Kamalov Shuxrat Kamalovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasida zamonaviy moliyaviy texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» hamda 08.00.14 – «Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2853.
Ilmiy rahbar: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Qurbonov Xayrilla Abdurasulovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasida zamonaviy moliyaviy texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
identifikatsiya, avtorizatsiya va verifikatsiya ta’minotidan uzviylikda foydalanish asosida xo‘jalik yurituvchi subektlarda xizmat ko‘rsatish, ma’muriy va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish asoslangan;
tijorat banklari moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida banklarning barcha hududiy bo‘linmalarini yagona bank balansiga o‘tkazish orqali biznes jarayonlarni avtomatlashtirishni taklif etilgan;
bank hisobvarag‘i ochilish joyidan qat’iy nazar, mijozga bankning istalgan bo‘linmalarida bank xizmatlarining to‘liq spektridan foydalanish imkonini beruvchi maxsus raqamlashtirilgan dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan;
korporativ ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish, kontragentlarni tekshirish, tranzaksiyaviy iste’molini tizimlashtirishida modulli bank mahsulotlari va kross-sotuvni joriy qilish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi subektlar moliyasida zamonaviy moliyaviy texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
identifikatsiya, avtorizatsiya va verifikatsiya ta’minotidan uzviylikda foydalanish asosida xo‘jalik yurituvchi subektlarda xizmat ko‘rsatish, ma’muriy va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish taklifi AT “Aloqabank”ning 2021-yil 17-sentyabrdagi “Komplaens-nazorat boshqarmasi to‘g‘risidagi” nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2023-yil 27-martdagi 38-04/966-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida, “SILK CAPITAL” MChJ tomonidan AT “Aloqabank”ning korporativ boshqaruv tizimini o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 2021-yil yakunlari bo‘yicha bankning faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichi 610 ballni yoki 51 foizni tashkil etdi hamda AT “Aloqabank” faoliyatining samaradorligi “yuqori” reytingni olinishiga erishilgan;
tijorat banklari moliyaviy barqarorligini mustahkamlash maqsadida banklarning barcha hududiy bo‘linmalarini yagona bank balansiga o‘tkazish orqali biznes jarayonlarni avtomatlashtirish taklifi AT "Aloqabank"ning 2021 yilgi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish va transformatsiyasini amalga oshirishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2023-yil 27-martdagi 38-04/966-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, AT “Aloqabank”ning “Banklar faollik indeksi”da ijobiy tendensiyasiga erishib, bank sohasidagi islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholash bo‘yicha davlat ulushi mavjud yirik banklardan biri sifatida umumiy reytingda yuqori o‘rinni egallashiga erishilgan.
bank hisobvarag‘i ochilish joyidan qat’iy nazar, mijozga bankning istalgan bo‘linmalarida bank xizmatlarining to‘liq spektridan foydalanish imkonini beruvchi maxsus raqamlashtirilgan dasturiy ta’minoti bo‘yicha taklifi AT “Aloqabank”ning “Tovarlar ishlar xizmatlar xaridlarini tashkillashtirish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2023-yil 27-martdagi 38-04/966-son ma’lumotnomasi). Natijada, banklarning jami depozitlari miqdori 2021-yilda 6,8 trln. so‘mni, shundan yuridik shaxslarning depozitlari 5,9 trln. so‘m va jismoniy shaxslarning depozitlari qoldig‘i 0,9 trln.so‘mni tashkil etishiga erishilgan.
korporativ ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish, kontragentlarni tekshirish, tranzaksiyaviy iste’molini tizimlashtirishida modulli bank mahsulotlari va kross-sotuvni joriy qilish taklifi AT “Aloqabank”ning 2022-yil 25-iyuldagi “Bankda kontragentlarni tekshirishga oid” yo‘riqnomani ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2023-yil 27-martdagi 38-04/966-son ma’lumotnomasi). Natijada, mijozlarga bankning moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlari sotuv hajmini oshirish, mijozning barcha moliyaviy, tranzaksiyaviy iste’molini bir tizimga birlashtirish, kontragent huquq layoqati, moliyaviy barqarorligi, ishonchliligi va u bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlar tarixini tekshirish, korporativ ishlab chiqarish jarayonini samarali boshqarish, ma’muriy va operatsion harajatlarni kamaytirish, himoyalangan hujjat aylanishi, raqamli arxiv va raqamli ish yuritish texnologiyalaridan keng foydalanish operatsion harajatlarni samarali boshqaruvi 20% dan ortishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish