Raxmonov Sherzod Tolibovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-9-sinf o‘quvchilarini xalqaro pisa tadqiqotlariga tayyorlash (tabiiy fanlar misolida)”, 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2777.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05 asosida Bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahadov Ma’murjon Sharipovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Qiyamov Nishon Sodiqovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 7-9-sinf o‘quvchilarini xalqaro PISA tadqiqotlariga tayyorlash bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kimyo fanini o‘qitish jarayonida 7-9-sinf o‘quvchilarida mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirisha PISA xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash dasturlaridan foydalanib ta’lim berishda o‘quvchilarning kimyoviy hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntira olish kompetensiyasi, kreativ hamda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan;
xalqaro tadqiqotlar doirasida 7-9-sinf o‘quvchilarning bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni kimyoviy topshiriqlarning variativ zanjiri, nostandart PISA testlarning yangi tuzilmasiga ega o‘quv-metodik ta’minotini yaratish asosida takomillashtirilgan;
7-9-sinf o‘quvchilarning PISA xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash kimyo darslarida noan’anaviy yondashuv va ilmiy kompetentlik (tadqiqotlar va tajribalar o‘tkazish, ijodiy fikrlash, shaxsiy va kasbiy faoliyatida qo‘llash)ni rivojlantirish mexanizmini intensiv barqarorligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
PISA tadqiqotlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari, omillari va metodlari samaradorligini baholash mezonlari 7-9-sinf o‘quvchilarida testlar, laboratoriya va PISA topshiriqlarini “flepped classes” (uyda dars muhiti, darsni uy topshiriqlariga asosan tashkil etish) muhitida o‘tkazish va yuqori natijalarni individual qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 7-9-sinf o‘quvchilarining PISA tadqiqotlariga tayyorlash, mustaqil bilim olish kompetensiyalarini rivojlantirish metodlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kimyo fanini o‘qitish jarayonida 7-9-sinf o‘quvchilarida mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirisha PISA xalqaro tadqiqotlarga tayyorlash dasturlaridan foydalanib ta’lim berishda o‘quvchilarning kimyoviy hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntira olish kompetensiyasi, kreativ hamda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini oshirishning pedagogik shart-sharoitlari hamda xalqaro tadqiqotlar doirasida 7-9-sinf o‘quvchilarning bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni kimyoviy topshiriqlarning variativ zanjiri, nostandart PISA testlarning yangi tuzilmasiga ega o‘quv-metodik ta’minotini yaratish asosida takomillashtirilganligiga oid takliflaridan “Organik kimyo fanidan labaratoriya mashg‘ulotlari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huziridagi Respublika ta’lim markazining 19 maydagi 03-02/3-1834-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni PISA tadqiqotlariga tayyorlashning metodik va didaktik imkoniyatlari ortgan;
7-9-sinf o‘quvchilarning PISA xalqaro baholash dasturlariga tayyorlash kimyo darslarida noan’anaviy yondashuv va ilmiy kompetentlik (tadqiqotlar va tajribalar o‘tkazish, ijodiy fikrlash, shaxsiy va kasbiy faoliyatida qo‘llash)ni rivojlantirish mexanizmini intensiv barqarorligini oshirish asosida takomillashtirilganligi hamda PISA tadqiqotlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari, omillari va metodlari samaradorligini baholash mezonlari 7-9-sinf o‘quvchilarida testlar, laboratoriya va PISA topshiriqlarini “flepped classes” (uyda dars muhiti, darsni uy topshiriqlariga asosan tashkil etish) muhitida o‘tkazish va yuqori natijalarni individual qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 19 maydagi 03-02/3-1834-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning o‘z faoliyatini mustaqil boshqarish va o‘z ustida mustaqil ishlash kompetensiyalarini rivojlantirishga erishilgan.