Djamalova Shirin Abdumuratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qand kasalligida ko‘rlanish natijasida nogironlanish: hozirgi ahvol, tibbiy yordamini tashkil etish va profilaktik choralarni takomillashtirish», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment va 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1DSc/Tib119.
Ilmiy maslahatchilar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabiev Abduvali Mirzalievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupaliev Baxodir Kaxramonovich, tibbiyot fanlari doktori; Kamilov Xolidjon Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Bekbaulieva Guliston Nietbaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda qandli diabetli bemorlarda oftal`mologik asoratlarning oldini olish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ratsional menejment konsepsiyasini va tadbirlar majmuasini ishlab chiqish hamda ilmiy asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabetda ko‘rish qobiliyatining yo‘qotilishi oqibatida nogironlikning shakllanishi o‘rganilgan va nogironlanish darajasi yuqoriligining sabablari aniqlangan;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida oftal`modiabet va uning asoratlarini oldini olish menejmentining mavjud tizimi samaradorligi hamda zamonaviy texnologiyalari zarurati aniqlangan;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini tizimida mutaxassislarning, ayniqsa, umumiy amaliyot shifokorlari uchun qandli diabetli bemorlarda oftal`modiabet asoratlarini va ko‘rlanishini oldini olish mezonlari ishlab chiqilgan;
ilk bor qandli diabetli bemorlarning ko‘rish a’zolari diabetik zararlanishiga moyilligi va butunlay ko‘r bo‘lib qolish xavfi baholangan;
oftal`modiabet asoratlari oqibatida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish xavfi omillari va bemorlarning tegishli xavf guruhlari belgilangan hamda diabetik retinopatiyada profilaktika choralarini o‘tkazishda o‘z vaqtida personallashtirilgan yondashuv olib borilishi zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qand kasalligida ko‘rlanish natijasida nogironlikni oldini olishda tibbiy yordamni tashkil etish va profilaktik choralarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ambulator-poliklinika bo‘g‘inida diabetik retinopatiya bilan xastalangan bemorlarning olib borish va erta tashxislash usullarni takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash muassasalari amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 30 sentyabrdagi 8n-d/59-son ma’lumotnomasi). Natijada qand kasalligi va uning oftal`mologik asoratlari mavjud bemorlarni birlamchi bo‘g‘in davolash-profilaktika muassasalarida umumiy amaliyot vrachlari tomonidan kuzatish uchun tashxislash va profilaktika algoritmi qo‘llanilishi tufayli oftal`modiabet sababli nogironlanish kamayib, yiliga 52 million so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash imkonini bergan;
diabetik retinopatiyada ko‘rlanish natijasida nogironlikni oldini olishda tibbiy yordamni tashkil etish va profilaktik choralarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 50-son oilaviy poliklinika, Tibbiyot sanitariya birlashmasiga qarashli 2-son Markaziy poliklinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 19 yanvardagi 8n-z/6-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning klinik amaliyotga joriy qilinishi turmush sifatining jiddiy yomonlashishi va nogironlanish sababi bo‘lmish diabetik retinopatiya rivojlanishini barvaqt aniqlash va nazorat qilib turish imkonini beragan.