Odinaev Dilshodjon Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston mintaqalari iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish yo‘nalishlari», 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3078
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich; iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Abdirashidov Ashirali Abdirashidovich.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mintaqalar iqtisodiy salohiyatini baholash usullarini takomillashtirish asosida ularning rivojlanishini prognozlashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalar iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini aniqlash usulini hududiy ko‘rsatkichlarni shakllantirishning ikki bosqichli, ya’ni, asos integral va yondosh sifat ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
mintaqalar iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga ular o‘rtasidagi tengsizlik bilan tabiiy, mehnat va kapital resurslari o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda hududlarni 5 ta guruhga ajratib, ularning har biriga alohida-alohida imtiyozlar paketini taqdim qilish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqalar barqaror iqtisodiy o‘sish modelini iqtisodiy salohiyat indikatorlarini normallashtirishning natijaviy ko‘rsatkichlari quyi chegarasini undagi multiplikativ modelni 0 dan 1 gacha maxsus normallashtirish koeffisientini kiritish hisobiga ko‘tarish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik molelini ishlab chiqish asosida hududlar iqtisodiy o‘sishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mintaqalar iqtisodiy salohiyatidan foydalanish darajasini aniqlash usulini hududiy ko‘rsatkichlarni shakllantirishning ikki bosqichli, ya’ni, asos integral va yondosh sifat ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 1 maydagi PQ-4702-son “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarorinining 2-bobi, 5-bandi, 1 va 2-xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 30/1-12789-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va ularga ta’sir qiluvchi omillarni qiyosiy baholash metodologiyasini takomillashtirishga erishilgan;
mintaqalar iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga ular o‘rtasidagi tengsizlik bilan tabiiy, mehnat va kapital resurslari o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda hududlarni 5 ta guruhga ajratib, ularning har biriga alohida-alohida imtiyozlar paketini taqdim qilish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-son “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi 3-xatboshini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 30/1-12789-sonli ma’lumotnomasi) Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tabaqalanishni qisqartirish, tuman va shaharlarning real sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni shakllantirish imkonini berdi;
mintaqalar barqaror iqtisodiy o‘sish modelini iqtisodiy salohiyat indikatorlarini normallashtirishning natijaviy ko‘rsatkichlari quyi chegarasini undagi multiplikativ modelni 0 dan 1 gacha maxsus normallashtirish koeffisientini kiritish hisobiga ko‘tarish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 5 sentyabrdagi 488-son “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 36-37 bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 30/1-12789-sonli xati). Taklif qilingan usulning amaliyotga joriy qilinishi natijasida iqtisodiy salohiyatning normallashtirilgan indikatorlar qiymati 1-10 oralig‘ida bo‘lishiga erishiladi;
yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikning ekonometrik molelini ishlab chiqish asosida hududlar iqtisodiy o‘sishining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ssenariylaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston – 2030”» strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni 48, 49, 59, 60 maqsadlari samaradorlik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 10 iyuldagi 30/1-12789-sonli xati). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ilmiy-texnikaviy rivojlanganlik darajasi va yalpi jamg‘arilgan kapital bo‘yicha yuqori iqtisodiy salohiyatga ega hududlarda maqsadli samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish ta’minlanadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish