Tulyaganova Nodiraxon Malikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi serebral insul`tning xavf omillari, etiologik va klinik-neyrovizualizatsion xususiyatlari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib78.
Ilmiy rahbar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gul`nora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulchexra Kabulovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda serebral insul`tning xavf omillari, etiologik, klinik va neyrovizual xususiyatlarini aniqlash hamda qiyosiy tashxislashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda bolalarda serebral insul`t rivojlanishini xavf omillari sifatida, onaning homiladorlik davridagi kasalliklari va bu davrda onaning alohida dori vositalarini qabul qilishining ishonarli darajadagi ahamiyati aniqlangan;
bolalarda serebral insul`tning turi va davriga bog‘liq holda klinik kechishi xususiyatlari: kichik yoshli bolalarda dastlab umumiy miya belgilari ustun bo‘lib, keyinchalik o‘choqli o‘zgarishlar shakllanishi, kattaroq yoshda esa, o‘choqli buzilishlar ancha oldinroq paydo bo‘lib, keyinchalik qo‘pol motor etishmovchiliklarga sabab bo‘lishi aniqlangan;
serebral insul`t o‘tkazgan bolalarning gemostaziologik ko‘rsatkichlari bilan nevrologik status o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan;
serebral insul`t turiga qarab, neyrofiziologik va neyrovizualizatsion kompleks tekshirishlar natijalarini hisobga olgan holda tashxislash mezonlari aniqlangan;
tug‘ilgandan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda serebral insul`t va uning asoratlarining qiyosiy tashxisot algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda insul`t tashxisini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Bolalarda serebral insul`tdagi gemostaz ko‘rsatqichlari” mavzusidagi uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 maydagi 8n-d/88-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma serebral insul`t o‘tkazgan bolalarda gemostaziologik o‘zgarishlarni erta tashxislash, klinik kechishini aniqlash, bemorlarni keyingi kuzatuv va differensial davolash taktikasini optimallashtirishga xizmat qilgan;
bolalarda serebral insul`tni tashxislashni optimallashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent shahar 1-son bolalar klinik shifoxonasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tuman markaziy shifoxonasi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 17 maydagi 8n-d/91-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar bolalarda serebral insul`tni davolash chora-tadbirlari bo‘yicha ishlab chiqilgan qiyosiy tashxisot algoritmi kompleksli tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya samaradorligini sezilarli oshirish bilan bir qatorda davolashni adekvat va o‘z vaqtida olib borishga imkon berdi, bu esa nogironlikning og‘irlik darajasini 1,7 marta pasaytirishga, statsionar sharoitda davolanish muddatini 1,8 barobar qisqarishiga, davolashga ketadigan sarf-xarajatlarni 28 foizga kamaytirish imkonini yaratgan.