Ibraximov Sanjar Urunbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash strategiyalari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/Ped213.
Ilmiy maslahatchi: Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, DSc.28/05.05.2023.Ped.165.01.
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzilla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shopulatov Abdimalik Nurullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash strategiyalarini aniqlash va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va yo‘nalishlari akmeologiyaning konseptual asoslari bilan yondashuvlar (aksiologik, integrativ, shaxsga yo‘naltirilgan, madaniyatshunoslik)ni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash jarayoni akmeologik yondashuv doirasida tolerantlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, raqibini va o‘z-o‘zini obektiv baholash, analitik-tahliliy tafakkurini rivojlantirish kabi shaxsiy-kasbiy sifatlarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak sport murabbiylarini sportchilar jamoasi a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash mexanizmlari jarayon mazmuni, tashkil etish shakllari, strategiyalarni mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim, pedagogik amaliyot jarayonida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash jarayonini tashkil etishning indikativ-rivojlantiruvchi modeli, ta’lim-tarbiya strategiyalarini muntazam maqsadli qo‘llash, kasbiy bilim, kompetensiya va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish hamda samaradorlik bloklari funksiyalarini o‘zaro muvofiqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish kompetentligini baholashning ishlab chiqilgan ko‘rsatkich indikatorlari va mezonlari tarkibi kompleks rivojlanish darajalari, ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari va omillari, bartaraf etish mexanizmlari ijobiy echimlarni ta’minlovchi diagnostik metodikalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak murabbiylarning guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga doir natijalar asosida:
bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari va yo‘nalishlari akmeologiyaning konseptual asoslari bilan yondashuvlar(aksiologik, integrativ, shaxsga yo‘naltirilgan, madaniyatshunoslik)ni integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan FZ-2016-0909111822-sonli “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 10-yanvardagi 02-07-399/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak sport murabbiylarining sportchilar orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash jarayoni akmeologik, aksiologik, integrativ, shaxsga yo‘naltirilgan, madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash jarayoni akmeologik yondashuv doirasida tolerantlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, raqibini va o‘z-o‘zini obektiv baholash, analitik-tahliliy tafakkurini rivojlantirish kabi shaxsiy-kasbiy sifatlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda takomillashtirish, akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak sport murabbiylarini sportchilar jamoasi a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash mexanizmlari jarayon mazmuni, tashkil etish shakllari, strategiyalarni mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim, pedagogik amaliyot jarayonida qo‘llashga oid taklif va tavsiyalardan I-OT-2019-9-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shaxmat fani bo‘yicha 3D interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va joriy qilish” mavzusidagi 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 10-yanvardagi 02-07-399/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak sport murabbiylarining sportchilar shaxsiy sifatlarini shakllantirishga oid bilimlari rivojlantirilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga tayyorlash jarayonini tashkil etishning indikativ-rivojlantiruvchi modeli, ta’lim-tarbiya strategiyalarini muntazam maqsadli qo‘llash, kasbiy bilim, kompetensiya va shaxsiy sifatlarni rivojlantirish hamda samaradorlik bloklari funksiyalarini o‘zaro kombinatsiyalash, muvofiqlashtirish asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-414-son Qarorini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 06-01/06/13/9772-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport – ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishng mexanizmlari takomillashtirilgan;
akmeologik yondashuv asosida bo‘lajak sport murabbiylarini guruh a’zolari orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish kompetentligini baholashning ishlab chiqilgan ko‘rsatkich indikatorlari va mezonlari tarkibini takomillashtirishda kompleks rivojlanish darajalari, ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari va omillari, bartaraf etish mexanizmlari, ijobiy echimlarni ta’minlovchi diagnostik metodikalarni qo‘llashga oid ma’lumotlar “Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi” nomli darslikda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i, 233-0037 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak sport murabbiylarining kasbiy bilimlari, shaxsiy-kasbiy sifatlari va sportchilar orasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish mahorati – “akme”ni rivojlantirish mexanizmlari ishlab chiqilgan.