Salimov Umid Ravshanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xavf omillarini tabaqalashtirish va favot etgan donordan olingan jigar transplantatsisiyadan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash», 14.00.32 – Transplantologiya va sun’iy a’zolar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi mavzusi Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28-sentyabrdagi 2-sonli Ilmiy tibbiy kengashi byurosida ro‘yxatga olingan.
Ilmiy maslahatchi: Rummo Oleg Olegovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Minsk xirurgiya, transplantologiya va gematologiya ilmiy-amaliy markazida» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.ilmiy kengash assosida bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Aripova Tamara Ukatmovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik; Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: «A.N. Sizganov nomidagi Milliy xirurgiya ilmiy markazi» AJ (Qozog‘iston Respublikasi)
II. Tadqiqotning maqsadi: immunologik va bakterial asoratlar prediktorlarini aniqlash usullarini ishlab chiqish va joriy etish orqali ortotopik jigar transplantatsiyasidan keyin bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dunyoda ilk bora alohida xavf omil sifatida TM7 epiparazit bakteriyasining transplantatsiya qilingan jigarni o‘tkir inkor etish rivojlanishidagi ishtiroki aniqlangan;
transplantatsiya qilingan jigarni o‘tkir inkor etishning rivojlanishida inkor etishning yuqori xavfini taxmin qilish imkonini beruvchi Protobacteria larning roli isbotlangan;
transplantatsiyadan oldingi davrda mikrobiotani individual ravishda o‘zgartirish imkoniyatini ta’minlaydigan jigar transplantatsiyasi natijalariga ichak mikrobiotik florasining ta’sirining xususiyatlari aniqlangan;
jigar transplantatsiyasini kutish ro‘yxatida bo‘lgan bemorlarda, invaziv bo‘lmagan diagnostik vosita sifatida KT ni qo‘llash imkonini beruvchi, skelet mushaklarining indekslangan ko‘rsatkichlari va sarkopeniyaning og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
surunkali progressiv jigar kasalliklarining turli nozologik guruhlaridagi bemorlarda individual davolash taktikasini shakllantirish zaruriyatini ko‘rsatuvchi sarkopeniya bilan kasallanish darajasidagi farq isbotlangan;
sarkopeniya, transplantatni o‘tkir inkor etilishi va bakterial asoratlarning potensial xavf omili sifatida jigar transplantatsiyasidan keyin yashovchanlik natijalariga ta’siri aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” ekspert kengashi 2023 yil, 22 sentyabr` 5 son xulosasiga ko‘ra (“Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi” tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassaslariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 20.09.2023y.: N02-02/1939 sonli xat yuborilgan):
xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchi faktorlarni tasdiqlash maqsadida TM7 epiparazit bakteriyasining transplantatsiya qilingan jigarni o‘tkir inkor etish rivojlanishidagi ishtiroki aniqlangan bo‘lib, bu transplantatsiya qilingan jigarni inkor etish belgilari rivojlanishining alohida xavf omilini aniqlash imkonini berdi. Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan buyicha buyrugi (20.09.2023y. №02-05/1940) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash maqsadida ma’lum bir xavf guruhi – operatsiyadan oldingi davr tayyorgarlik bosqichida Proteobacteria lar va Candidatus Saccharibacteria aniq kolonizatsiyasi mavjudligi bilan tashxis qo‘yilgan bemorga bakterial va immunologik asoratlar xavfini bashorat qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: mazkur patologiyalarda transplantatsiyadan oldingi davrda asoratlarni rivojlanishi uchun prognostik vosita sifatida mikrobiotik belgilarni o‘rganishdan foydalanish, asoratlar soni 14,3% dan 5% gacha kamaytirdi. Mazkur usulni amaliyotga tabdiq etish natijasida davolash xarajatlari 24,7% ga kamaydi. Jigar transplantatsiyasini rad etishni rivojlantirish diagnostikasidan foydalanish kasalxonada bo‘lishning yotoq kunlari sonini 30 kundan dan 20 kungacha (ME) (p=0.003) kamaytirishga imkon beradi. Davolash narxini 24,7% ga kamaytirishga imkon berdi. Yuqoridagi natijalar asosida, umumiy olganda bu kabi xolatlarda transplantatsiya davridagi ko‘pgina sarflanadigan faktorlardan faqatgina muassasadagi eng muxim iqtisodiy ko‘rsatgichlarga ko‘ra 1 bemor uchun: kasalxonada bo‘lishning yotoq kunlari sonini 30 dan 20 gacha (ME) (p=0.003) kamaytirishga imkonini bergan bo‘lsa bunda 10 kunda o‘rtacha 1 400 000 so‘m, reanimatsion bo‘limda bo‘lish davrining xam qisqarishi (bunda bo‘limda 1 kun bo‘lish davri 1,5 baravar qisqarishi) xisobidan 160 000 so‘m; qo‘shimcha asortalar uchun xarajatlarni 14,3% dan 5% gacha kamaytirish natijasida 1 143 900 so‘m tejalishiga erishildi. Bunda jami iqtisod qilingan summa: 2 703 900 so‘mni tashkil etdi. Mazkur taklif etilgan usulni amaliyotga tabdiq etish natijasida 1 bemor uchun 2 703 900 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 27 039 000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 8 111 700 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 18 927 300 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash xususiyatlari va tuzilishi bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, turli xil umumiy va o‘ziga xos asoratlarni rivojlanishining asosiy xavf omillarini erta aniqlash yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi bir bemor uchun 2 703 900 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi, buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 27 039 000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun). Yillik byudjet mablag‘laridan 8 111 700 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 18 927 300 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan 20.09.2023y.; №02-02/1939 sonli xat yuborilgan;
transplantatsiya qilingan jigarda ichakning taksonomik qoplamini xaritalashdan foydalanish invaziv bo‘lmagan usul bo‘lib, yuqori ishonchlilik darajasiga egadir hamda, transplantatsiya qilingan jigarni inkor etishning rivojlanishi uchun oldindan ko‘rsatib beruvchi trigger hamda taksonlarni aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan buyicha buyrugi (20.09.2023y. №02-05/1940) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bunda aniqlangan signaturalarni tahlil qilish natijalari taksonlarga ko‘ra, o‘tkir rad etish rivojlangan va bu asorat bo‘lmagan bemorlar o‘rtasida statistik jihatdan sezilarli farqni aniqladi: Protobacteria (p=0.001), rad etish va rad etmaslik guruhlar uchun o‘rtacha qiymatlar: 0.09 [0.06, 0.21] va 0.02 [0.01, 0.04] mos ravishda tashkil etadi. Shundan kelib chiqiab, Protobacteria lar shtammi tufayli jigar transplantatsiyasidan keyingi erta rad etish tashxisida ichak mikrobiomasining prognostik roli haqida gipoteza shakllantirish va tasdiqlash imkonini yaratdi. Aniqlangan xatolar kerakli diagnostika tadbirlari arsenalini minimal darajaga kamaytirishga imkon berdi, bu diagnostika uchun vaqtni tejaydi va keraksiz moliyaviy xarajatlarni bartaraf etadi, to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi kasallikning umumiy natijasiga ham, davolanishning iqtisodiy xarajatlariga ham ijobiy ta’sir qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: amaliyotda diagnostika xatolari, shuningdek, jarrohlik taktikasidagi xatolar mazkur patologiyali bemorni davolash xarajatlarini ortishiga olib keladi. Bunda ma’lum bir xavf guruhi – operatsiyadan oldingi tayyorgarlik bosqichida Proteobacteria lar va Candidatus Saccharibacteria aniq kolonizatsiyasi mavjudligi bilan tashxis qo‘yilgan bemorga bakterial va immunologik asoratlar xavfini bashorat qilishga imkon beradi. Aniqlangan xatolar kerakli diagnostika tadbirlari arsenalini minimal darajaga kamaytirish natijasida bemorning turli diagnostik va davolash taktikasi davri qisarishi xisobiga Davolash narxini 24,7% ga kamaytirishga imkon beradi. Shunda: 1 bemor uchun o‘rtacha xisobda 8 000 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladi, ya’ni: bunda bu kabi xolatlarda rivojlangan turli infeksion asoratlarni davolashda antibakterial va transplantatda immun inkor etishni kamaytirish maqsadidagi immunosupressantlardan foydalanishdagi o‘rta xarajtlar 1 bemor uchun 28 000 000 so‘mni tashkil etadi. Taklif etilgan jigar transplantatini rad etish rivojlanishining bashorat qiluvchi usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy xarajatlar: 20 000 000 so‘mga teng bo‘ladi. ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy xarajat) 28 000 000 so‘m – (taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy xarajat) 20 000 000 so‘m = 8 000 000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 80 000 000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun) (Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Sirdaryo viloyati, Guliston tibbiyot klasteri preyskurantiga ko‘ra). Yillik byudjet mablag‘laridan 32 000 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 48 000 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: bunda mazkur usulni amaliyotga joriy etish natijasida bir bemor uchun 8 000 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 10 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 80 000 000 so‘mni tashkil etdi. Yillik byudjet mablag‘laridan 32 000 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 48 000 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan 20.09.2023y.; №02-02/1939 sonli xat yuborilgan;
16 s RNA NGS yordamida ichak mikrobiotasidan butun bir qator jigar kasalliklari diagnostikasi va og‘irligini aniqlashda foydalanish mumkinligi aniqlandi. Ichak mikrobiotasi MetALD rivojlanishida ishtirok etishi va bevosita etiologik omil ekanligi isbotlangan. Bundan tashqari, transplantatsiyadan keyingi erta davri bakterial va immunologik asoratlar rivojlanishi bilan murakkablashgan JT o‘tkazilgan bemorlar mikrobiotik belgilar arxitekturasida transplantatsiyadan keyingi erta davri shu asoratsiz o‘tgan bemorlardan farq qilishlari ko‘rsatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan buyicha buyrugi (20.09.2023y. №02-05/1940) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan oldingi tayyorgarlik bosqichida Proteobacteria lar va Candidatus Saccharibacteria aniq kolonizatsiyasi mavjudligi bilan tashxis qo‘yilgan bemorga bakterial va immunologik asoratlar xavfini bashorat qilishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash bo‘yicha olingan natijalarga ko‘ra transplantatsiya asoratlari va ularning rivojlanishini tuzatishga qaratilgan antibakterial va immunosupressiv dorilarning keng guruhlarini qo‘llash bilan bog‘liq kasalxonda va keyingi davrdagi umumiy xarajatlarni kamaytirish bilan ifodalanadi. Bunda bir bemor uchun mazkur usulni joriy etish bo‘yicha umumiy xarajtlarni 24,7% ga kamaytirish imkonini beradi. Natijada mazkur bu kabi xolatlarda transplantatsiya davridagi asosiy sarflanadigan faktorlardan hisobga olgan xolda: kasalxonada bo‘lishning yotoq kunlari sonini 30 dan 20 gacha (ME) (p=0.003) kamaytirishga imkonini bergan bo‘lsa bunda 10 kunda o‘rtacha 1 400 000 so‘m; qo‘shimcha asortalar (kunlik antibakterial terapiya, qo‘shimcha kasalxonda bo‘lish vaqti, infuzion terapiya) uchun xarajatlarni kamaytirish natijasida 2 287 800 so‘m tejalishiga erishildi; bunda jami iqtisod qilingan summa: 1 bemor uchun 3 687 800 so‘mni tashkil etdi; 1 yilda esa (5 bemor uchun) 18 439 000 so‘m iqtisod qilinadi. Yillik byudjet mablag‘laridan 11 063 400 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 7 375 600 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: transplantatsion amaliyotga mazkur usulning joriy etilishi 1 bemordan 3 687 800 so‘mni tejash imkonini bersa, 5 ta bemor uchun yillik 18 439 000 so‘m (byudjet mablag‘laridan 11 063 400 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 7 375 600 so‘m )ni iqtisod qilish yo‘li orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan 20.09.2023y.; №02-02/1939 sonli xat yuborilgan;
taklif etilayotgan usul tahlillari natijasida ijtimoiy ta’sir shundaki, sarkopeniya bilan kasallanish sezilarli darajada yuqori bo‘lgan TMI (IMT) past bo‘lgan ayollar alohida xavf ostidagi guruh ekanligi aniqlandi. Kutilayotgan samaradorlik sarkopeniya bilan og‘rigan bemorlarning xavf guruhini shakllantirish va operatsiyadan oldingi davrda ham o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan xavf omili sifatida tegishli nutritiv yordamini joriy etish orqali bemorlarni davolash xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan buyicha buyrugi (20.09.2023y. №02-05/1940) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilayotgan usul natijasida, sarkopeniya bilan kasallanish sezilarli darajada yuqori bo‘lgan guruhda, TMI (IMT) si past bo‘lgan ayollar, alohida xavf ostida bo‘lib hisoblanadi. Kutilayotgan samaradorlik, sarkopeniya bilan og‘rigan bemorlarning xavf guruhini shakllantirish va operatsiyadan oldingi davrda ham o‘zgartirilishi bilan birgalikda qo‘llash umumiy natijalarni yaxshiladi va asoratlar sonini kamaytirishi bilan xarakterlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tana massasi indeksi va sarkopeniya mavjudligi bilan o‘zaro sezilarli bog‘liqlik borligi aniqlandi. Bunda surunkali progressiv jigar kasalliklari va sarkopeniya mavjudligi bilan og‘rigan bemorlarning umumiy guruhida sarkopeniya asosiy kasallikning kechishini murakkablashtirmagan bemorlarga nisbatan tana massasi indeksining sezilarli pasayishi kuzatildi. Sarkopeniya rivojlangan va rivojlanmagan bemorlarda tana massasi indeksining o‘rtacha qiymati mos ravishda 23,34 va 26,58 ni tashkil etdi (Mean=23,21; 95%CI [22.06; 24.35] va 27,17 (95%CI [25,83; 28,52]) mos ravishda). Bulardan ko‘rish mumkinki, indekslangan skelet mushaklari parametrlari va jigar transplantatsiyasini kutish ro‘yxatida bo‘lgan bemorlarda sarkopeniyaning og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash maqsadida noinvaziv KT qo‘llash, davolash natijalarini yaxshilashga, asoratlar sonini kamaytirishga va umumiy perioperativ davrni qisqartirishga imkon berdi. Yuqoridagi ko‘rsatgichlar asosida qo‘yidagi iqtisodiy natijalarga erishildi, bunda: 1 nafar bemorning shifoxondagi davri iqtisodiy ko‘rsatgichi: Bemorlarning ushbu kategoriyasida davolashda ratsional yondashuv natijasida bemorlarning reanimatsiyada bo‘lish davri, bemorlarning shifoxonada qolish mudatini o‘rtacha davri, asoratlar sonini kamaytirish xisobidan sarflanadigan qo‘shimcha xarajatlar va umumiy perioperativ davrni qisqarishi natijasida 1 bemorga to‘lanadigan to‘lov 2 200 000 so‘mga kamayadi (Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Sirdaryo viloyati, Guliston tibbiyot klasteri preyskurantiga ko‘ra); ushbu guruhdagi bemorlarni erta tashxislash va davolashdagi individual ratsional yondashuv natijasida odatdagi diagnostik va davolash taktikasiga nisbatan har bir bemordan o‘rtacha 2 200 000 so‘m iqtisodiy samardorlikka erishish imkonini beradi. Natijada yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi: 1 yilda o‘rtacha (12 ta bemor uchun) 26 400 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keladi. Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 11 880 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 14 520 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: indekslangan skelet mushaklari parametrlari va jigar transplantatsiyasini kutish ro‘yxatida bo‘lgan bemorlarda sarkopeniyaning og‘irligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlashda KT amaliyotini joriy etilishi (12 nafar bemor uchun) 26 400 000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilishga olib keldi. Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 11 880 000 so‘mni, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 14 520 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan 20.09.2023y.; №02-02/1939 sonli xat yuborilgan;
jigar transplantatsiyasi amaliyotidan oldingi davrda bemorlar guruhlarini samarali ravishda tabaqalash imkonini yaratib, transplantatsiya bilan bog‘liq xavf va xarajatlarni baholash va optimallashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan buyicha buyrugi (20.09.2023y. №02-05/1940) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yaqin va uzoq davr davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asorat va xatolar sonini keskin kamaytirish; asoratlarning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar operatsiyadan keyingi reabilitatsiya vaqti tez amalga oshadi va faol ijtimoiy hamda ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: sarkopeniya bilan og‘rigan bemorlarda sarkopeniyaning o‘zi jigar sirrozining dekompensatsiyasiga olib keladigan va dekompensatsiyaning mavjudligi sarkopeniya kursini og‘irlashtirganda, aylanib keluvchi xavf-omil doirasining ishlashi kuzatiladi. Bizning tadqiqotimizda JT kutish ro‘yxatidagi 54 (63,5%) nafar bemorga turli darajadagi jigar etishmovchiligi bilan bog‘liq ensefalopatiya tashxisi qo‘yilgan. Bemorlarning umumiy guruhida biz ko‘proq I darajali jigar ensefalopatiyasini aniqladik, bu 40 nafar (47,1%) bemorda asosiy kasallikning kechishini murakkablashtirdi. Surunkali progressiv jigar kasalliklar (SPJK) rivojlanishining patofiziologik umumiyligiga qaramay, bu guruhda kasallikning tabiiy kechishi, ba’zi asoratlarning prognozi va chastotasi ko‘pincha SPJKning etiologik sababiga qarab o‘zgaradi. Shu munosabat bilan SPJKning turli etiologik guruhlar bemorlarida sarkopeniya bilan kasallanish chastotasini baholandi. Bunda 7 ta tahlil guruhi tuzildi: virusli gepatit bilan og‘rigan bemorlar (HCV, HBV, HDV va ularning birlashgan turlari) – 17 (22%) bemor; alkogolli jigar kasalligi – 8 (10,3%) xolat; autoimmun jigar shikastlanishi – 19 (24,6%) bemor; onkologik invaziyasi –14 (18,1%) xolat; kriptogen jigar shikastlanishi - 11 (14,2%) bemor; al`veokokk 3 (3,8%) va Vil`son kassaligi - 5 (6,4%) xolatda niqlandi. Olingan bu natijalar transplantatsiyada oldindan to‘g‘ri yondashuv va usullarni qo‘llashni imkonini yaratadi. Yuqoridagi o‘zgarishlar tahlili natijasida, mazkur tadqiqotning ilmiy-amaliy natijalarini joriy etish hisobiga 1 nafar bemorning shifoxondagi davri iqtisodiy ko‘rsatgich: odatdagi mavjud diagnostik usullar qo‘llash natijasida 1 bemorga sarflanadigan xarajtlar 11 040 000 so‘m (Farg‘ona viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Sirdaryo viloyati, Guliston tibbiyot klasteri preyskurantiga ko‘ra) mablag‘ni tashkil qildi. Yangi diagnostik davolash amaliyotini joriy etish natijasida bu xarajtlar 9 140 000 so‘mga teng. Mazkur yangi jarrohlik amaliyotini tadbiq etishi natijasida 1 bemor uchun 1 900 000 so‘m mablag‘ tejab qolindi (1 nafar bemor uchun). Yuqoridagilraga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 24 700 000 so‘mni tashkil etadi (13 ta bemor uchun). Optimallashgan yangi davolash usullarini individual joriy etish natijasida byudjet mablag‘larini 11 115 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 13 585 000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: surunkali progressiv jigar kasalliklarining turli nozologik guruhlari bemorlarida sarkopeniya bilan kasallanish darajasining isbotlangan farqi natijasida individual davolash taktikasini shakllantirish hisobidan byudjet mablag‘larini 11 115 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 13 585 00013 585 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan 20.09.2023y.; №02-02/1939 sonli xat yuborilgan.
sarkopeniya va boshqa xavf omillarining jigar transplantatsiyasidan keyingi kuzatish davrida jigar transplantatsiyasi paytidan boshlab transplantatsiyadan keyingi davrning 820-kuniga qadar davom etganligi aniqlangan va bu umumiy omon qolish darajasi 0,73 (73%)ni tashkil etdi. Bu ma’lumotlar transplantatsiyadan keyingi davrda to‘g‘ri kuzatuv olib borish va xavf omillarni oldindan baxolash orqali bemorlar xayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan buyicha buyrugi (20.09.2023y. №02-05/1940) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mazkur amaliyotlarining jamoaviy yondashuv asosida bajarilganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bulgan asoratlar (turli bakterial asoratlar va transplantatni erta rad etish) oldi olindi; bemorlar reabilitatsiya vaqti qisqardi; hayot faoliati o‘zgardi; mexnat faoliyati qayta yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kuzatuv davrida kuzatuv guruhlarida umumiy yashovchanlik darajasi 73% ni tashkil etdi. Bakterial infeksiyasi bo‘lmagan bemorlarning uzoq muddatli yashovchanlik darajasi infeksiyasi rivojlangan bemorlarga qaraganda yuqori bo‘lib - 81,8% ga 50% ni tashkil etdi. Sarkopeniya erta yashovchanlik ko‘rsatgichga ta’sir qilmadi, ammo uzoq muddatli yashovchanlikni sezilarli darajada kamaytirdi 66,6% (sarkopeniya bo‘lmagan bemorlar uchun mos ravishda 78%). Shuningdek, o‘tqizilgan transplantatni inkor etish uzoq muddatli yashovchanlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, bu transplantat inkor etilgan va inkor etilmagan bemorlar uchun mos ravishda 62,5% ga 85,7% ni tashkil etdi. Yuqoridagi taxlillar natijasida shuni aytish mumkinki ishlab chiqilgan monitorng usullari va olingan natijalarn yordamida asoratlar sonini kamaytirish, davolanish muddatini va bemorning shifoxonada qolishini qisqartirish imkonini berdi. Bu borada amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalarini indivudial yondashuv asosida aniqlab har bir bemor uchun joriy etilishi o‘rtacha umumiy 1 283 900 so‘mni tejash imkonini berdi. Ya’ni bunda bu kabi patologiyalarda asoratlar yuzaga kelganda uni tuzatish uchun qo‘shimcha sarflanadigan xarajatlar 6 900 000 so‘mni tashkil etadi. Taklif etilayotgan yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi natijasida bu kabi xarajatlar o‘rtacha 5 616 100 so‘mni tashkil etdi. Natijada: mazkur patologiyali 1 bemor uchun taklif etilayotgan usul va yondashuv hisobidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish natijasida 1 283 900 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); taklif etilayotgan usul va yondashuv hisobidan yillik iqtisodiy samaradorlik 8 672 300 so‘mni tashkil etdi (7 bemor uchun). Natijada byudjet mablag‘larini 3 035 305 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 5 636 995 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: yangi ishlab chiqilgan oldindan bashorat qilish imkonini beruvchi usul va foydali individual davo taktikalarini jigar transplantatsiya amaliyotiga joriy etilishi byudjet mablag‘larini har bir bemor uchun 1 283 900 so‘mni tejash imkonini berdi. Mazkur taklif etilayotgan usul va yondashuv hisobidan yillik iqtisodiy samaradorlik 8 672 300 so‘mni tashkil etdi (7 bemor uchun). Natijada byudjet mablag‘larini 3 035 305 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 5 636 995 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Xavf omillarini tabaqalashtirish va vafot etgan donordan olingan jigar transplantatsiyasidan keyingi erta bakterial asoratlarni rivojlanishini bashorat qiluvchilarni tasdiqlash” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazai” direktori tomonidan 20.09.2023y.; №02-02/1939 sonli xat yuborilgan.