Rahmonov G‘afforjon Ro‘zmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabati», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil387.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Muminov Sidiqjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qodirov Ziyoidin Mamadalievich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili lug‘aviy sinonimiyasining graduonimiyaga munosabatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tili sinonimik qatorlarining aynanlik, farqlilik hamda graduonimik kabi semantik-struktur xususiyatlari ochib berilgan;
leksik sinonimlardagi differensial (farqlovchi) semalar aniqlanib, ularning ma’noviy darajalanish hodisasi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
lug‘aviy sinonimiya (ma’nodoshlik) va graduonimiya (darajalanish) hodisalarining nisbiy mustaqilligi va uyg‘unligi aniqlangan;
so‘zlarning ma’no munosabatlari tizimida sinonimik munosabatlar bilan bir qatorda graduonimik munosabatlarning mavjudligi dalillangan;
graduonimiyada denotativ va konnotativ semalarning miqdor o‘zgarishlarining ozlik-ko‘plik asosida shakllanishi ochib berilgan;
predmet va belgi ifodalovchi sinonim qatorlarning graduonimik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabatini tadqiq etish asosida:
“O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari” fundamental ilmiy tadqiqot loyihasining lotin yozuvidagi ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yo‘nalishida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 3/1255-988-son ma’lumotnomasi). Ushbu natija lug‘at so‘zliklari ma’nosini izohlash imkoniyatini bergan;
tadqiqotchining graduonimik birliklar haqidagi nazariy xulosalaridan “So‘z ma’no taraqqiyotida ziddiyat. O‘zbek tili enantiosemik so‘zlarining izohli lug‘ati” innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 3/1255-988-son ma’lumotnomasi). Natijada enantiosemik birliklar ma’nosining izohini asoslashga xizmat qilgan;
o‘zbek tilida lug‘aviy sinonimiya va graduonimiyaning o‘zaro munosabatini o‘rganish materiallaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 1 apreldagi “Adabiy muhit” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 22-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallar yangi qarashlar asosida mazmunan boyitilgan.