Giyazova Nozima Bayazovnaningning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalarini rivojlantirishda raqobat strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish”, 08.00.11–“Marketing”   ixtisosliklari bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:   B2022.3.PhD/Iqt2475.3.PhD/Iqt2475
Ilmiy rahbari: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  Boltabaev Maxmudjon Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Akbarov Nodir G‘ofurovich, iqtisodiyot fanlari   bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan  muhandislik-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalarni rivojlantirishda raqobat  strategiyasidan foydalanishni takomillashtirish  bo‘yicha  taklif  va  tavsiyalar  ishlab  chqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra to‘qimachilik korxonalarini boshqarishda marketing yondashuvini amalga oshirishda strategik marketing sifatida talqin etiluvchi “marketing strategiyasi” tushunchasi tashqi muhit o‘zgarishlariga korxonaning ichki imkoniyatlarini moslashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarining strategik va taktik raqobat ustunliklarini hisobga olgan holdagi barqaror rivojlanishiga ta’sirining integral oraliq natijalari (yuqori [0,8;1]; normal [0,6;0,8]; past [0,3;0,6]) chegaralari doirasidagi yondashuviga ko‘ra strategik raqobat ustunliklarining to‘qimachilik sanoati korxonasining rivojlanishini ta’minlashga ta’sirini diagnostik baholash taklif etilgan;
raqobat xaritasini tuzish asosida to‘qimachilik korxonasi rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan uchta sohada fokuslashtirilgan o‘sish strategiyasini hamda uchta bozor mavqei sohasida raqobat   strategiyalarini amalga oshirishni uyg‘unlashtirish taklifi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida  “KAMALAK SHABNAM TEKS” to‘qimachilik korxonasi mahsulot sotishdan umumiy tushumi hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarini rivojlantirishda raqobat strategiyalaridan foydalanishni   takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra to‘qimachilik korxonalarini boshqarishda marketing yondashuvini amalga oshirishda strategik marketing sifatida talqin etiluvchi “marketing strategiyasi” tushunchasi tashqi muhit o‘zgarishlariga korxonaning ichki imkoniyatlarini moslashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirish yuzasidan nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Marketing kommunikatsiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 09-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tashqi muhit o‘zgarishlariga korxonaning ichki imkoniyatlarini moslashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari majmuasi sifatidagi “marketing strategiyasi” tushunchasi yuzasidan mavjud nazariy-uslubiy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarining strategik va taktik raqobat ustunliklarini hisobga olgan holdagi barqaror rivojlanishiga ta’sirining integral oraliq natijalari (yuqori [0,8;1]; normal [0,6;0,8]; past [0,3;0,6]) chegaralari doirasidagi yondashuviga ko‘ra strategik raqobat ustunliklarining to‘qimachilik sanoati korxonasining rivojlanishini ta’minlashga ta’sirini diagnostik baholash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning marketing faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 19 apreldagi 03/25-776-son ma’lumotnomasi). Natijada “BUXORO ZARHAL TEKS” MChJ to‘qimachilik korxonasi barqaror rivojlanish darajasini tavsiflovchi umumiy integral koeffisientini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 0,3357 bandga oshirish imkoni yaratilgan;
raqobat xaritasini tuzish asosida to‘qimachilik korxonasi rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan uchta sohada fokuslashtirilgan o‘sish strategiyasini hamda uchta bozor mavqei sohasida raqobat strategiyalarini amalga oshirishni uyg‘unlashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning marketing faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 19 apreldagi 03/25-776-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “KAMALAK SHABNAM TEKS” MChJ to‘qimachilik korxonasining eksport hajmini 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 4,48 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarish hajmiga ta’sir qiluvchi omillarning ekonometrik modeli asosida  “KAMALAK SHABNAM TEKS” to‘qimachilik korxonasi mahsulot sotishdan umumiy tushumi hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan  “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatini istiqbol baholashda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023 yil 19 apreldagi 03/25-776-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushma tarkibidagi korxonalar, jumladan, “KAMALAK SHABNAM TEKS”  MChJ to‘qimachilik korxonasini 2030 yilga qadar rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish