Raxmonov Raxmatullo Umaralievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Irrigatsiya eroziyasiga qarshi kurashda egatlarda suv sarfi miqdorini o‘lchash moslamasi samaradorligini aniqlash», 06.01.02–Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Qx224.

Ilmiy rahbar: Mirzajonov Qirg‘izboy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.

Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Norqulov Usmon, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar unversitetining Andijon filiali.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: irrigatsiya eroziyasiga uchraydigan tuproqlarda, g‘o‘zani sug‘orishda egatlarda suvni tejash, eroziyaga qarshi kurashda sug‘orish moslamasi samaradorligini aniqlash, suv sarfi, erozion jarayonlarni kamaytirish, tuproq unumdorligini saqlab, mo‘l va sifatli paxta hosili etishtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor irrigatsiya eroziyasiga uchraydigan tuproqlarda, g‘o‘zani sug‘orishda har-bir egatga maqbul suvni o‘lchab beradigan moslamaning nazariy asoslari ishlab chiqilgan va g‘o‘zani sug‘orishda suv sarfini tejash, har bir egatga maqbul suv sarfi miqdorini o‘lchaydigan moslamaning samaradorligi aniqlangan;

g‘o‘zaning suvga bo‘lgan talabini aniqlashda an’anaviy usul bilan birga refraktometrda g‘o‘za bargi hujayra shirasi konsentratsiyasini aniqlash usuli orqali suvga bo‘lgan fiziologik talabi aniqlangan;

irrigatsiya eroziyasiga uchragan tuproqlarda, g‘o‘zani sug‘orishda an’anaviy sug‘orish usuliga nisbatan resurstejamkor sug‘orish usuli, ya’ni sug‘orish moslamasi orqali sug‘orilganda, tuproqning unumdor qatlamining saqlanishi hamda suv sarfining kamayishi aniqlangan;

irrigatsiya eroziyasiga uchragan tuproqlarda g‘o‘za sug‘orish moslamasi orqali sug‘orilganda atrof-muhitning zararli agroximikatlar bilan ifloslanishining kamayishiga erishilib, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishi, hosildorligi hamda tola sifatiga ta’siri aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Irrigatsiya eroziyasiga qarshi kurashda egatlarda suv sarfi miqdorini o‘lchash moslamasi samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

egatga beriladgan suv sarfini aniqlashda «Egatlarda suv sarfi miqdorini o‘lchash moslamasi» uchun Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (№FAP 01176, 28.02.2017). Buning natijasida irrigatsiya eroziyasiga uchragan maydonlarda erozion jarayonlarni kamaytirish, sug‘orish suvidan samarali foydalanish, g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili olishda ishlanma sifatida xizmat qilgan;

irrigatsiya eroziyasiga uchraydigan tuproqlarda sug‘orish suvidan samarali foydalanishda egatlarda suv sarfi miqdorini o‘lchash moslamasi Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi «Abduvali Muxriddin Agro» fermer xo‘jaligining 10 gektar paxta maydonida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 02/20-556-son ma’lumotnomasi). Mazkur sug‘orish moslamasi qo‘llanilganda an’anaviy sug‘orish usuliga nisbatan gektaridan 800 m3 gacha suv tejalishiga erishilgan;

nishabligi turlicha, ayniqsa rel`efi notekis bo‘lgan erlarda g‘o‘zani egatlab sug‘orishda egatlarda suv sarfi miqdorini o‘lchash moslamasi Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumanidagi «Abduvali Muxriddin Agro» fermer xo‘jaligining 10 gektar paxta maydonida joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 02/20-556-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida fermer xo‘jaligida gektaridan qo‘shimcha 4–5 sentner paxta hosili olingan va rentabellik darajasi 17–20 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish