Abduxalilov Abdullo Abduxamitovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish (bandlik jarayonlari misolida)», 22.00.02–Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi (sotsiologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Sots8.

Ilmiy rahbar: Ganieva Marifat Xabibovna, sotsiologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G‘.01.05.

Rasmiy opponentlar:Umarov Abdusalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor; Matibaev Toshpulat Boltabaevich, sotsiologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot:O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida davlat hokimiyati organlarini baholash tizimini takomillashtirish, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

nogironlikka ega bo‘lgan shaxslarining bandligini ta’minlashga oid qonunchilikka «mehnat ko‘magi» tushunchasini kiritish, nogironlik bo‘yicha berilayotgan ma’lumotnomada «mehnatga layoqatsiz» degan tushunchani bekor qilish, «universal dizayn» va «qulay muhit» tushunchalarini kiritish, autsorsing tizimini shakllantirish, mehnat sharoitlarni monitoring qilish yuzasidan takliflar asoslangan;

davlat hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligini o‘lchashning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy indikator ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;

bandlik sohasidagi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish uchun jamoat kengashlarini tuzish, bandlikni ta’minlashga oid mintaqaviy maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, ish haqi bonus tizimini shakllantirish, bandlikka ko‘maklashuvchi tadbirkorlarni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan;

bandlik sohasini boshqaruvini baholashga muayyan davr kesimida ishsizlar dinamikasi, aholi bandligining turlari, xodimlarning motivatsiyasi, mehnat migrantlar soni dinamikasi kabi bandlik sohasining ko‘rsatkichlari taklif qilingan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:  

boshqaruv samaradorligini o‘lchashning yangi indikatorini ishlab chiqish, shuningdek, 4-bob 6.1-bandga muvofiq nogiron hisoblangan fuqaroni ishga jalb etish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston nogironlar jamiyatining 2017 yilga mo‘ljallangan istiqbol rejasining tuzilishida foydalanilgan (O‘zbekiston nogironlar jamiyatining 2017 yil 25 oktyabrdagi 1-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar natijasida O‘zbekiston nogironlar jamiyatini  boshqarish samaradorligini yanada oshirishiga olib kelgan;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparatining xodimlari faoliyatini baholash tizimiga tatbiq etilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 03-07/5197-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida ish haqini to‘lashning bonus tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish uchun chet elga vazirlik yuqori organlari xodimlarining maqsadli xizmat safarini tashkil etishda, shuningdek, bandlik sohasini boshqarishning samaradorligini oshirishiga xizmat qilgan;

mamlakatimizdagi davlat boshqaruvi tizimi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uning samaradorligini baholash uchun iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va tashkiliy indikatorlar bo‘yicha takliflardan «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi amaliyotiga tatbiq qilingan («Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazining 2018 yil 28 fevraldagi 01-16/76-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi boshqaruv jarayonini optimallashtirishga, davlat boshqaruvi sohasidagi faoliyatning samaradorligini yanada oshirishga nazariy manba sifatida xizmat qilgan;

ijtimoiy-siyosiy atamalar ta’rifini yoritish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar “Fuqarolik jamiyati fanidan tushuncha va atamalar” nomli lug‘atida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 21 apreldagi 89-03-1542 ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalar asosida talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmunini keng miqyosli tushuntirish, ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish