Xakimov Nasrulla Sabirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jigar kasalliklarini profilaktikasining ilg‘or texnologiyalarini asoslash va xalq tabobati usulida davolashni optimallashtirish”, 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot, 14.00.41 – Xalq tabobati
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Tib884.
Ilmiy maslahatchilar: Mamasoliev Nematjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc 04/30/12/2019.Tib.95.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abduqaxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupova Shaxnoza Qodirjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Obidjon Shaxabidinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jigar kasalliklarini davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan, tarkibida biologik faol antibiotiklar saqlagan, tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari tarkibini asoslash, hamda mazkur kasalliklar profilaktikasining xalq tabobati bilan uyg‘unlashgan usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gepatit kasalligiga qarshi kurashuvchi komponentlar saqlagan mahalliy dorivor o‘simliklar asosida “Askal`siy”, “Shifoi Marhaboxon” va “Asshifo” nomli yangi tabiiy damlamalarning optimal tarkibi asoslangan, hamda ularni tashuvchi qon hujayralari orqali zararlangan jigar to‘qimalariga fitoterapevtik ta’siri xalq tabobati bilan uyg‘unlashtirgan holda isbotlangan;
“Shifoi Marhaboxon” va “Asshifo” yangi damlamalari tarkibidagi avenatsin, kversetin, amentoflavon tabiiy dorivor flavonoidlari, jigar hujayralarida oqsil biosintezini kuchaytirish orqali, sog‘lom gepatotsit hujayralarini ko‘paytirishi va yangi jigar to‘qimalarini hosil qilishi aniqlangan;
jigar kasalliklari profilaktikasida “Asshifo” yangi tabiiy damlamasining antioksidant, antiradikal komponentlari, bemor qoni tarkibidagi gepatit kasalligini keltirib chiqaruvchi toksik bilirubinlarni parchalab, zararsizlantirishi isbotlangan;
tabiiy antibiotiklar saqlagan dorivor o‘simliklardan iborat yangi damlamalar tarkibida jigardagi gepatit virusi nukletidlarini ingibirlash xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy polifenollar fitokompozisiyasi mavjudligi tufayli, mazkur kasallikning hatar omillari va asoratlarini fitoterapevtik oldini olish mumkinligi isbotlangan;
surunkali gepatit kasalligining dastlabki bosichida maksimal dozada qo‘llanilgan “Shifoi Marhaboxon” va “Asshifo” damlamalaridagi gepatoprotektor rozmarisin va karvakrol dorivor birikmalar, virusli hujayralardagi nukleotidlarni parchalash orqali, jigar serrozini oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jigar kasalliklarini davolash va oldini olish xususiyatiga ega bo‘lgan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish, hamda mazkur kasalliklar profilaktikasi usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gepatit kasalligiga qarshi kurashuvchi komponentlar saqlagan mahalliy dorivor giyohlar asosida “Askal`siy”, “Shifoi Marhaboxon” va “Asshifo” nomli yangi tabiiy damlamalarning asoslangan optimal tarkibi, texnologik yo‘riqnoma va texnik shart O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi rayosatining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan tasdiqlanib (TI23424257-01:2020; TU23424257-01:2020), Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabr`dagi 06.8/1244 son ma’lumotnomasi, Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 31 avgustdagi 06/22 – son, 2023 yil 31 maydagi 6i-13/x-sonli xulosalari). Natijada, jigar kasalliklari tarqalishini oldini olishni xalq tabobati bilan uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirish hamda kasallikka chalingan bemorlar qonidagi bilirubin miqdori sintetik vositalarga nisbatan 5-6 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
“Shifoi Marhaboxon”, “Askal`siy” va “Asshifo” yangi damlamalari tarkibidagi avenatsin, kversetin, amentoflavon tabiiy dorivor flavonoidlari, jigar hujayralarida oqsil biosintezini kuchaytirish orqali, sog‘lom gepatotsit hujayralarini ko‘paytirishi va yangi jigar to‘qimalarini hosil qilishi bo‘yicha asoslov O‘zbekiston Tabobat Akademiyasining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan resept va tashkilot standarti tasdiqlanib, Namangan viloyatidagi ko‘p tarmoqli tibbiyot muassasalari amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 0008400-son, 2020 yil 3 sentyabr`dagi 06.8/1244-son, 2020 yil 2 oktyabr`dagi 06-8/1447-son ma’lumotnomalari). Natijada, tarkibida kuchli tabiiy antibiotiklar saqlagan mahalliy o‘simliklar asosida oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqarish asosida zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati uyg‘unligiga ko‘ra davolash samaradorligini oshirishnga imkon bergan;
jigar kasalliklari profilaktikasida “Asshifo” yangi tabiiy damlamasining antioksidant, antiradikal komponentlari, bemor qoni tarkibidagi gepatit kasalligini keltirib chiqaruvchi toksik bilirubinlarni parchalab, zararsizlantirishi bo‘yicha asoslov O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi rayosatining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan tasdiqlanib, Andijon va Farg‘ona viloyatidagi oilaviy poliklinikalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabr`dagi 06.8/1244 son ma’lumotnomasi, Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 31 avgustdagi 06/22 – son, 2023 yil 31 maydagi 6i-13/x-sonli xulosalari). Natijada, xalq tabobati va zamonaviy tibbiyot uyg‘unligi asosida katta yoshdagi aholi orasida surunkali gepatit kasalligini dastlabki bosqichida oldini olish va davolash imkonini bergan;
tabiiy antibiotiklar saqlagan dorivor o‘simliklardan iborat yangi damlamalar tarkibida jigardagi gepatit virusi nukletidlarini ingibirlash xususiyatiga ega bo‘lgan polifenollar fitokompozisiyasi mavjudligi tufayli hatar omillari va asoratlarni oldini olish bo‘yicha asoslov O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi rayosatining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan tasdiqlanib, Andijon viloyatidagi oilaviy poliklinikalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 000840-son xulosasi, 2020 yil 3 sentyabr`dagi 06.8/1244-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq tabobati va profilaktik tibbiyot uyg‘unligi asosida kasallikka chalingan o‘rta va katta yoshli aholi orasida kuchli asorat hisoblangan jigar serrozini yuzaga kelishi 2-3 barobarga kamaygan;
surunkali gepatit kasalligining dastlabki bosichida maksimal dozada qo‘llanilgan “Shifoi Marhaboxon” va “Asshifo” damlamalaridagi gepatoprotektor rozmarisin va karvakrol dorivor birikmalar, virusli hujayralardagi nukleotidlarni parchalashi bo‘yicha asoslov O‘zbekiston Tabobat Akademiyasi rayosatining 2020 yil 12 fevraldagi 2020-02-son qarori bilan tasdiqlanib, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatidagi oilaviy poliklinikalar amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Sertifikatlash tiziminig 2021 yil 24 maydagi UZ.SMT.01.378.70229385-son muvofiqlik sertifikati, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 3 sentyabrdagi 06.8/1244-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq tabobati va zamonaviy profilaktik tibbiyot uyg‘unligi asosida bemorlarning jigar to‘qimalari yangilanishini 3 barobarga oshirib, asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.