Chorieva Dilorom Abdumuminovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda madaniyat sohasi boshqaruv tizimi tarixi (Madaniyat vazirligi faoliyati misolida, 1991–2016-yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tar207.
Ilmiy maslahatchi: Mustafaeva Nodira Abdullaevna tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Ismailova Jannat Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2016 yillarda O‘zbekistonning madaniyat sohasi boshqaruv tizimi tarixini Madaniyat vazirligi faoliyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda badiiy ijod, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va rivojlantirish, madaniyat sohasining mazkur yo‘nalishlarida badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor qaratilganligi, bu borada qabul qilingan qarorlar qabul qilinishi natijasida samaradorlikka erishilganligi, belgilangan vazifalarni bajarishda Madaniyat vazirligining muvofiqlashtiruvchilik va yetakchilik roli muhim bo‘lganligi ochib berilgan;
mustaqillikning ilk yillarida madaniyat sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashda iqtisodiy qiyinchiliklar, oliy ta’lim muassasalariga berilgan kvotalarning kamligi tufayli bir qator muammolar vujudga kelganligi, ularni bartaraf etish maqsadida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi mavjud o‘quv yurtlarining faoliyati takomillashtirilganligi va yangi turdagilarini ta’sis etilishi sohada kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim omil bo‘lganligi dalillangan;
1991-2016 yillarda kutubxonalar faoliyatini tashkil etish, kitoblar fondini shakllantirishda mas’uliyasizlik va belgilangan topshiriqlar mohiyatini to‘liq anglamagan holda yondashilganligi tufayli ma’lum qimmatga ega bo‘lgan asarlarning yo‘q qilinganligi va muzeylar faoliyatini tashkil qilishda zamonaviy talablar e’tiborga olinmaganligi, ularning turistik firmalar bilan aloqasiga etarli e’tibor berilmaganligi, shunga qaramay, tarixiy va madaniy qadriyatlarni saqlash va o‘rganishni ta’minlaydigan maskan sifatida aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatganligi, muzeylarga tashrif buyuruvchilar soni yildan-yilga ortib borganligi dalillangan;
mamlakatda olib borilgan madaniyat sohasidagi davlat siyosati xalqaro madaniy aloqalarni rivojlanishiga, madaniyatlar almashinuviga, o‘zbek madaniyatining jahon madaniy jarayonlarida jadal integratsiyalashuviga va targ‘ibotiga xizmat qilganligi, bu orqali O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarning mustahkamlanishida madaniy va xalq diplomatiyasi rivojiga katta hissa qo‘shilganligi asoslangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflardan:
O‘zbekistonda badiiy ijod, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada, sirk va badiiy havaskorlik san’atini saqlab qolish va rivojlantirish, madaniyat sohasining mazkur yo‘nalishlarida badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor qaratilganligi, bu borada qabul qilingan qarorlar qabul qilinishi natijasida samaradorlikka erishilganligi, belgilangan vazifalarni bajarishda Madaniyat vazirligining muvofiqlashtiruvchilik va yetakchilik roli muhim bo‘lganligi hamda mustaqillikning ilk yillarida madaniyat sohasi uchun oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashda iqtisodiy qiyinchiliklar, oliy ta’lim muassasalariga berilgan kvotalarning kamligi tufayli bir qator muammolar vujudga kelganligi, ularni bartaraf etish maqsadida Madaniyat vazirligi tasarrufidagi mavjud o‘quv yurtlarining faoliyati takomillashtirilganligi va yangi turdagilarini ta’sis etilishi sohada kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim omil bo‘lganligi kabi natijalardan O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning 2018–2020-yillarda bajarilgan “PZ-20170928749 - O‘zbekistonning mustaqillikka erishishining tarixiy shart-sharoitlari: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar” nomli loyihadagi “O‘zbekiston mustaqilligi arafasida va mustaqillikning dastlabki yillarida madaniy hayot” bobini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 18-maydagi  3/1255-1068 sonli ma’lumotnomasi). Bu Madaniyat vazirligining 1991–2016-yillardagi faoliyati uning tasarrufidagi madaniyat muassasalariga doir  arxiv hujjatlari asosida o‘rganilgan tahliliy ma’lumotlar mazkur loyiha mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
1991-2016 yillarda kutubxonalar faoliyatini tashkil etish, kitoblar fondini shakllantirishda mas’uliyasizlik va belgilangan topshiriqlar mohiyatini to‘liq anglamagan holda yondashilganligi tufayli ma’lum qimmatga ega bo‘lgan asarlarning yo‘q qilinganligi va muzeylar faoliyatini tashkil qilishda zamonaviy talablar e’tiborga olinmaganligi, ularning turistik firmalar bilan aloqasiga etarli e’tibor berilmaganligi, shunga qaramay, tarixiy va madaniy qadriyatlarni saqlash va o‘rganishni ta’minlaydigan maskan sifatida aholiga ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatganligi, muzeylarga tashrif buyuruvchilar soni yildan-yilga ortib borganligi hamda mamlakatda olib borilgan madaniyat sohasidagi davlat siyosati xalqaro madaniy aloqalarni rivojlanishiga, madaniyatlar almashinuviga, o‘zbek madaniyatining jahon madaniy jarayonlarida jadal integratsiyalashuviga va targ‘ibotiga xizmat qilganligi, bu orqali O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarning mustahkamlanishida madaniy va xalq diplomatiyasi rivojiga katta hissa qo‘shilganligi asoslanganligi yuzasidan materiallardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu” rukni ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 25-maydagi 02-32-23 son, 2023-yil 25-maydagi 02-32-23-son ma’lumotnomalari). Madaniyat vazirligiga tegishli markazlar, bog‘lar, kutubxona va badiiy jamoalarning holati, ular faoliyatidagi mavjud muammolari kabi ilmiy-nazariy xulosalar ko‘rsatuvning ommabopligini ta’minlashga hissa qo‘shgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish