Kurbanova Feruza A’zamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Isajon Sulton hikoyalarida folklorizm va mifopoetik talqin», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil488.
Ilmiy rahbar: Qobilova Zeboxon Bakirovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Jabbor Solievich, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiboeva Muqaddasxon Abdirahimovna,  filologiya fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi Isajon Sulton hikoyalaridagi folklorizmlarning asar badiiyatidagi o‘rni, poetik vazifalari,  folklor elementlaridan foydalanishda yozuvchi mahorati va mifopoetik talqin imkoniyatlarini  yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Isajon Sulton badiiy uslubining o‘ziga xosligi qahramonning xatti -harakatlari zamiriga singdirilgan yopiq  va personaj nutqida duo, olqish kabi ochiq holdagi folklorizmlarni qo‘llashda, xalq maqol va matallari, yumuq iboralari kabi oddiy; analitik, sintezlashgan va stilizatsiya xarakteridagi murakkab folklorizmlardan foydalanishda ko‘rinishi asoslangan;
     Isajon Sulton hikoyalarida mifologemalar avliyo, xazinabon, dev, pari, jin kabi obrazlar; qo‘riqchi, baliq, oq ilon singari ramz-timsollar; Eram bog‘I, Tilsim tog‘i, daryo, choyxona kabi makon tasvirida namoyon bo‘lishi va yozuvchining ulardan qahramon xarakteri, uning psixologik holatlarini tasvirlashda, xalqning milliy ruhini aks ettirishda foydalanish mahorati ochib berilgan;
    Isajon Sultonning “Qo‘riqchi”, “Manzil”, “Xazinabon”, “Shamolli kecha”, “Avliyo”, “Otamga nimadir bo‘ldi”, “Turmush”, “Qismat”  kabi hikoyalarida   safar, sinov, xotirlash, ziyorat,  tush, o‘gay ona, o‘zga olam motivlari nafaqat    syujet tizimi rivojini ta’minlovchi vosita, balki asar g‘oyasini ochilishida xizmat qiluvchi  o‘ziga xos poetik vazifani bajarganligi dalillangan;  
    yozuvchining hikoyalarida  ertak, rivoyat, afsona, doston janrlariga xos motiv va syujetlar stilizatsiyasi, polbos, katoblepas singari mifologik obrazlar transformatsiyasi, suningdek, diniy - e’tiqodiy qarashlarga asoslangan mifologizmlar yaqqol namoyon bo‘lganligi va ular adib  dunyoqarashini ifodalovchi, estetik idealini gavdalantiruvchi vosita sifatida ko‘rinishi asoslangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
yozuvchi uslubining o‘ziga xosligi oddiy va murakkab folklorizmlardan foydalanishda, asar syujetida folklorizmlarning ochiq va yopiq holda qo‘llashda ko‘rinishi haqidagi xulosalardan  O‘zbekiston Yozuvchilar  uyushmasi qoshidagi nasr bo‘limi yig‘inlarida  yosh  ijodkorlarga   o‘tilgan  mahorat  darslarida,  shuningdek,  ijodiy seminarlarda o‘qilgan ma’ruzalarda foydalanilgan.  (O‘zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasining  2023-  yil 25 iyuldagi  01-03/888-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh qalamkashlarning folklor va yozma adabiyot haqidagi bilimlari kengaygan, Isajon Sulton ijodiy lobaratoriyasi xususidagi bilimlari oshgan, seminarlarning ilmiy-ommabopligi  ta’minlangan;
adib hikoyalarida mifologemalar makon tasvirida, ramz-timsol, obrazlarda namoyon bo‘lishi va  afsona, rivoyat va miflarning asardagi poetik o‘rni hamda adibning folklorizmlardan foydalanishdagi o‘ziga xos uslubiga doir ilmiy natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”,  nomli eshittirishlari  (2019-2022  yillar) ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2023 yil 24 iyuldagi 04-36- 1127-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlar ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilib, ularning ilmiy-ma’rifiy saviyasi oshgan;
folklor va mumtoz adabiyot munosabati haqidagi kuzatishlar, yozuvchi asarlarida namoyon bo‘ladigan folklor motivlari, timsollari, syujetlari va ularning hikoya janri tabiatiga ta’siri yuzasidan chiqarilgan xulosalardan AL-322103020  raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan. (Qo‘qon DPIning 2023 yil 24 iyuldagi №20  sonli ma’lumotnomasi). Natijada, platforma yangi va qiziqarli ma’lumotlar bilan boyitilib, foydalanuvchilarga qulaylik yaratilgan;
 hikoyalardagi mifopoetik talqin orqali ma’naviy merosimizni tiklash, saqlab qolish va uning eng yaxshi namunalarini kelgusi avlodga etkazish asosiy g‘oyaga aylanganligi haqidagi xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022- 2023- yillarda  o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan.  (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023 yil 24 iyuldagi №309 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, targ‘ibot anjumanlarining ilmiy-ma’rifiy jihatdan o‘ziga xosligi ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish