniyatini yaratish uchun belgilangan o‘quv maqsadini faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnika yo‘nalishi mutaxassislarining paxta-to‘qimachilik klasterlarining salohiyati va ehtiyojlari, shuningdek, ta’lim muassasalari va korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning innovatsion usullarini ishlab chiqish innovatsion-informatsion, metodik-texnologik kabi komponentlari ta’lim sifati indikatorlarining maqsadli, tizimli, izchil, amaliy harakatlarni tashkil etishga qaratilgan ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliygohlarida bo‘lajak muhandislarning ta’lim, to‘qimachilik, iqtisod va boshqa tegishli sohalardagi bilimlarni birlashtirish, innovatsion ta’lim dasturlari samaradorligini baholash usullarini yaratish o‘quv jarayoni prognostikasi, egallangan bilimlarni eksperimentlarga taqqoslash yo‘li bilan ularni tekshirish, tajribaviy tasdiqlash, uyg‘unlashtirish kabi intellektual koeffisientni intensiv aniqlashtirishga ustivorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Texnika oliygohlarida bo‘lajak muxandislarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
paxta-to‘qimachilik klasterlariga yo‘naltirilgan ta’lim sohasidagi innovatsion rivojlanish ta’lim dasturlarini ushbu tarmoq ehtiyojlari va imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mahalliy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda bilimlarni ob’ektiv reallikka munosabatini pedagogik kibernetikaga asoslangan nazariya va texnologiyalarning integratsion tizimga xos xususiyatlariga ko‘ra aniqlashtirilganligi hamda texnika oliygohlarida bo‘lajak muhandislarning amaliy ko'nikmalarni rivojlantirish va bilimlarni paxta to'qimachilik sanoatida bevosita qo'llashga qaratilgan ilmiy tajribalar o‘zlashtirish darajasi orqali ifodalangan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va o‘qitishda qayta takrorlanish imkoniyatini yaratish uchun belgilangan o‘quv maqsadini faoliyatli-mazmunli uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar IA-OT-107 raqamli “Istiqbolli dorivor Lycium barbarum (godji) o‘simligi introduksiyasi va uning onalik urug‘chilik plantatsiyalarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2022 yil 6 maydagi 02/01-01-32-son ma’lumotnomasi) Natijada texnologik operatsiyalar texnologik jarayonning tarkibiy qismlari sifatida klister vositasida ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash jarayoni ilmiy-pedagogik xamda ilmiy-metodik muammo ekanligini asoslash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak texnika yo‘nalishi mutaxassislarining paxta-to‘qimachilik klasterlarining salohiyati va ehtiyojlari, shuningdek, ta’lim muassasalari va korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning innovatsion usullarini ishlab chiqish innovatsion-informatsion, metodik-texnologik kabi komponentlari ta’lim sifati indikatorlarining maqsadli, tizimli, izchil, amaliy harakatlarni tashkil etishga qaratilgan ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ustivorlik berish asosida takomillashtirilganligi hamda texnika oliygohlarida bo‘lajak muhandislarning ta'lim, to'qimachilik, iqtisod va boshqa tegishli sohalardagi bilimlarni birlashtirish, innovatsion ta’lim dasturlari samaradorligini baholash usullarini yaratish o‘quv jarayoni prognostikasi, egallangan bilimlarni eksperimentlarga taqqoslash yo‘li bilan ularni tekshirish, tajribaviy tasdiqlash, uyg‘unlashtirish kabi intellektual koeffisientni intensiv aniqlashtirishga ustivorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalar IA-OT-107 raqamli “Istiqbolli dorivor Lycium barbarum (godji) o‘simligi introduksiyasi va uning onalik urug‘chilik plantatsiyalarini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Guliston davlat universitetining 2022 yil 6 maydagi 02/01-01-32-son ma’lumotnomasi) Natijada bo‘lajak texnika yo‘nalishi mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish metodlari va yondashuvlarini aniqlashga sharoit yaratilgan.