Xakimov O‘tkirbek Akramovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beraladigan fan tarmog‘i nomi): «Past bosimli oqimlarga mo‘ljallangan gidromashina yuritmalarining ratsional konstruksiyalarini ishlab chiqish va tadqiq etish», 05.02.02 –Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3301.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Turdaliev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamaxonov Azam Abdumajitovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nematov Erkin Hamroevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy oqayotgan suv oqimlarida ishlatish uchun past bosimli oqimlarga mo‘ljallangan gidromashina yuritmalarini ratsional konstruksiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oquvchi suv muhiti ta’sirida aylanadigan parrakli charxpalakni dinamik tahlil qilish uchun charxpalak, og‘irlik markazi aylanish o‘qida yotmagan ikki elkali richag ko‘rinishiga keltirib modellashtirilgan va hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
suv oqimi perpendikulyar yo‘nalishda ta’sir etgandagi parraklarning zarb nuqtasi charxpalakning aylanish o‘qidan qancha masofada joylashishini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda suv oqimining yo‘nalishi, parraklarning o‘rnatilish burchagi va charxpalakning burilish burchagini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
gidromashina yuritmasini harakatlantiruvchi validagi burovchi momentni hosil qiladigan tashkil etuvchilar zarb, og‘irlik va reaktiv kuchlaridan iborat ekanligi kinetostatika tamoyillari asosida aniqlangan hamda ular orasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ifodalovchi matematik model ishlab chiqilgan;
yuritmasida zanjirli uzatmasi bo‘lgan gidromashinaning dinamik masalasi ikki massali mexanik tizim sifatida qaralib, suv g‘ildiragi burchak tezligining o‘zgarish qonuniyati generatordagi texnologik qarshilik kuchi momenti va vallarning deformatsion hamda dissipativ xususiyatlariga bog‘liq ravishda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Past bosimli oqimlarga mo‘ljallangan gidromashina yuritmalarining ratsional konstruksiyalarini ishlab chiqish va tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan past bosimli oqimlarga mo‘ljallangan gidromashinani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik xujjatlari va hisoblash usullari «OLTIARIQ-INNOVASIYa» MChJ ga joriy etilgan («O‘zbekiston Republikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi» ning 2022 yil 30 dekabrdagi 03-04/1126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, past bosimli oqimlarga mo‘ljallangan charxpalak tipidagi gidromashinaning sanoat nusxasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan;
past bosimli oqimlarga mo‘ljallanagan charxpalak tipidagi gidromashina Namangan viloyati Chust tumani «Xisorak» MFY ga joriy etilgan («O‘zbekiston Republikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi» ning 2022 yil 30 dekabrdagi 03-04/1126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bir dona gidromashina (mikroGES) ishlab chiqarayotgan elektr energiyasidan foydalanish, an’anaviy elektr energiyasining bir soatda sarflanadigan 5 kW elektr energiyasi 40-50 % gacha tejalishiga erishilgan.