Olimov Xusniddin Kosimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «4.2 A GeV/s impul`sli p, d, 4He, 12C(12C)- va 12S181Ta-to‘qnashuvlarida manfiy pionlar va D0(1232)-rezonanslar hosil bo‘lishi», 01.04.08–Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/FM92.
Ilmiy maslahatchi: Lutpullaev Sagdulla Lutfullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika-texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Muminov Tolib Musaevich,fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Bekmirzaev Raxmatulla Nurmurodovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Bozorov Erkin Hojievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi Yadro fizikasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 4.2 A GeV/s impul`sli p12C-, d12C-, 4He12C-, 12C12C-, 12C181Ta-to‘qnashuvlarida manfiy pionlar va D0(1232)-rezonanslarning hosil bo‘lish qonuniyatlarini hamda yuqoridagi to‘qnashuvlarda va 3.25 A GeV/s impul`sli 16Op- hamda 40 GeV/s impul`sli π−12S-to‘qnashuvlarida hosil bo‘lgan D0(1232)-rezonanslarning manfiy pionlar tug‘ilishidagi o‘rnini aniqlashdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
4.2 A GeV/s impul`sli p12C-, d12C-, 4He12C-, 12C181Ta- to‘qnashuvlarida va 3.25 A GeV/s impul`sli 16Op- va 40 GeV/s impul`sli π−12S-to‘qnashuvlarida hosil bo‘lgan D0(1232)-rezonanslarning massa va massa kengliklari ularning rekonstruksiya qilingan massa taqsimotlarini relyativistik Breyt-Vigner funksiyasi bilan tavsiflash natijasida aniqlangan;
4.2 A GeV/s impul`sli p12C-, d12C-, 4He12C-, 12C181Ta-to‘qnashuvlarida va 3.25 A GeV/s impul`sli 16Op-to‘qnashuvlarida hosil bo‘lgan manfiy pionlarning taxminan (40-50) foizi, 40 GeV/s impul`sli π−12S- to‘qnashuvlarida esa shularning taxminan 6 foizi D0(1232)-rezonanslarni emirilishidan hosil bo‘lgani topilgan;
tahlil qilingan to‘qnashuvlarda D0(1232)-rezonanslar massalarining erkin nuklon to‘qnashuvlarida hosil bo‘lgan D0(1232)-rezonanslar massasiga nisbatan o‘rtacha kamayish miqdori parchalanayotgan yadrolardagi nuklonlarning bog‘lanish energiyalariga taxminan tengligi va D0(1232)-rezonanslari asosan parchalanayotgan yadrolarning bog‘langan nuklonlarida hosil bo‘lishi aniqlangan;
manfiy pionlar eksperimental jadallik taqsimotlarining kengliklari periferik d12C-, 12S12C-, 12C181Ta-to‘qnashuvlaridan markaziy to‘qnashuvlarga o‘tganda mos ravishda (8±2)%, (5±1)%, va (15±2)% ga kamayishi hamda manfiy pionlar eksperimental jadallik taqsimotlarining markazlari periferik d12C-,12C181Ta-to‘qnashuvlaridan markaziy to‘qnashuvlarga o‘tganda nishon fragmentatsiyasi tomoniga mos ravishda –0.32±0.04 va –0.44±0.02 birliklarga siljishi aniqlangan;
4.2 A GeV/s impul`sli 4He12C-, 12S12C-, 12C181Ta-to‘qnashuvlarida hosil bo‘lgan manfiy pionlar ko‘ndalang impul`s taqsimotlari “yumshoq” va “qattiq” komponentlari temperaturalarining to‘qnashuv markaziyligiga va to‘qnashuvchi yadrolar o‘lchamiga bog‘liqliklari aniqlangan hamda o‘rganilgan to‘qnashuvlardagi pionlarni ko‘ndalang impul`s taqsimotlarining komponentlarining temperaturalari orasidagi farq to‘qnashuv markaziyligi oshishi bilan o‘sib borishi ko‘rsatilgan;
