Qo‘shaqov Xolmurodjon Shermamatovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cheksiz ikkitalik va uchtalik differensial tenglamalar sistemalari bilan beriladigan differensial o‘yinlar”, 01.01.02-Differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM838.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Gafurjan Ismailovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.FM.05.04.
Rasmiy opponentlar: Samatov Baxromjon Tadjiaxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Marks Ruziboev, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:   Gilbert fazosida ikkitalik va uchtalik differensial tenglamalarning cheksiz sistemalari bilan beriladigan differensial o‘yinlar va optimal boshqaruv masalalarina hal etishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Gilbert fazosida ikkitalik va uchtalik differensial tenglamalar cheksiz sistemalari echimining mavjudlik va yagonalik teoremalari cheksiz sistema echimi ta’rifiga ko‘ra isbotlangan;
          Gilbert fazosida ikkitalik differensial tenglamalar cheksiz sistemasi uchun quvlash differensial o‘yinida, o‘yinchilarning boshqaruv parametrlariga geometrik chegaralar qo‘yilib, o‘yinning tugashini ta’minlaydigan va kafolatlangan tutish vaqtini beradigan aniq strategiya  qurilgan;
        ikkitalik differensial tenglamalarning cheksiz sistemasi bilan beriladigan optimal boshqaruv masalasi, sistemaning holatini boshlang'ich holatdan   fazoning koordinatalar boshiga olib kelish uchun sarflanadigan optimal vaqtni topish orqali echilgan.
    ikkitalik differensial tenglamalarning cheksiz sistemasi  bilan beriladigan tutish differensial o‘yin masalasida o‘yinchilarga optimal strategiyalar qurish natijasida optimal tutish vaqti topilgan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ushbu dissertatsiyada olingan natijalar quyidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarida qo‘llanilgan:
  Gilbert fazosida ikkitalik va uchtalik differensial tenglamalar cheksiz sistemalari echimining mavjudligi va yagonaligi haqidagi natijalardan 01-01-20-2295FR raqamli “Geometrik struktura ichidagi qavariq giperfazoda ta’qib qilish differensial o‘yini” mavzusidagi xorijiy grand loyihasida ta’qib qilish differensial o‘yin masalalarini echishda foydalanilgan. (Malayziyaning Putra universitetining 2022-yilgi 12-iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ta’qib qilish differensial o‘yin masalasini echish imkonini bergan;
  Gilbert fazosida cheksiz differensial tenglamalar sistemalari bilan beriladigan differensial o‘yinda o‘yinchilarning boshqaruvlariga geometrik chegaralar qo‘yilgan holda kafolatlangan tutish vaqti va kafolatlangan qochib yurish vaqtini aniqlovchi teoremalardan OT-F4-33 raqamli “Differensial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi ziddiyatli holatlarni boshqarishning yangi usullarini yaratish va ularni sonli amalga oshirish” mavzusidagi fundamental loyihasida boshqaruv chegaralanishlari nochiziqli bo‘lgan hollar qarama-qarshi boshqaruvli differensial tenglamalar bilan tavsiflanuvchi ziddiyatli holatlarni boshqarishning yangi usullarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 24-iyundagi 04/11-3943-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy natijaning qo‘llanilishi boshqaruv chegaralanishlari nochiziqli bo‘lgan hollar uchun yangi natijalar olish imkonini bergan.    

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish