Abduraxmonov Mirqosim Mirazim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtotransport korxonalarida ekspluatatsion xizmat ishini takomillashtirish” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T2541
Ilmiy rahbar: Adilov Okbuta Karimovich texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Bazarov Baxtiyor Imamovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Nosirov Ilxam Zakirovich.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Avtotransport korxonalarida ekspulatasion xizmat ishini og‘ir transport sharoiti uchun takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtotransport korxonalaridagi transport vositalarining ekspluatasiya xizmat ish ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ekspert baholashlarini qayta ishlash Differensial uslubi echimi yordamida nazariy miqdorlari ishlab chiqilgan;
avtotransport korxonalarida transport vositalaridan foydalanish ish davomiyligini bashoratlash bo‘yicha baholash tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mir texnik ko‘rsatkichlar, ya’niy ekspluatasion ko‘rsatkichlarni xisobga olgan holda takomillashtirilgan;
avtomobil toransport vositalari shinalarining ekspluatasiya masofasi asosida me’yorini aniqlash usuliga eksplatasiya sharoitini va avtomobillar madifikasiyasini hisobga oluvchi koeffisentlarni qo‘shish orqali o‘zgartirish kiritilib takomillashtirilgan;
avtomobillar ekspluatasion xizmat ishini baholash ko‘rsatgichlar miqdorining korrelyasion bog‘liqligi ekspertlar fikri bo‘yicha konkardasiya koeffisienti yordamida asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Avtotransport korxonalarida ekspluatasion xizmat ishini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan uslubiy tavfsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasining janubiy kon boshqarmasi Marjanbuloq koniga qarashli 11-avtojamlama uchun natijalar tadbiq qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2022 yil 12 yanvardagi 2301-01-07/95-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobillarga xizmat ko‘rsatish narxi 15% ga kamaygan;
ishlab chiqilgan uslubiy tavfsiyanoma O‘zbekiston Respublikasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasining janubiy kon boshqarmasi Marjanbuloq koniga qarashli 11-avtojamlama uchun natijalar tadbiq qilingan (Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2022 yil 12 yanvardagi 2301-01-07/95-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobillarga xizmat ko‘rsatish sifati 20% oshishi aniqlangan.