Turaeva Shaxlo Norboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtani samarali tozalashni ta’minlovchi separator-tozalagich konstruksiyasini ishlab chiqish”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/T3343.
Ilmiy rahbar: Kuliev Toxir Mamarajapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutining “Muxandislik grafikasi va mexanikasi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shodmonqulov Zoxir Abduraximovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. ishlab chiqilgan paxta separator-tozalagichini tozalash sifatini yaxshilashni va mayda iflos aralashmalardan tozalash samaradorligini oshirishni ta’minlash uchun takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani havodan ajratish va mayda iflosliklardan samarali tozalashni ta’minlovchi havo o‘tkazuvchan plastinkali barabanli separator-tozalagichning titib beruvchi ishchi barabanlarini takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separator-tozalagichda baraban va to‘rli yuza orasidagi tozalanayotgan paxta xomashyosini tozalash samarasini oshirishda rezinali plankalar o‘rnida metal plankali baraban konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
plastinkali barabanda tozalaniladigan paxta xomashyosining o‘zaro ta’sir etuvchi kuchlari hamda fizik-mexanik qonuniyatlarining tenglamari ishlab chiqilgan;
separator-tozalagich qurilmasining konstruktiv tayyorlanish jarayonida plankalar qatori sonini ko‘payib borishi plankali barabanlarni xavo o‘tkazuvchanligiga salbiy ta’sir etishi, xar bir barabandagi plankali qatorlar soni aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani havodan ajratish-tozalash uskunasi konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan paxta xom-ashyosi uchun separator-tozalagich “Boyovut techno cluster” AJ ning paxta tozalash korxonasi quritish tozalash sexiga tadbiq etilgan (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2023 yil 5 apreldigi № 02/22-337 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan takomillashtirilgan separator-tozalagich korpusiga plankali barabanlar o‘rnatilganligi xisobiga paxtani mayda iflosliklardan tozalash jarayonida umumiy tozalash samaradorligi 37,6 % ni tashkil etdi. Amaldagi separator-tozalagichda paxta xom ashyosining umumiy tozalash samaradorligi 28,6 % ni tashkil etdi.