Yuldashev Muxsinjon Akramjonovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «G‘altakli ekish apparati bilan jihozlangan sabzavotchilik seyalkasining konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3505.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Rustamov Raxmatali Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mansurov Muxtorjon Toxirjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Adirasuli Abdikarimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tekis dala maydoniga sabzavot ekinlari urug‘larini ekadigan va sug‘orish egatlarini ochadigan sabzavotchilik seyalkasining konstruksiyasini takomillashtirish orqali ekish sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bir yo‘la tekis dala yuzasiga sabzavot ekinlari urug‘larini ekadigan va sug‘orish egatlarini ochadigan, nov ko‘rinishidagi urug‘ o‘tkazgich bilan jihozlangan seyalkaning konstruksiyasi urug‘larni belgilangan agrotexnik talablar darajasida ekilishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
sabzavotchilik seyalkasi urug‘ qutisining hajmi, balandligi va kengligini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar sabzavot ekinlari urug‘larining fizik-mexanik xususiyatlari, ekish meyorlari, urug‘larni quti tubidagi harakat qonunlari va quti devorlarining qiyalik burchaklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
nov ko‘rinishidagi urug‘ o‘tkazgichda sabzavot urug‘larini dumalab yoki sirpanib harakatlanishini ta’minlaydigan ishqalanish koeffisientining chegaraviy shartini belgilovchi matematik ifoda urug‘ shaklini inobatga oluvchi koeffisient, massasi, urug‘ o‘tkazgichning o‘rnatilish burchagini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
sabzavotchilik seyalkasining nov ko‘rinishidagi urug‘ o‘tkazgichini qiyalik burchagi, uzunligi va dala yuzasiga nisbatan o‘rnatilish balandligining maqbul qiymatlarini aniqlovchi matematik ifoda sabzavot urug‘larini bir tekis aniqlikda ekish shartidan kelib chiqib va maqbul parametrlari tajriba usulida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘altakli ekish apparati bilan jihozlangan sabzavotchilik seyalkasining konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash mavzusida olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
g‘altakli ekish apparati bilan jihozlangan sabzavotchilik seyalkasi «Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi konstruktorlik – texnologik markazi» MChJ ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2023-yil 23-martdagi 06/22-05/1224-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘altakli ekish apparati bilan jihozlangan sabzavotchilik seyalkasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
g‘altakli ekish apparati bilan jihozlangan sabzavotchilik seyalkasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan, Namangan viloyati Pop va Chust tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2023-yil 23-martdagi 06/22-05/12224-son ma’lumotnomasi). Natijada, sabzavotchilik seyalkasi qo‘llanganda mavjud ekish mashinalariga nisbatan yonilg‘i sarfini 1,8 martaga hamda mexnat sarfini esa 2 martaga kamayishiga erishilgan;