12C12C (12C181Ta)-to‘qnashuvlarida manfiy pionlarning “yumshoq” pt komponenta temperaturasi to‘qnashuv markaziyligi o‘sishi bilan mos ravishda o‘sishi (kamayishi) hamda12C181Ta (4He12C)-to‘qnashuvlarida manfiy pionlarning “qattiq” pt komponenta temperaturasi to‘qnashuv markaziyligi oshishi bilan mos ravishda o‘sishi (kamayishi) ko‘rsatilgan;
4.2 A GeV/s impul`sli yarim-markaziy va markaziy yadro-yadro to‘qnashuvlarida to‘qnashuv sistema o‘lchovi oshishi bilan manfiy pionlarning “yumshoq” pt komponenta temperaturasini sistematik kamayishi hamda markaziy yadro-yadro to‘qnashuvlarida to‘qnashuv sistema o‘lchovi oshishi bilan manfiy pionlarning “qattiq” pt komponenta temperaturasini sistematik o‘sishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tahlil qilingan to‘qnashuvlarda manfiy pionlar va Δ0(1232)-rezonanslar hosil bo‘lishiga oid olingan natijalar asosida:
4.2 A GeV/s impul`sli yadro-yadro to‘qnashuvlarida manfiy pionlarni ko‘ndalang impul`s hamda jadallik taqsimotlarini to‘qnashuv markaziyligi va yadrolar massalariga bog‘liqliklarini aniqlangani bo‘yicha natijalar nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda (Physical Review C, 2015; International Journal of Modern Physics E, 2015; International Journal of Modern Physics E, 2014; Physical Review C, 2013; Physical Review C, 2012; The European Physical Journal A, 2011; Central European Journal of Physics, 2011) chop etilgani uchun 2016 yilda fizika-matematika sohasida nufuzli Xalqaro Fanlar akademiyasi (TWAS, Italiya) tomonidan e’tirof etilgan;
del`ta-rezonanslar tug‘ilishiga va ularning xossalariga oid olingan yangi natijalar xalqaro olimlar tomonidan xalqaro ilmiy jurnallarda (Physical Review C, 2009; Physical Review C, 2011; Progress in Particle and Nuclear Physics, 2018; The Euroschool on Exotic Beams, 2018; Indian Journal of Physics, 2017) barion rezonanslarning keng birlamchi energiya oralig‘ida elementar hamda og‘ir ionlar to‘qnashuvlarida tug‘ilish qonuniyatlarini aniqlash va ishlatilayotgan yangi nazariy uslublarni tekshirish uchun periferik CTa-to‘qnashuvlarida Δ0-rezonanslar hosil bo‘lishini tahlil qilish hamda relyativistik yadro-to‘qnashuvlarida proton va pionlarning kollektiv oqimiga oid natijalarni tahlil qilish uchun foydalanilgan. Ilmiy tadqiqot natijalarining ishlatilishi proton va pionlarning kollektiv oqimiga va del`ta-rezonanslar parametrlarini zich adron materiyasida o‘zgarishiga oid natijalarni talqin qilishga imkon bergan;
4.2 A GeV/s impul`sli p12C- va d12C-to‘qnashuvlarida hosil bo‘lgan Δ0(1232)-rezonanslarni massa taqsimotlarini va ularni kinematik xossalarini hamda Δ0(1232)-rezonanslarni manfiy pionlarni tug‘ilishidagi roli aniqlangani bo‘yicha natijalar nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda (Physical Review C, 2012; Physics of Atomic Nuclei, 2012; Physical Review C, 2013; International Journal of Modern Physics E, 2013; Physics of Atomic Nuclei, 2013) chop etilgani uchun 2012, 2013 yillarda Janubni rivojlantirish bo‘yicha Xalqaro fan va texnologiyalar komissiyasi (COMSATS, Pokiston) tomonidan e’tirof etilgan.