Beknazarov Farxod Abdivoxidovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ziyorat turizmi imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt905
Ilmiy rahbar: Ibadullaev Nurali Eshniyazovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  raqamli iqtisodiyotni va turizim sohalarini jadal rivojlantirish sharoitida ziyorat turizmi imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ziyorat turizmi imkoniyatlaridan samarali foydalanishda turistlarga defferensial yondashuvga ko‘ra muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishni tashkil qilish yuzasidan “diniy” va “ziyorat” turizmi tushanchalarining mohiyati takomillashtirilgan;
ziyoratchi turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyat samarador-ligi va boshqaruv natijadorligini oshirishda “Ziyorat turizmida xizmat ko‘rsatuvchi shaxs modeli” barcha yo‘nalishdagi (kasbiy, iqtisodiy, ma’naviy, etik, psixologik va b.) talablar kompleksiga ko‘ra takomillashtirilgan;
hududlarning ziyorat turizmi tarkibi va geografiyasini kengaytirish, tashrif buyuruvchilar sonini orttirish hamda jahon ziyorat turizmi bozori segmentida mustahkam o‘rinni egallash yuzasidan IT texnologiyalariga ko‘ra turizmni tashkil qilish shakllari, xalqaro turizm bozoriga integratsiyalash tizimi takomillashtirilgan hamda “virtual ziyorat olami” platformasini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ziyorat turizmiga oid muqaddas qadamjolar, obektlar va ziyoratgohlar tarkibini takomillashtirish asosida tashriflar sonining hududlar kesimidagi ko‘rsatkichining Samarqand viloyatida 2023-2026 yillarda rivojlanishining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ziyorat turizmi imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ziyorat turizmi imkoniyatlaridan samarali foydalanishda turistlarga defferensial yondashuvga ko‘ra muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishni tashkil qilish yuzasidan “diniy” va “ziyorat” turizmi tushanchalarining mohiyatini takomillashtirish takliflari 5610300-“Turizm (xalqaro va ichki turizm)” ta’lim yo‘nalishining talabalari uchun tayyorlangan “Mintaqaviy turizm” nomli o‘quv qo‘llanmasiga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 noyabrdagi 1023-sonli buyrug‘i, 1023-0872 raqamli guvohnoma). Ilmiy natijaning joriy qilinishi turistik xizmatlar sohasida “diniy” va “ziyorat” turizm tushunchalarining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli va kengroq tushunishini ta’minlash orqali o‘qitish sifati va turistik xizmatlar samaradorligini oshirishda qo‘shimcha uslubiy imkoniyatlar yaratilishiga xizmat qilgan;
ziyoratchi turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar faoliyat samaradorligi va boshqaruv natijadorligini oshirishda “Ziyorat turizmida xizmat ko‘rsatuvchi shaxs modeli” barcha yo‘nalishdagi (kasbiy, iqtisodiy, ma’naviy, etik, psixologik va b.) talablar kompleksiga ko‘ra takomillashtirish Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Turkiy dunyo doirasida “Tabarruk ziyorat” turizm konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda  foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 21-dekabrdagi 04-18/8063-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi xizmat ko‘rsatuvchi xodimning, jumladan vaziyatni ob’ektiv baholashi hamda muammolarni hal qilishda ijodiy va innovatsion yondashishiga xizmat qilish imkoniyatlarini kengaytirgan;
hududlarning ziyorat turizmi tarkibi va geografiyasini kengaytirish, tashrif buyuruvchilar sonini orttirish hamda jahon ziyorat turizmi bozori segmentida mustahkam o‘rinni egallash yuzasidan IT texnologiyalariga ko‘ra turizmni tashkil qilish shakllari, xalqaro turizm bozoriga integratsiyalash tizimi takomillashtirish hamda “virtual ziyorat olami” platformasini tashkil qilish bo‘yicha takliflar Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “Xorijiy mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining ziyorat turizmi salohiyatini manzilli targ‘ib qilish chora-tadbirlari rejasi”ni ishlab chiqishda  foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 21-dekabrdagi 04-18/8063-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijaning amaliyotga joriy qilinishi yangi yo‘nalishlardagi ziyorat turizmi marshrutlarini ishlab chiqishda hududlar qamrov darajasini oshirish, ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish, potensial turistlar oqimining o‘sishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
ziyorat turizmiga oid muqaddas qadamjolar, obektlar va ziyoratgohlar tarkibini takomillashtirish asosida tashriflar sonining hududlar kesimidagi ko‘rsatkichining Samarqand viloyatida 2023-2026 yillarda rivojlanishining prognoz parametrlaridan Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasidagi yirik moddiy madaniy meros ob’ektlarida ichki turizm oqimlarini shakllantirish rejasi”ni ishlab chiqishda  foydalanilgan (Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 21-dekabrdagi 04-18/8063-sonli ma’lumotnomasi). taklifga asosan prognozlashtirish natijalariga ko‘ra Samarqand viloyatidagi diniy joylar va ziyoratgohlarga tashriflar soni hamda mehmonxona va shu yo‘nalishdagi joylashtirish ob’ektlariga ziyorat maqsadida tashrif buyurganlar sonining oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlashga xhizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish