Temirova Mahbubaxon Alibekovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek va qirg‘iz xalq maqollari tipologiyasi», 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil165.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

Ilmiy rahbar: Mirzaeva Salimaxon Rayimjonovna, filologiya fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.

Rasmiy opponentlar: Turdimov Shomirza G‘anievich, filologiya fanlari doktori; Jamgirchieva Gulina Tolobaevna,  filologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va qirg‘iz xalq maqollarining yuzaga kelish tarixi, taraqqiyot omillarini aniqlash, tadrijiy taraqqiyot bosqichlarini tekshirish, xalq falsafiy va badiiy estetik qarashlarining shakllanishida ijtimoiy-tarixiy va geografik muhit o‘rnini tahlil etish, o‘zbek va qirg‘iz xalq maqollarining struktural, poetik tipologiyasini o‘rganishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

o‘zbek va qirg‘iz xalq maqollarining yaratilish tarixi va vujudga kelish omillari, xalq falsafiy va badiiy-estetik qarashlarining shakllanishida ijtimoiy-tarixiy va geografik muhit o‘rni, shuningdek, o‘zbek va qirg‘iz xalq maqollarining struktural, poetik tipologiyasi masalalari yoritilgan;

fol`klordagi eng kichik janr tadqiqi orqali o‘zbek va qirg‘iz maqollarining genetik mushtarakligi, o‘ziga xoslik va farqli xususiyatlari asoslab berilgan;

umumturkiy fol`klordagi o‘zbek va qirg‘iz xalqi tomonidan yaratilgan maqollar mavzu ko‘lami, g‘oyaviy, badiiy jihatdan o‘zaro yaqin bo‘lsa-da, bir qator tafovutlar mavjudligi ham isbotlangan;

yonma-yon yashovchi xalqlarda bo‘lganiday ikki xalq urf-odatlari, an’ana va marosimlaridagi mushtarakliklar maqollarda ham mavjudligi, unda har ikki xalqqa xos urf-odat, an’ana va marosimlarning mohiyati aks etishi ilmiy asoslangan;

har ikki xalq og‘zaki ijodida ham she’riy va nasriy maqollar mavjud bo‘lib, maqollardagi badiiy obrazlar o‘rtasida o‘xshashliklar mavjudligi dalillangan, har ikki xalq maqollarining struktural va badiiy xususiyatlari qiyosiy yoritilgan;

o‘zbek va qirg‘iz maqollarining tarixiy taraqqiyoti, mavzu ko‘lami, obrazlar tizimi, strukturasi, badiiyati tipologik nuqtai nazardan yaxlit dalillangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbek va qirg‘iz xalq maqollarining o‘rganilishi, genetik mushtarakligi, o‘xshash va farqli xususiyatlari, badiiyati bilan bog‘liqvazifalarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

o‘zbek va qirg‘iz xalq maqollarining lingvistik xususiyatlariga oid ilmiy natijalardan F1-FA-0-55746 raqamli “Markaziy Osiyo xalqlari adabiy qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini to‘plash va ularni ilmiy tavsiflab, nashrga tayyorlash” (2012-2016) fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 89-03-576-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida nashr etilgan “To‘tinoma” va “Qush tili” tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik va tekstologik tadqiqi” monografiyalarida masal va maqol janrlari munosabatlarini ilmiy asosda yoritishga erishilgan;

Andijon viloyat teleradiokompaniyasining “Munosabat”, “Oltin xalqa” kabi ko‘rsatuvlari hamda “Erkin fikr”, “Shukrona” eshittirishlari o‘zbek va qirg‘iz xalq maqollari misolida ularning turmush tarzi va urf-odatidagi mushtarakliklari, maqollarning yoshlar tarbiyasidagi va ikki qardosh xalq o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati kabi fikrlar bilan boyitilgan (Andijon viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 23 yanvardagi 20-24/3-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar hamda radioeshittirish muxlislari o‘zbek va qirg‘iz xalq maqollarining poetikasi, obrazlar tizimi va mavzu ko‘lami haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan o‘tkazilgan seminarlarda, Qirg‘izistonda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi a’zosi sifatida do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash maqsadida 2016 yil 26 oktyabrda o‘tkazilgan “Do‘stlik rishtalari” tadbirida, 2016 yil 26 oktyabrda Andijon davlat universiteti bilan O‘sh davlat universiteti o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida 2017 yil 20 noyabr` va 7 dekabrdagi o‘zaro aloqalarda dissertatsiya hamda “O‘zbek va qirg‘iz fol`klorida maqollar mushtarakligi” o‘quv qo‘llanmasidagi fikrlar va xulosalardan foydalanilgan (Qirg‘iz milliy madaniy markazining 2018 yil 17 yanvardagi 24-son ma’lumotnomasi). Natijalar ikki xalq qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarning mazmunli tashkil etilishiga xizmat qilgan;

qirg‘iz tilining tarixiy taraqqiyoti, mavzu ko‘lami, obrazlar tizimi, strukturasi, badiiyati tipologiyasi bo‘yicha olingan natijalardan qirg‘iz tilidagi maktablarning 4-sinf o‘quvchilari uchun “Ene til” (“Ona tili”) darsligi, shuningdek, 5-sinf (2015, 10-sinf (2017) o‘quvchilari uchun hammualliflikdagi “Qirg‘iz tili” darsliklarida, 7-sinf (2017), 10-sinf (2017) o‘quvchilari uchun hammualliflikdagi “Adabiyat” darsliklarida qirg‘iz xalq maqollarining lingvistik va tematik turlariga oid nazariy fikrlaridan foydalanilgan (darsliklar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan). Natijada o‘quvchilarning xalq og‘zaki ijodi, xususan, maqollarga oid bilimlarini oshirishga, ularda vatanparvarlik, mehnatsevarlik va hamdo‘stlik tuyg‘ularini shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish