Matiyazova Sanobar Rajabbayovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda sug‘urta vositachiligini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt490.
Ilmiy rahbar: Shennaev Xo‘jayor Musurmonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Vaxobov Abdurashid Rasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘urta vositachiligi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urta vositachilariga to‘lanadigan taqdirlash to‘lovlarini sug‘urta faoliyati klassifikatorining sug‘urta klasslariga mos ravishda differensiatsiya qilish taklif etilgan;
sug‘urta vositachilari faoliyati natijadorligini sug‘urta portfelining zararlilik ko‘rsatkichi asosida baholash taklif etilgan;
sug‘urta vositachilari uchun malakaviy talablarni umumiy sug‘urta faoliyati klasslariga muvofiq belgilash zarurligi asoslangan;
sug‘urta mahsulotlarini raqamli vositachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali sotish hajmini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sug‘urta vositachiligi va uni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta vositachilariga to‘lanadigan taqdirlash to‘lovlarini sug‘urta faoliyati klassifikatorining sug‘urta klasslariga mos ravishda differensiatsiya qilish bo‘yicha taklifi «GROSS sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining «Sug‘urta vositachilari bilan ishlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («GROSS sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 13 dekabrdagi 01-1796-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkilotining sug‘urta klasslari bo‘yicha sug‘urta vositachilariga to‘lanadigan taqdirlash to‘lovlari miqdorining pasayishi sug‘urta tashkiloti xarajatlarining 2021 yilda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 121 mln.so‘mga kamayishiga olib kelgan;
sug‘urta vositachilari faoliyati natijadorligini sug‘urta portfelining zararlilik ko‘rsatkichi asosida baholash taklifi «GROSS sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining «Sug‘urta vositachilari bilan ishlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («GROSS sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 13 dekabrdagi 01-1796-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta vositachilari faoliyatini natijadorlik ko‘rsatkichlari asosida rag‘batlantirish tufayli ularning soni 2021 yilda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 5,2 foizga, sug‘urta shartnomalari soni esa 485 mingtaga ko‘payishiga erishilgan;
sug‘urta vositachilari uchun malakaviy talablarni umumiy sug‘urta faoliyati klasslariga muvofiq belgilash to‘g‘risidagi taklifi «GROSS sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining «Sug‘urta vositachilari bilan ishlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («GROSS sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 13 dekabrdagi 01-1796-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkiloti tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotlari hajmi 2021 yilda o‘tgan hisobot davriga nisbatan 12,5 foizga, sug‘urta majburiyatlari hajmi esa 21 foizga oshgan;
sug‘urta mahsulotlarini raqamli vositachilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali sotish hajmini oshirish taklifi «GROSS sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining «Sug‘urta vositachilari bilan ishlash tartibi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan («GROSS sug‘urta kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 13 dekabrdagi 01-1796-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta polislarini sotishning muqobil turlari joriy etilishi hisobiga sug‘urta shartnomalari soni 145 mingtaga, sug‘urta mukofotlari summasi esa 17 foizga oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish