Turg‘unov Abdurashid Abdumannobovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida yuqori sinf o‘quvchilarini kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik tizimini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped238.

Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isaqulovich, pedagogika fanlari doktori,  professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.58.01.

Rasmiy opponentlar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori;  Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilarini kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish talablari va metodik ta’minotini chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarga tayyorlash hamda o‘quvchilarning kasb-hunarni mustaqil tanlashga bo‘lgan ehtiyojini qondirish omillari asosida takomillashtirilgan;

maktab o‘quvchilarini kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlash modeli o‘quvchilarni kasb-hunarni tanlashga psixologik-pedagogik tayyorlik malaka ko‘rsatkichlari va darajalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;

o‘quvchi-yoshlarning yoshiga doir psixofiziologik omillar asosida maktab o‘quvchilarini kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlashga hamda rivojlantirishga qaratilgan “kasblar axborotnomasi” (professiogramma) ishlab chiqilgan;

bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilari va psixologlarni maktab o‘quvchilarining kasb-hunarni mustaqil tanlash ko‘nikmalarini shakllantirishda ularning pedagogik mahoratini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatning modernizatsiyalashgan shakllari aniqlashtirilgan;

kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlash modeli o‘quvchilarning umumiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish imkonini beruvchi omillar asosida takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida yuqori sinf o‘quvchilarini kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishning talablari, metodik ta’minotini chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarga tayyorlash hamda kasb-hunarni mustaqil tanlashga bo‘lgan ehtiyojini qondirish omillari asosida takomillashtirishga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 24 oktyabrdagi 868-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining 2018 yil 17 apreldagi 01/10-01-75-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan kasblarni o‘rgatishning minimal malaka talablariga aniqlik kiritilgan;

o‘quvchilarni kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlash modelini psixologik-pedagogik tayyorlik malaka ko‘rsatkichlari va darajalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflaridan o‘quvchilarni o‘quv-ishlab chiqarish majmuada joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazoratlarning baholash mezonlari va tartibini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil     12 apreldagi MX-01/21-85-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktabida o‘quvchilarni maxsus va  chuqurlashtirilgan malaka talab etmaydigan kasb-hunarga o‘rgatishda tashkil etiladigan o‘quv-ishlab chiqarish majmuasida o‘quvchilarni kasb-hunarni o‘rgatish jarayonida o‘zlashtirish darajalarini aniqlashga imkon bergan;

o‘quvchilarning yoshiga doir psixofiziologik omillar asosida maktab o‘quvchilarini kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlashga hamda rivojlantirishga qaratilgan holda ishlab chiqilgan “kasblar axborotnomasi” (professiogramma) O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazining rasmiy veb-sayti (www.tashxis.uz)ga hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini Axborot-metodik ta’minlash xizmatining rasmiy veb-sayti (www.metod.uz)ga joylashtirilgan (XTVning 2018 yil 24 yanvardagi 01-22-son va O‘MKHT markazining 2018 yil 12 apreldagi MX-01/21-85-son ma’lumotnomalari). Mazkur professiogramma o‘quvchilarning qiziqish, moyilliklari va qobiliyatlariga mos kasblarning kasbiy muhim sifatlari, tibbiy cheklovlar, ishlash sharoiti kabi axborotlarni olishga hamda maktabda o‘quvchilarni kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlashga imkon bergan;

o‘quvchilarning kasb-hunarni mustaqil tanlash ko‘nikmalarini shakllantirishda bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatini modernizatsiyalashgan shakllarini aniqlashtirishga oid takliflari “Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va amaliyotga joriy etish”  ITD-4 mavzusidagi innovatsion loyihaning o‘quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlash, o‘ziga xos kasbga oid qobiliyatlari va sifatlarini rivojlantirish jarayonida o‘z aksini topgan. (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 12 apreldagi MX-01/21-85-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda, kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini hamda o‘zini ish bilan ta’minlash qobiliyatini shakllantirish samaradorligi ortishiga erishilgan;

kasb-hunarni mustaqil tanlashga tayyorlash modeli o‘quvchilarning tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, nazorat qilish imkonini beruvchi omillar asosida takomillashtirishga oid takliflari Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son Qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 12 apreldagi MX-01/21-85-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompetensiyalar o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish va umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan fan dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish