Akbarov Adaxambek Xasanbaevich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiyasi mavzusi, ixtisoslik shifri  (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshqaruvlari Gronuoll tipidagi chegaralanishli differensial o‘yinlar”, 01.01.02- Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika– matematika fanlari).
Dissertatsiyasi mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM836.
Ilmiy rahbar: Samatov Baxrom Tadjiaxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.05.04.
    Rasmiy opponentlar: Ibragimov Gafurjan Ismailovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ibaydullaev To‘lanboy Tursunboevich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘yinchilarning boshqaruvlari Gronuoll tipidagi tengsizliklarni qanoatlantiruvchi o‘lchovli funksiyalar sinfidan tanlangan holda quvish-qochish masalasi, R.Ayzeksning “qutilish chizig‘i”ga ega o‘yini kabi differensial o‘yinlarning muammolarini hal etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshqaruvlari Gronuoll tipidagi chegaralanishlarga ega oddiy differensial o‘yinda quvish-qochish masalasi echilishining yangi etarli shartlari quvlovchi uchun parallel yaqinlashish metodi (qisqacha, P-strategiya) va qochuvchi uchun esa yo‘nalish bo‘yicha qochish metodi yordamida aniqlangan, o‘yinchilar etishish sohasining monotonligi to‘plamning tirgak funksiyasi yordamida isbotlangan;
boshqaruvlari eksponensial ko‘rinishdagi chegarlanishlarga ega oddiy differensial o‘yinda quvish-qochish masalasi echilishining yangi etarli shartlari quvlovchi uchun parallel yaqinlashish metodi va qochuvchi uchun esa yo‘nalish bo‘yicha qochish metodi yordamida aniqlangan, o‘yinchilar etishish sohasining monotonligi to‘plamning tirgak funksiyasi yordamida isbotlangan;
boshqaruvlari umumlashgan chiziqli Gronuoll chegaralanishlarga ega quvish-qochish masalasi echilishining yangi etarli shartlari topilgan va o‘yinchilar etishish sohasining monotonlik xossasi yordamida Ayzeksning “Qutilish chizig‘i” masalasi to‘liq echilgan;
boshqaruvlari Gronuoll tipidagi chegaralanishlarga ega chiziqli differensial o‘yinda quvish masalasi echilishining yangi etarli shartlari quvlovchi uchun parallel yaqinlashish metodi (qisqacha, P-strategiya) yordamida aniqlangan va taklif qilingan echish metodi L.S.Pontryaginning boshqaruv misoliga tatbiq etilgan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ushbu dissertatsiyada olingan natijalar quyidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarida qo‘llanilgan:
boshqaruvlari Gronuoll tipidagi chegaralanishlarga ega chiziqli quvish differensial o‘yin masalasi tadqiqot natijalari OT-F4-33 raqamli “Differensial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi ziddiyatli holatlarni boshqarishning yangi usullarini yaratish va ularni sonli amalga oshirish” mavzusidagi fundamental loyihada boshqaruv chegaralanishlari nochiziqli bo‘lgan hollarda qarama-qarshi boshqaruvli dinamik sistemalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 15-apreldagi 04/11-2166-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqaruvlari nochiziqli chegaralanishlarga ega chiziqli dinamik sistemalarni boshqarishda optimal strategiyani qurish imkonini bergan;
boshqaruvlari Gronuoll tipidagi chegaralanishlarga ega oddiy differensial o‘yin masalasi tadqiqot natijalari FZ-202009211 raqamli “Aralash turdagi tenglamalar uchun xarakteristika va buzilish chizig‘ida Frankl va Bisadze-Samarskiy shartlari berilgan masalalar korrektligini noklassik singulyar integral tenglamalarga olib kelib o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada xususiy hosilali differensial tenglamalar bilan ifodalanuvchi ziddiyatli boshqaruv masalalarini o‘rganishda foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2023-yil 12-iyundagi 04/12-2563-son ma’lumotnomasi). Natijada, Gronuoll chegaralanishli ziddiyatli fizik jarayonlarni boshqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish