Abdullaev Altinbek Yangibaevichning

 fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklarining likvidlilik darajasini oshirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt55.

Ilmiy maslahatchi: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  Respublikasi Bank-moliya akademiyasiva Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bobakulov Tulkin Ibadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Alisher Agzamovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tijorat banklari likvidlilik darajasini oshirishning metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

natijalar mutanosibligi va optimalligini tekshirishda bank aktivlari va passivlari muddat va miqdor bo‘yicha mutanosibligi hamda bank resurslari tayanch modelini inobatga olgan holda tijorat banklarining likvidlilik darajasini baholash mexanizmi ishlab chiqilgan;

bank nazorati bo‘yicha Bazel` qo‘mitasining tavsiyaviy me’yorlari bilan tijorat banklarining joriy balans ko‘rsatkichlarini qiyoslash asosida ularning likvidli faoliyatini moliyaviy tahlil qilish uslubi takomillashtirilgan;

bank ma’lumotlari asosida tijorat banklarining likvidliligiga ta’sir etish darajasini baholaydigan ko‘p omilli chiziqli regressiya tenglamalarining natijaviy ma’lumotlari asosida likvidlilikning o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan  prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;

bank resurslari tayanch modeli asosida ularning aylanmasi va tarkibining takroriy yangilanish jarayonlari siklik bajarilishining metodologik shartlari belgilab berilgan;

bankning likvidlilik ehtimollik qiymatini tabaqalashtirilgan mezonlar asosida baholash yo‘li bilan likvidlilik darajasini baholash konseptual modeli asoslari ishlab chiqilgan;

likvidlilik riskini barvaqt aniqlash va bartaraf etishda turli ssenariylar asosida likvidlilik pozisiyalarini stress-testdan o‘tkazish uslubi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tijorat banklarining likvidlilik darajasini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

bank aktivlari va passivlarining muddatiga va miqdoriga ko‘ra mutanosibligini hamda bank resurslari aylanmasi va tarkibining tayanch modelini inobatga olgan holda tijorat banklari likvidlilik darajasini baholash mexnizmi bo‘yicha taklifi ATB «Qishloq qurilish bank», AT «Aloqabank» va ATB «Turon bank» amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Qishloq qurilish bank»ining 2017 yil 25 sentyabrdagi 05/15-28-10282-son,  AT «Aloqabank»ining 2017 yil 28 sentyabrdagi 19-12/4366-son va ATB «Turon bank»ining 26 sentyabrdagi 11/03-439-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif asosida tijorat banklarining joriy likvililik koeffisienti 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 1,8; 2,6 va 2,9 foizga  o‘sishiga erishilgan;

bank nazorati bo‘yicha Bazel` qo‘mitasining tavsiyaviy me’yorlar bilan tijorat banklarining 2015-2016 yillardagi joriy balansi ko‘rsatkichlarini qiyoslash orqali bank likvidliligini moliyaviy tahlil qilish taklifi ATB «Qishloq qurilish bank», AT «Aloqabank» va ATB «Turon bank» amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Qishloq qurilish bank»ining 2017 yil 25 sentyabrdagi 05/15-28-10282-son,  AT «Aloqabank»ining 2017 yil 28 sentyabrdagi 19-12/4366-son va ATB «Turon bank»ining 26 sentyabrdagi 11/03-439-son ma’lumotnomalari).  Ushbu taklif asosida bank faoliyatining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillardagi farqlar mos  ravishda 1,6; 2,1 va 2,5 foizga pasaygan;

likvidlilikning o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlarini aniqlash doirasidagi taklifi ATB «Qishloq qurilish bank», AT «Aloqabank» va ATB «Turon bank» amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Qishloq qurilish bank»ining 2017 yil 25 sentyabrdagi 05/15-28-10282-son,  AT «Aloqabank»ining 2017 yil 28 sentyabrdagi 19-12/4366-son va ATB «Turon bank»ining 26 sentyabrdagi 11/03-439-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif asosida tijorat banklari joriy likvidlilik koeffisienti 2,9; 3,6 va 3,7 foizga o‘sishiga erishilgan;

bank resurslari aylanmasi va tarkibining tayanch modeli asosida ularning takror yangilanish shartlarining siklik bajarilishini ta’minlash uslubi bo‘yicha taklifi ATB «Qishloq qurilish bank», AT «Aloqabank» va ATB «Turon bank» amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Qishloq qurilish bank»ining 2017 yil 25 sentyabrdagi 05/15-28-10282-son,  AT «Aloqabank»ining 2017 yil 28 sentyabrdagi 19-12/4366-son va ATB «Turon bank»ining 26 sentyabrdagi 11/03-439-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif asosida bank resurslari operatsiyalarining hajmi 2015 yilda 2014 yilga nisbatan mos ravishda 9,1; 10,1 va 12,3 mlrd. so‘mga o‘sishiga erishilgan;

tijorat banklari likvidlilik darajasining ehtimollik qiymatlarini konseptual model` orqali  baholash yo‘li bilan likvidlilik darajasini mustahkamlash bo‘yicha taklifi ATB «Qishloq qurilish bank», AT «Aloqabank» va ATB «Turon bank» amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Qishloq qurilish bank»ining 2017 yil 25 sentyabrdagi 05/15-28-10282-son,  AT «Aloqabank»ining 2017 yil 28 sentyabrdagi 19-12/4366-son va ATB «Turon bank»ining 26 sentyabrdagi 11/03-439-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif asosida 2015-2016 yillar oralig‘idagi oylik ma’lumotlar asosida tijorat banklarining likvidlilik koeffisienti 2016 yilda 2015 yilga nisbatan mos ravishda 4,2; 4,2 va 4,2 foizga o‘sishiga erishilgan;

tijorat banklarining likvidliligini stress-testdan o‘tkazish orqali likvidlilik bo‘yicha ehtimoliy risklarni kamaytirish va favquloddagi holatlarga chidamlilikni ta’minlash bo‘yicha taklifi ATB «Qishloq qurilish bank», AT «Aloqabank» va ATB «Turon bank» amaliyotiga joriy etilgan (ATB «Qishloq qurilish bank»ining 2017 yil 25 sentyabrdagi 05/15-28-10282-son,  AT «Aloqabank»ining 2017 yil 28 sentyabrdagi 19-12/4366-son va ATB «Turon bank»ining 26 sentyabrdagi 11/03-439-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklif asosida 2015 yildagi ma’lumotlar asosida uch variantli ssenariylarni qo‘llagan holda sarf qilingan mablag‘larni qoplash uchun talab qilinadigan qo‘shimcha mablag‘lar 6,7; 6,9 va 7,1 foizga o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish