Dadabaev Sardor Usmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Giperbolik sistemalar uchun xarakteristik tezliklarni nazorat qiluvchi ayirmali sxemani qurish va tadqiq etish», 01.01.03–Hisoblash matematikasi va diskret matematika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM840.
Ilmiy rahbar: Aloev Raxmatillo Djuraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Normurodov Chori Begalievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Hayotov Abdullo Raxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi simmetrik t-giperbolik sistemalarni sonli yechish uchun ayirmali sxemani taklif etish va ushbu ayirmali sxema yordamida xarakteristik tezliklarini nazorat qilish, xarakteristik tezliklarni nazorat qiluvchi ayirmali sxema sonli echimining Lyapunov maʼnosida turg‘unligini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ikki o‘lchovli o‘zgarmas koeffisientli chiziqli simmetrik t-giperbolik sistemada qatnashgan   o‘lchovli   matrisalar xos sonlari bilan bog‘liq boshqaruv parametriga ko‘ra aralash masala qo‘yilgan;
aralash masalani sonli echimini aniqlash uchun xarakteristik tezliklarga bog‘liq bo‘lgan boshqaruv parametrining har bir qiymati uchun yo‘nalishlar bo‘yicha parchalanuvchi oqimga qarshi oshkor-oshkormas ayirmali sxema qurilgan;
ikki o‘lchovli o‘zgarmas koeffisientli chiziqli simmetrik t-giperbolik sistemaga qoʻyilgan aralash masalani sonli yechish uchun parchalanuvchi oqimga qarshi oshkor-oshkormas ayirmali sxemaning Lyapunov ma’nosida eksponensial turgʻunligi isbotlangan;
Saint-Venant sistemasi uchun qoʻyilgan aralash masalani sonli yechish uchun qoʻllaniladigan parchalanuvchi oqimga qarshi oshkor-oshkormas ayirmali sxemasining Lyapunov ma’nosida turgʻunligi isbotlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Giperbolik sistemalarga qo‘yilgan aralash masalani sonli echish uchun xarakteristik tezliklarni nazorat qiluvchi ayirmali sxema qurilgan va eksponensial turg‘unligi isbotlangan:
qurilgan ayirmali sxema  UMT/CRIM/2-2/2/14 Jld.4(44) №55233 – “Chiziqli va chiziqli bo‘lmagan integral tenglamalar sistemasini echish uchun o‘zgartirilgan gomotopik tahlil usuli va quvvat kabelining kuchlanish va masshtablash faktorini modellashtirish” grant loyihasida nochiziqli integral tenglamalar sistemasini echishda qo‘llanilgan (Malaysia Terengganu universiteti (UMT)ning 2023-yil 30-maydagi №UMT/FTKKI/500-33-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nochiziqli integral tenglamalar sistemasi va singulyar integral tenglamani taqribiy echimlarni topish hamda tahlil qilish imkonini bergan;  
qurilgan ayirmali sxemaning Saint-Venant tenglamalar sistemasiga qo‘llanilishi OT-F5-13 “Iqlim o‘zgarishi sharoitida O‘zbekiston va unga tutash hududlardagi daryolar gidrologik rejimi va suv resurslarining shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada daryolarda suv resurslarini shakllantiradigan oqimning harakatlanish jarayonlarini aniqlash imkonini bergan (O‘zbekiston Milliy Universitetining 2023-yil 5-iyuldagi №04/11-4112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, daryolarda suv resurslarining sarfini baholashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish