Shadieva Shodiya Shuxratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Funksional dispepsiyali bemorlarda parodont yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolash samaradorligini qiyosiy baholash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Tib660.
Ilmiy maslahatchi: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi,
IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Surat Saydivalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mahkamov Mohir Ergashevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Kopeskiy Igor` Sergeevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya federatsiyasi)
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: funksional dispepsiya mavjud bemorlarda parodontning yallig‘lanish kasalliklarini o‘rganish, ushbu guruh bemorlari uchun kompleks davolash samaradorligini baholagan holda, davolash algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontiti mavjud bemorlarda parodontopatogenlarning uchrash darajasi asoslangan.
funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontiti mavjud bemorlarda parodont va biriktiruvchi apparatning egiluvchanlik darajasi hamda rentgenologik o‘zgarishlar asoslangan.
funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontiti mavjud bemorlar stomatologik salomatligining hayot sifatiga ta’siri asoslangan.
funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontiti mavjud bemorlarda kompleks terapiya samaradorligi isbotlangan.
funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontitning tashxisot va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 10 iyun` №23-z/035 son xulosasiga ko‘ra:
funksional dispepsiyasi mavjud bemorlarda parodont kasalliklar tarqalish darajasi va asosiy parodontopatogenlarning o‘rganish hamda tahlil qilishdan iborat bo‘ladi : olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Buxoro tuman stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.05.2022 y.; 12/3) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar funksional dispepsiyasi mavjud bemorlarda stomatologik kasalliklar, ayniqsa generallashgan parodontitni erta tashxislashga imkon berdi. Yuqoridagi tekshirish usullari ushbu kontingentdagi bemorlarda stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yangi davolash algoritmining joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 1 200 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 10,0 foiz bemorlarda qayta davolash muolajasi amalga oshiriladi). Qayta davolash amaliyoti darajasini 10,0 foizdan 5 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 1 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 40 nafar bemordan kasallik kaytalanishi 4 nafar bemordan 2 nafar bemorgacha ikkilamchi davolash muolajasi kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1 200 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 8 800 000 so‘mni (4 nafar bemor ayol uchun) tashkil etadi. Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontiti mavjud bemorlarda parodont va biriktiruvchi apparatning egiluvchanlik darajasi hamda rentgenologik o‘zgarishlar asoslangan, Buxoro viloyati Vobkent tuman stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.05.2022 y.; 12/3) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi to‘qimalarning rentgenologik tekshiruvi yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazish jarayonida parodont to‘qimasi sohasidagi yallig‘lanish kasalliklarni o‘z vaqtida tashxislashga qaratilgan va yallig‘lanish jarayonidagi qaysi dori darmonlardan to‘g‘ri foydalanishga qaratilgan. Undan foydalanish qulay va bemorlarda turli xildagi dori darmonlar oshqozon ichak faoliyatiga salbiy ta’sirga ega. Shu bilan birga, ushbu tekshirish usuli shartlarida sezilarli farqlarning yo‘qligi, shuningdek, to‘qimalarning rentgenologik tekshiruvi yordamida ishlab chiqilganligi stomatologik tekshirish o‘tkazishning iqtisodiy samaradorligi ushbu patologiyani tashxislashda juda qulay usullardan biri hisoblanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun taklif qilingan dori vositalari amaliyotda kompleks davolash bilan chambarchas bog‘liq bulib, ishlab chiqilgan davolash usuli bemorlarning davolashdan keyingi kasalxonadan tashqari reabilitatsiyasi va davlolash xarajatlarining kuyidagicha iqtisod bulishiga olib keldi, kuydagicha: qayta kurik – 48 000 sum; qayta FGS taxlili – 80 000 sum; qayta stomatologik muolajalar – 100 000 sum; dori- darmonlar xarajati – 59 000 sum (umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 nafar bemor uchun 287 000 sum tashkil qildi, yillik qaytalangan bemorlar soni 2, umumiy iqtisodiy samaradolik esa 574 000 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: yangi davolash algoritmining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 690 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 240 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontiti mavjud bemorlar stomatologik salomatligining hayot sifatiga ta’siri asoslangan. olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Romitan tuman stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.05.2022 y.; 12/3) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar funksional dispepsiyali bemorlarda surunkali parodontitni tashxislash mezonlarini takomillashtirishni tahlil qilish imkonini berdi. Yuqoridagi natijalar stomatologik kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika qilish uchun yordamga muhtoj bemorlar kontingentini aniqlash uchun ham yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 1 200 000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil gastroenterologik davolash muolajalari amaliyoti paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemor ayollarning 10,0% (40 nafardan 4 nafar bemorlar) asosiy kasallik foni bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 4 800 000 (4 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi davolash algoritmining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 3 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontiti mavjud bemorlarda kompleks terapiya samaradorligi isbotlangan. Funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontitning tashxisot va davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Natijalar Buxoro viloyati Kogon tuman stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.05.2022 y.; 12/3) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan, Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar funksional dispepsiyali bemorlarda surunkali parodontitda umumiy stomatologik kasalliklar, ayniqsa parodontitni erta tashxislash va davolashga imkon bergan. Yuqoridagi davolash usullari ushbu kontingent bemorlarida stomatologik yordamni tashkil qilish hamda kasalliklarning asoratlarini oldini olish uchun xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 6 kunga (4 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 650 000 so‘mga kamaytirdi Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 150 000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining 4 kunga qisqartirilishi hisobiga 600 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 162 000 so‘m dori vositalari sarflanadi. Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 28 500 000 so‘mni tashkil etadi (reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirish hisobiga; byudjet mablag‘larini 15 265 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 13 235 000 so‘m. Jami: 38 500 000 so‘m). Xulosa: yangi davolash usulining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 21 422 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 17 078 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Funksional dispepsiya va surunkali tarqalgan parodontitning tashxisot va davolash algoritmi ishlab chiqilgan. olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Romitan tuman stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (24.05.2022 y.; 12/3) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olingan natijalar funksional dispepsiyali bemorlarda surunkali parodontitni tashxislash mezonlarini takomillashtirishni tahlil qilish imkonini berdi. Yuqoridagi natijalar stomatologik kasalliklarni erta aniqlash, davolash va profilaktika qilish uchun yordamga muhtoj bemorlar kontingentini aniqlash uchun ham yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarning aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 1 200 000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil gastroenterologik davolash muolajalari amaliyoti paytida kasallik rivojlanishini oldini oladi, bu esa yiliga umumiy bemor ayollarning 10,0% (40 nafardan 4 nafar bemorlar) asosiy kasallik foni bemorlar gospitalizatsiyasini va davolashni kamaytiradi va bemorlar umumiy xarajatlarini 4 800 000 (4 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi). Xulosa: yangi davolash algoritmining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobidan byudjet mablag‘larini 3 200 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi. Shadieva Shodiya Shuxratovnaning «Funksional dispepsiyali bemorlarda parodont yallig‘lanish kasalliklarini kompleks davolash samaradorligini qiyosiy baholash» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro Davlat tibbiyot institutuning 2022 yil 16 may VG 44506200 sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqadim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 21 422 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 17 078 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.