Inoyatxodjaeva Irodaxon Xamidullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda avtonom diabetik neyropatiya gastroenterologik shaklining klinik epidemiologik jihatlari» 14.00.03– Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1139.
Ilmiy rahbar: Haydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Habibullaevan, tibbiyot fanlari doktori, professor, Hamrabaeva Feruza Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda avtonom diabetik neyropatiya gastroenterologik shaklining klinik-epidemiologik tarqalganlik darajasini o‘rganish va davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning 39%da oshqozon-ichak zararalanish belgilarining uchrashi va S-reaktiv oqsil darajasi > 4.55 mg/l diabetik gastropatiyaning aniq klinik ko‘rinishiga mos kelishi aniqlangan;
semizlik negizida diabetik gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarda depressiya va tashvish darajasi yuqoriligi, shuningdek, ayollarda hayot sifati ko‘rsatkichlarini erkaklarga nisbatan past bo‘lganligi aniqlangan;
ayol jinsi (r=0.001), tana vazni indeksi (r=0.001), og‘ir gastropatiya (r=0.065), PAGI-SYM so‘rovnomasi 8 sahifa belgilari, jismoniy salomatlikning me’yorlashtirilgan umumiy ballari (R2=0.35) uchun axamiyatga egaligi asoslangan;
itoprid terapiyasi uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlariga, diabetik gastropatiyaning og‘irligiga, psixologik holatga, hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 18 iyuldagi № 26 son xulosasiga ko‘ra:
2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning 39%da oshqozon-ichak zararalanish belgilarining uchrashi va S-reaktiv oqsil darajasi > 4.55 mg/l diabetik gastropatiyaning aniq klinik ko‘rinishiga mos kelishi aniqlangan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2023 yil 17 maydagi №110-sonli buyrug‘i va Samarqand filialining 2023 yil 14 iyundagi №26u sonli buyrug‘i orqali amaliyotga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan so‘rovnoma qandli diabet 2-tip mavjud bemorlarda gastrointerstisial o‘zgarishlarni erta tashxislash va og‘ir asoratlarni oldini olish imkoniyatini beradi. Bemorlar qonida S-reaktiv oqsilni aniqlash diabetik gastropatiyani erta tashxislash va og‘ir asoratlarni oldini olish imkoniyatini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan so‘rovnoma xamda qonda s-reaktiv oqsilni aniqlash qandli diabet 2-tur mavjud bemorlarda gastrointerstinal o‘zgarishlarni erta tashxislash va og‘ir asoratlarni oldini olish imkoniyatini beradi.
Xulosa: qandli diabet 2-tur mavjud bo‘lgan bemorlarda PAGI-SYM so‘rovnomasidan foydalanib, oshqozon-ichak tizimidagi o‘zgarishlarni erta aniqlash orqali 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ning o‘rtacha 180.000 so‘m iqtisod qilish imkon yaratiladi. Qonda S-reaktiv oqsil darajasini aniqlash diabetik gastropatiyaning klinik ko‘rinishlarini baxolash imkonini berib o‘rta hisobda har bir bemordan 900.000 ming so‘m tejalishiga olib keladi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Inoyatxodjaeva Irodaxon Xamidullaevnaning “O‘zbekistonda avtonom diabetik neyropatiya gastroenterologik shaklining klinik-epidemiologik jihatlari” mavzusida dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/562-son xulosasi.
Semizlik negizida diabetik gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarda depressiya va tashvish darajasi yuqoriligi, shuningdek, ayollarda hayot sifati ko‘rsatkichlarini erkaklarga nisbatan past bo‘lganligi aniqlangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2023 yil 17 maydagi №110-sonli Samarqand filialining 2023 yil 14 iyundagi №26u sonli buyrug‘i orqali amaliyotga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: HADS va SF 36 so‘rovnomalaridan foydalanib semizlik negizida diabetik gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarda depressiya va tashvish darajasini o‘z vaqtida aniqlash va kasallikni monand davolash ijobiy ta’sir ko‘rsatadi , ayollarda hayot sifatining jismoniy va aqliy tarkibiy qismlarini umumiy baholash diabetik gastropatiya bilan og‘rigan erkaklarga nisbatan past bo‘lganligi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda depressiya va tashvish darajasini aniqlash uchun yagona umumlashgan so‘rovnomadan foydalanish ortiqcha harakatlar va sarf harajatlarni tejaydi. Diabetik neyropatiya rivojlangan bemorlarda ularning jinsiga bog‘liq holda hayot sifati darajasini o‘rganish va davo muolajalarini mukobillashtirish orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 450.000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi.
Xulosa: semizlik negizida diabetik gastropatiya bilan og‘rigan bemorlarda depressiya va tashvish kabi asoratlarni erta tashxislashda HADS so‘rovnomasidan foydalanish muhim ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega. Diabetik neyropatiya rivojlangan bemorlarda ularning jinsiga bog‘liq holda hayot sifati darajasini o‘rganish va davo muolajalarini mukobillashtirish sarf xarajati uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash imkonini beradi. Bu mablag‘ bir bemor uchun yil davomida o‘rta hisobda 900.000 ming so‘mni tashkil etadi.
Inoyatxodjaeva Irodaxon Xamidullaevnaning “O‘zbekistonda avtonom diabetik neyropatiya gastroenterologik shaklining klinik-epidemiologik jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/562-son xulosasi.
Ayol jinsi (p=0.001), TVI (p=0.001), og‘ir gastropatiya (p=0.065), PAGI-SYM so‘rovnomasi 8 sahifa belgilari, jismoniy salomatlikning me’yorlashtirilgan umumiy ballari (R2=0.35) uchun prognostik ahamiyatga ega.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2023 yil 17 maydagi №110-sonli buyrug‘i va Samarqand filialining 2023 yil 14 iyundagi №26u sonli buyrug‘i orqali amaliyotga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: O‘zbekistonda avtonom diabetik neyropatiya gastroenterologik shaklining klinik-epidemiologik jihatlarini baholashda ushbu so‘rovnomalardan foydalanish bemorlarda kasallikni davolashga monand yondoshishga yordam beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat : Qandli diabet 2-tur bemorlarda diabetik gastropatiyani tashhislashni mukobillashtirish orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 860.000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 1.560.000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari iqtisod qilinadi.
Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida avtonom diabetik neyropatiya gastroenterologik shaklini davolashda uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida ularda o‘lim sabablari va uchrash soni keskin kamaytiradi hamda ortiqcha tekshirishlar uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash imkonini beradi. Bu mablag‘ bir bemor uchun o‘rta hisobda 1 mln. 560 ming so‘mni tashkil etadi.
Inoyatxodjaeva Irodaxon Xamidullaevnaning “O‘zbekistonda avtonom diabetik neyropatiya gastroenterologik shaklining klinik-epidemiologik jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/562-son xulosasi.
Itoprid terapiyasi uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlariga, diabetik gastropatiyaning og‘irligiga, psixologik holatga, hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialining 2023 yil 17 maydagi №110-sonli buyrug‘i va Samarqand filialining 2023 yil 14 iyundagi №26u sonli buyrug‘i orqali amaliyotga tatbiq etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: standart davo negizida itoprid preparatini qo‘llash diabetik gastropatiya rivojlangan bemorlarda jismoniy holati va hayot sifatiga ijobiy ta’sir etib nogironlikning kamayishiga hamda umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishga xizmat qiladi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabetning 2- turi diabetik gastropatiya bilan kechgan bemorlarda standart davo negizida itoprid preparatini qo‘llash orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 600.000 so‘m miqdorda mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 1.400.000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari iqtisod qilinadi.
Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida avtonom diabetik neyropatiya gastroenterologik shaklini davolashda itoprid preparatini qo‘llash ularda kasallik avj olib borishini kamaytiradi hamda ortiqcha tekshirishlar, dorilar uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash imkonini beradi. Bu mablag‘ bir bemor uchun o‘rta hisobda 1 mln. 150 ming so‘mni tashkil etadi.
Inoyatxodjaeva Irodaxon Xamidullaevnaning “O‘zbekistonda avtonom diabetik neyropatiya gastroenterologik shaklining klinik-epidemiologik jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi ilmiy yangiliklarini boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 oktyabrdagi 8n-z/562-son xulosasi.