G‘oyibov Sanjar Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik chanoq a’zolari qon bilan ta’minlanishini hisobga olgan holda akusherlik qon ketishini davolashda jarrohlik usulini ishlab chiqish”, 14.00.01 – Akusherlik  va  ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1116.
Ilmiy rahbar: Yusupbaev Rustam Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Raxmatilla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori; Karimova Nilufar Nabijonovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kollateral qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda, tug‘ruq paytida, operatsiya paytida va tug‘ruqdan keyingi davrda rivojlanadigan tug‘ruq travmasi bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
angiografiya qilingan ayollarda ichki va tashqi yonbosh arteriyalar o‘rtasida kollaterallar borligi, qon ketish o‘chog‘i bachadon pastki segmenti, bachadon bo‘yni va qin yuqori uchligida joylashganda kuchli qon yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi aniqlangan;
jarohatlangan sohani joylashgan joyi va qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda jarrohlik yo‘li bilan qonni to‘xtatishda differensial yondashish usuli samarali ekanligi patogenetik va klinik jihatdan isbotlangan;
travmatik genezli akusherlik qon ketishlarni baholash va gradatsiyasi uchun metodologik yondashish asoslangan;
tug‘ruq jarayoni turli usullarda olib borilganda rivojlangan gematomalarni davolash uchun kichik chanoqni qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik ginekologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashi  xulosasiga (07.09.2023 y. №10 d-i/6) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: sog‘lom ayollar angiografiya qilinganda, ularning 26%da ichki va tashqi yonbosh arteriyalar o‘rtasida kollaterallar borligi aniqlandi, bu shu guruhdagi ayollarda qon ketish o‘chog‘i bachadon pastki segmenti, bachadon bo‘yni va qin yuqori uchligida joylashganda kuchli qon yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (2023 yil 12 iyundagi № 8 i-i/4-son) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-son tug‘ruqxonasida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • aniqlangan yangilikdan pastki segment, bachadon bo‘yni va qin yuqori uchligidan qon ketganda foydalanish davolash va tekshiruv usullari  vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • bachadon kontraktil qobiliyatining buzilishi natijasida kuzatiladigan qon ketishlar ko‘proq, biroq dastlabki soatlarda qon ketish intensivligi travmatik genezli qon ketishlardan kam bo‘lishini inobatga olib davolash usullari bajarilganda massiv qon ketish holatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ishlab chiqilgan algoritm qon ketishni quyidagi indikatorlarini kamaytirishga yordam beradi: yo‘qtilayotgan qon hajmini 1600±150 ml dan   1200±100  ml gacha, 25%ga qon komponentlarini qo‘llashni, gisterektomiya chastotasini, relaparotomiya va tug‘ruqdlan keyingi qon ketishlarni 1,7 barobarga. Kasalxonada yotmaslik, qo‘shimcha jarrohlik amaliyotlari va qon preparatlarini quymaslik hisobiga iqtisod qilingan: shifoxonada qo‘shimcha 5 kun qolish to‘lov miqdori – 1 117 500 so‘m; jarrohlik amaliyoti - gisterektamiya 1 055 000 so‘m, qon preparatlarini qo‘llash (2 marotaba) 443 000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 2 615 500 so‘mni tashkil qildi); Xulosa: homilador bo‘lmagan ayollarda MSKT-angiografiya yordamida kichik chanoq a’zolari tomirlari holati kompleks tekshirish pastki segment, bachadon bo‘yni va qin yuqori uchligidan qon ketganda foydalanish davolash va tekshiruv usullari  vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olib, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 5 231 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 2 615 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: jarohatlangan sohani joylashgan joyi va qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda jarrohlik yo‘li bilan qonni to‘xtatishda differensial yondashish usuli samarali ekanligi patogenetik va klinik jihatdan asoslandi va isbotlandi va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (2023 yil 12 iyundagi № 8 i-i/4-son) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-son tug‘ruqxonasida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • massiv qon ketishni (2 tip qon ketishlarda) 15% dan 6% ga tushirishga va poliorgan etishmovchilikni kamaytirishga olib keldi; • jarohatli tug‘ruqlarda massiv akusherlik qon ketishlari kuzatilganda taklif etilgan algoritmga rioya qilish relaparotomiya holatlari xavfini kamaytirishga, hamda poliorgan etishmovchilikning kelib chiqishi xavfini pasaytirishga olib keldi; • perinatal asoratlar va o‘lim sonini kamaytirishga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarohatlangan sohani joylashgan joyi va qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda jarrohlik yo‘li bilan qonni to‘xtatishda differensial yondashish usuli ayollarda travma natijasida qon ketganda qon ketish hajmi, gisterektomiya, shifoxonada davolanish vaqtining kamayishiga olib keldi. Natijada ayollarga qon preparatlarni quyish soni, kunlik laborator tahlillarga sarflanadigan mablag‘lar iqtisod qilingan; shifoxonada qo‘shimcha 5 kun qolish to‘lov miqdori – 1 117 500 so‘m;  (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 1 560 000 so‘mni tashkil qildi); Xulosa: jarohatlangan sohani joylashgan joyi va qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda jarrohlik yo‘li bilan qonni to‘xtatishda differensial yondashish usuli qo‘llanilganda bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3 120 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 560 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: travmatik genezli akusherlik qon ketishlarni baholash va gradatsiyasi uchun metodologik yondashish ishlab chiqildi. Qon ketishlarni 3 tipli gradatsiyasi ishlab chiqildi, unga ko‘ra qon ketish o‘chog‘ini joylashgan joyiga qarab gemostazni turli usullari qo‘llaniladi va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (2023 yil 12 iyundagi № 8 i-i/4-son) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-son tug‘ruqxonasida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • turli lokalizatsiyadagi tug‘ruq travmalarida taklif etilgan gradatsiya bo‘yicha gemostaz qilishda vaqt tejaladi va operatsiyadan keyingi asoratlarning kamayishiga olib keladi; • perinatal kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytiradi; • turli bosqichdagi tug‘ruqqa ko‘maklashuvchi muassasalarda akusher-ginekologlar uchun qo‘llanma bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kasalxonada yotish kunining qisqarishi, qo‘shimcha jarrohlik amaliyotlarining bajarilishi va qon preparatlarini quymaslik hisobiga iqtisod qilingan: shifoxonada qo‘shimcha 5 kun qolish to‘lov miqdori – 1 117 500 so‘m; qon preparatlarini qo‘llash (2 marotaba) 443 000 so‘m (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 1 560 500 so‘mni tashkil qildi); Xulosa: travmatik genezli akusherlik qon ketishlarni baholash va gradatsiyasi uchun metodologik yondashish ishlab chiqildi. Qon ketishlarni 3 tipli gradatsiyasi ishlab chiqildi, unga ko‘ra qon ketish o‘chog‘ini joylashgan joyiga qarab gemostazni turli usullari qo‘llash hisobiga 3 121 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 560 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tug‘ruq jarayoni turli usullarda olib borilganda rivojlangan gematomalarni davolash uchun kichik chanoqni qon bilan ta’minlanish xususiyatlarini hisobga olgan holda algoritm ishlab chiqildi va Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (2023 yil 12 iyundagi № 8 i-i/4-son) bilan markaz, Toshkent viloyati Qibray TTB va Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 2-son tug‘ruqxonasida amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • akusherlik qon ketishlarni og‘irlik darajasini patogenetik asoslash taqdim etildi, uni asosini tashqi va ichki yonbosh arteriyadan qon bilan ta’minlanishiga ko‘ra qon ketishlarni kliniko-anatomik gradatsiyasi tashkil etadi; • akusherlik amaliyotida travmatik akusherlik qon ketishlarda akusherlikdagi holat va o‘choq lokalizatsiyasiga qarab uni olib borish algoritmi tatbiq etildi. Ushbu usulni qo‘llash travmatik qon ketishlarda gemorragik asoratlarni kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Yo‘qtilayotgan qon hajmini 1600±150 ml dan   1200±100  ml gacha; ya’ni, 25%ga, qon komponentlarini qo‘llashni, gisterektomiya chastotasini, relaparotomiya va tug‘ruqdlan keyingi qon ketishlarni 1,7 barobarga kamayishi shifoxonada qo‘shimcha 5 kun qolish kamaytirganligi hisobiga to‘lov miqdori – 1 117 500 so‘mga iqtisod qilingan (RIAGIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada  1 kun qolish 223 500 so‘mni tashkil qiladi); Xulosa: akusherlik amaliyotida travmatik akusherlik qon ketishlarda akusherlikdagi holat va o‘choq lokalizatsiyasiga qarab uni olib borish algoritmi tatbiq etilishi har bir tuqqan ayol hisobiga byudjet mablag‘larini 2 235 000 so‘mga va  byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 117 500 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish