Raximova Matluba Naimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Er usti suvlarining gidrologik va gidrokimyoviy rejimlari, ularni gidroekologik va irrigatsion sifatlarini baholash (Sirdaryo daryosining o‘rta oqimi misolida)», 11.00.03 - Quruqlik gidrologiyasi. Suv resurslari. Gidrokimyo (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD /Gr176.
Ilmiy rahbar: Chembarisov Elmir Ismailovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27/30.12.2019.Gr.47.01.
Rasmiy opponentlar: Muradov Shuxrat Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Dergecheva Irina Viktorovna, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryoning o‘rta oqimidagi daryolar va kollektor-zovur suvlarining zamonaviy gidrologik va gidrokimyoviy rejimlarini hamda ularning gidroekologik holati va suv sifatini irrigatsion maqsadlarda baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daryolar gidrologik va gidrokimyoviy rejimlarining zamonaviy xususiyatlari, shuningdek, Sirdaryo o‘rta oqimi, Chirchiq, Ohangaron daryolari uzunligi bo‘yicha suvliligi va mineralizatsiyasining ko‘p yillik o‘zgarishlari aniqlangan;
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining sug‘oriladigan hududlaridagi kollektor-zovur suvlarining gidrologik va gidrokimyoviy tavsiflari kollektor oqimining hajmi, mineralizatsiyasi va kimyoviy tarkibini hisobga olgan holda aniqlangan;
Sirdaryoning o‘rta oqimidagi er usti suvlarining gidroekologik holatini umumlashtirilgan baholash uslubi ishlab chiqilgan;
Chirchiq, Ohangaron daryolari, Sirdaryoning o‘rta oqimidagi suvlarning hamda Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari kollektor-zovur suvlarining sifati irrigatsion maqsadlarda baholangan;
Sirdaryoning o‘rta oqimidagi gidroekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan va zarur agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda, sug‘orishda qayta foydalanish uchun tavsiya etilgan kollektor suvlari hajmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sirdaryo havzasining o‘rta oqimi hududidagi er usti suvlarining gidrologik va gidrokimyoviy rejimlarini o‘rganish va ularning gidroekologik holati va sifatini irrigatsion maqsadlarda baholashda olingan ilmiy natijalar asosida:
Chirchiq, Ohangaron daryolari, Sirdaryo o‘rta oqimi gidrologik va gidrokimyoviy rejimlarning zamonaviy xususiyatlari hamda suvliligi va mineralizatsiyaning aniqlangan ko‘p yillik o‘zgarishlari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida daryolar suvlari oqimi rejimlari va sifatining ko‘p yillik o‘zgarishlarini tahlil qilishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 03/37-2968-son ma’lumotnomasi). Natijada, suvliligi har xil bo‘lgan yillarda daryolar oqimining gidrologik va gidrokimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish imkoniyatlari yaratilgan;
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi magistral kollektorlar suvlarining GAT xaritalarida keltirilgan gidrologik va gidrokimyoviy tavsiflari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida kollektor-zovur suvlari xususiyatlarining ko‘p yillik o‘zgarishini tahlil qilishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 03/37-2968-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam minerallashgan kollektor-zovur suvlarini hisobga olgan holda, mavjud er usti suv resurslaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha imkoniyati yaratilgan;
Sirdaryoning o‘rta oqimidagi er usti suvlarining gidroekologik holatini zamonaviy uslubiy yondashuvlarni hisobga olgan holda umumlashtirilgan baholash uslubiyati O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida Sirdaryoning o‘rta oqimidagi daryolar havzalarida gidroekologik vaziyatni baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 03/37-2968-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sirdaryoning o‘rta oqimi hududidagi gidroekologik vaziyat o‘zgarishining olingan tavsiflari uning hozirgi holatini aniqlash imkonini bergan;
Chirchiq, Ohangaron va Sirdaryo daryolari havzalari hamda Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi daryo va kollektor-zovur suvlarining sifatini irrigatsion maqsadlarda umumlashtirilgan baholash natijalari O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida kam suvli yillarda sug‘orish maqsadida kollektor oqimidan foydalanish hajmini aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 03/37-2968-son ma’lumotnomasi). Natijada, kimyoviy tarkibi hisobga olingan holda kam minerallashgan kollektor-zovur suvlarining qo‘shimcha hajmlari aniqlangan, bu esa ulardan kam suvli yillarda foydalanish imkoniyatini asoslash, sug‘orish tizimlarining samaradorligini oshirish imkonini bergan;
Sirdaryoning o‘rta oqimidagi gidroekologik holatni yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar hamda yaratilgan GAT xarita O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida daryo va kollektor suvlarining turli ifloslanish manbalarini aniqlashda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 03/37-2968-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’muriy tumanlardagi suv resurslarining gidroekologik holatini yaxshilash, o‘rganilayotgan hududda er usti suv resurslarining sifati va ifloslanish nazorati samaradorligini oshirish, istiqbolli rejalarni tuzish imkoniyati yaratilgan.