Xolmamatov Farhodjon Kubaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish yo‘llari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt495.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Berdiyarov Baxriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattorov Odiljon Berdimurodovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bank tizimining barqarorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
banklar barqarorligini ta’minlashda chet el valyutasida amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha 500 000 AQSh dollari ekvivalentidan yuqori va bank sof aktivlarining 15 foizigacha bo‘lgan summani tashkil etuvchi kreditlar bank kredit qo‘mitasi qarori asosida berish taklif etilgan;
bank moliyaviy barqarorligini ta’minlashda yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha shakllantirilgan zaxira ularga ajratilgan kreditlarning 10 foizidan, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha shakllantirilgan zaxira miqdori esa 6 foizdan oshib ketmasligi taklif etilgan;
banklarda chegirmalardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar asosida qo‘shimcha kapitali hajmini 15 foizga oshirish asoslangan;
likvidlilik risklarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 12 foizdan yuqori bo‘lganda 1-daraja (past), 10-12 foiz bo‘lganda 2-daraja (o‘rta) va 10 foizdan past bo‘lganda 3-daraja (defolt yoqasida) sifatida tasniflash taklif etilgan;
banklarda aktivlar rentabelligini bank risklarini kamaytirish orqali ta’minlashda so‘ndirish muddati tugagan qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlarning 25 foizini Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qayta investisiya qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining barqarorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
banklar barqarorligini ta’minlashda chet el valyutasida amalga oshiriladigan kredit operatsiyalari bo‘yicha 500000 AQSh dollari ekvivalentidan yuqori va bank sof aktivlarining 15 foizigacha bo‘lgan summani tashkil etuvchi kreditlar bank kredit qo‘mitasi qarori asosida berish taklifi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2022-yil 6 apreldagi 753-son 2022-yilga mo‘ljallangan bankning «Kredit siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023-yil 7 sentyabrdagi 38-04/3047-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning kredit portfeli diversifikatsiya darajasi oshgan hamda ajratilgan kreditlar hajmi 2022-yilda 9 161 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, foizli daromadlar 1 499,6 mlrd so‘mni tashkil etib, korporativ kreditlardan olingan foizli daromadlar 68 foiz (943,3 mlrd so‘m) va chakana kreditlardan olingan foizli daromadlar 27 foiz (407,3 mlrd so‘m)ni tashkil etgan;
bank moliyaviy barqarorligini ta’minlashda yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha shakllantirilgan zaxira ularga ajratilgan kreditlarning 10 foizidan, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha shakllantirilgan zaxira miqdori esa 6 foizdan oshib ketmasligi taklifi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2022-yil 6 apreldagi 755-son «Bankning risk-appetitini belgilash siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023-yil 7 sentyabrdagi 38-04/3047-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning moliyaviy holati yaxshilangan, kredit riski darajasi pasayishiga xizmat qilgan va 2022-yilda maxsus zaxiralarning muammoli kreditlar va mikroqarzlarga nisbati 32,1 foizdan 30,6 foizga qadar pasaygan va 56 912 mln so‘mni tashkil etgan;
banklarda chegirmalardan so‘ng I darajali kapitalning uchdan bir qismidan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar asosida qo‘shimcha kapitali hajmini 15 foizga oshirish taklifi aksiyadorlik tijorat «Aloqabank»ning 2022-yil uchun «Bank aktiv va passivlarini boshqarish siyosati»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT «Aloqabank»ning 2023-yil 7 sentyabrdagi 38-04/3047-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning kapitali 2022-yilda 107 foizga o‘sgan va 1 795 mlrd so‘mni tashkil etgan;
likvidlilik risklarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlardagi ulushi 12 foizdan yuqori bo‘lganda 1-daraja (past), 10-12 foiz bo‘lganda 2-daraja (o‘rta) va 10 foizdan past bo‘lganda 3-daraja (defolt yoqasida) sifatida tasniflash taklifi «Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 2021-yil 29 iyuldagi 348-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Likvidlilik tavakkalchiliklarini boshqarish to‘g‘risida»gi Nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan («Asakabank» AJning 2023-yil 8 sentyabrdagi 19-01/4231-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning sof barqaror moliyalashtirish me’yori 2022-yilda 10,6 foiz bandga oshib, 117,2 foizni tashkil etgan hamda leveraj koeffitsienti 8,9 foizni tashkil etgan;
banklarda aktivlar rentabelligini bank risklarini kamaytirish orqali ta’minlashda so‘ndirish muddati tugagan qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlarning 25 foizini Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlariga qayta investisiya qilish taklifi («Asakabank» aksiyadorlik jamiyatining 2022-yilga mo‘ljallangan Kredit siyosati va bankning 2022-yil 4 fevraldagi 02-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Asakabank» AJning investisiya siyosati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan. («Asakabank» AJning 2023-yil 8 sentyabrdagi 19-01/4231-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bank investisiya portfeli sifati ortgan, Markaziy bankning qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalarning sof hajmi 2022-yilda 14,5 foizga ortib, 652,5 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shuningdek, qimmatli qog‘ozlarga qilingan investisiyalar bo‘yicha foizli daromadlar 171,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.