Ne’matova Yulduz Odiljonovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Namangan viloyati oykonimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil415.

Ilmiy rahbar: Uluqov Nosirjon Muhammadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.

Rasmiy opponentlar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori; Oxunov Nosirjon, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqot maqsadi: Namangan viloyati oykonimlarining tarixiy va zamonaviy shakllarini, variantlarini to‘plash hamda ularni lisoniy tadqiq etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oykonimlarning onomastik, ijtimoiy vazifalari belgilangan;

oykonimik ko‘lamdagi o‘zgarishlarning sotsiolingvistik jihatlari dalillangan;

oykonimlarning nominatsion-motivatsion xususiyatlari aniqlangan;

oykonimlar semantik taraqqiyotining lingvistik va ekstralingvistik omillari asoslangan;

mahalla, qishloq, shaharcha va shahar nomlarining etnolingvistik, areal lingvistik xususiyatlari aniqlangan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Namangan viloyati  oykonimlarining lisoniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

aholi manzillarining atoqli nomlarining derivatsion xususiyatlarini, oykonimlarning yasalish usullari va modellarini, oddiy so‘z yasalishi bilan atoqli otlar yasalishiga xos farqli jihatlarni yoritishga oid xulosalardan  OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” nomli fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 17 martdagi  87-03-1075-son ma’lumotnomasi). Natijada atoqli otlar derivatsiyasi bilan bog‘liq atoqli otlarning yasash usullari, yasalish modellari, oykonimlarning yasalish modellari, onomastik konversiya, transonimizatsiya kabi terminlarga doir izohlar va tahlillar mukammallashgan;

oykonimlarining lisoniy tadqiqiga doir materiallardan Namangan viloyati teleradiokompaniyasining «Maftunkor va betakror» rukni ostida efirga uzatilayotgan “Axsikent”, “Munchoqtepa”, “Mug‘ qal’asi”, “G‘irvon”, “Axsi”, “Shahand”, “Bekabod”, “Buramatut”, “G‘ovasoy”, “Qayqi”, “Gurtepa”, “Qoraqo‘rg‘on”, “Toshqo‘rg‘on”, “Karnon”, “Baliqliko‘l” ko‘rsatuvlari hamda FM-103.6 “Oltin zamin” radiosida “Qishlog‘ingiz tarixini bilasizmi?” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Namangan viloyati teleradiokompaniyasining 2018 yil 12 martdagi 08-01-194-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’rifiy va amaliy jihatdan boyigan.

oykonimlarning nominatsion-motivatsion, tabiiy-geografik, ijtimoiy-iqtisodiy asoslariga oid xulosalardan Namangan viloyati hokimligi huzuridagi toponimik komissiya tomonidan viloyatdagi tabiiy-geografik ob’ektlar, xususan, aholi manzillari nomini o‘zgartirish, yangilariga nom berish, tartibga solishda, tarixiy nomlarni tiklashda, takroriy va sobiq tuzum bilan bog‘liq qishloq, mahalla nomlarini o‘zgartirishda, yozilishidagi imloviy xatolarni bartaraf etishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2018 yil 5 apreldagi 03/12-807-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasining toponimik siyosatini bajarishga, hudud toponimlarini, xususan, oykonimlarini ma’noviy, imloviy jihatdan tartibga solishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish