Tyukmaeva Aida Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Falsafiy matnlarni talqin qilishning umumiy nazariyasi sifatidagi germenevtikaning konseptual-metodologik jihatlari”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal887.
Ilmiy rahbar: Shermuhamedova Niginaxon Arslonovna, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Bilalov Mustafa Isaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Izzetova Emine Mustafaevna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi falsafiy matnlarni umumiy talqin qilish nazariyasi sifatida gumanitar fanlarning konseptual apparatining fundamental determinantlarini germenevtik va konseptual-metodologik jihatlarini asoslashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
germenevtikaning falsafiy matnlarni komparavistik talqin etishning mexanizmi sifatidagi metodologik ahamiyatini tushunish sababli turli falsafiy g‘oyalarni reprezentatsiyasi va semantik-semiologik jihatlarini falsafiy talqin qilish zarurligi asoslangan;
falsafiy matnlarni tushunishning metodologik instrumenti sifatida namoyon bo‘luvchi ijtimoiy gumanitar fanlarning germenevtik korpusidagi lingvistik burilish sababli fikr ma’nosini tushuntirish zarurligi ochib berilgan;
germenevtik muolajalar mohiyatida yotuvchi belgi-simvollar tizimi maʼnolari talqinining nafaqat mantiqiy ratsional, balki irratsional intuitiv vositalar bilan bog‘liq jarayonlar dialektikasining gnoseologik jihatlari ochib berilgan;
tushunishning polivariativligi (ko‘pma’noligi) talqin qilishning belgili-simvolik tizimlar intersubektivligi doirasida namoyon bo‘luvchi germenevtik diskurs maydoni sifatida kengayishi metafizik tafakkur uslubining qarama qarshisi ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Falsafiy matnlarni sharhlashning umumiy nazariyasi sifatida germenevtikaning kontseptual va uslubiy jihatlarini o‘rganishga oid olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
germenevtikaning falsafiy matnlarni qiyosiy talqin qilish mexanizmi sifatidagi uslubiy ahamiyati uning turli falsafiy matnlarni ifodalashda, semantik va semiotik jihatlarni tahlil qilishda namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan yoshlar bilan ishlash agentligi faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 1-martdagi 3-18-21-534-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining turli targ‘ibot ishlarida, yoshlarning badiiy-falsafiy, ilmiy matnlarining ma’nosini tushunish, tarjima qilingan matnlaning talqinida matn muallifining maqsadini intuitiv tarzda anglash, diolog jarayonida og‘zaki nutqni ma’noli ifodalash mahoratini o‘rganishda foydalanilgan.
ijtimoiy gumanitar fanlarning germenevtik korpusidagi lingvistik burilishning falsafiy matnlarni tushunishning metodologik instrumenti sifatida epistemologik vosita ekanligiga oid xulosalardan Respublika yoshlar jamg‘armasi yoshlari bilan tadbirlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kelajak jamg‘armasi 2023 yil 1 martdagi 04-13/174-son ma’lumotnomasi). Natijalar, O‘zbekiston Respublikasi Kelajak jamg‘armasining turli targ‘ibot ishlarida, kelajak avlodning falsafiy, ilmiy matnlarining ma’nosini tushunish, tarjima qilingan matnlaning talqinida matn muallifining maqsadini intuitiv tarzda anglash, diolog jarayonida og‘zaki nutqni ma’noli ifodalash mahoratini o‘rganishda foydalanilgan.
germenevtik muolajalar mohiyatida yotuvchi belgi-simvollar tizimi maʼnolari talqinining nafaqat mantiqiy ratsional, balki irratsional intuitiv vositalar bilan bog‘liq gnoseologik jihatlari ochib berishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2023 yil 2-martdagi 04-13/173-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarning falsafiy, ilmiy matnlarining ma’nosini tushunish, tarjima qilingan matnlaning talqinida matn muallifining maqsadini intuitiv tarzda anglash, diolog jarayonida og‘zaki nutqni ma’noli ifodalash mahoratini o‘rganishda foydalanilgan;
tushunishning germenevtika tajribasi polivariativligi va talqin qilishning belgili-simvolik tizimlar intersubektivligi doirasida germenevtik diskurs maydonining kengayishining zarurligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 31 martdagi 01(index)/294-son ma’lmotnomasi). Natijalar, O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy, falsafiy, ilmiy matnlarning ma’nosini tushunish, tarjima qilingan matnlarning talqinida matn muallifining maqsadini intuitiv tarzda anglash, dialog jarayonida og‘zaki nutqni ma’noli ifodalash mahoratini o‘rganishga xizmat qilgan.