Madaminova Durdona Iskandarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yaqin Sharqdagi migratsion jarayonlarning arab davlatlari xavfsizligi va barqarorligiga ta’siri», 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ss32.
Ilmiy maslahatchi: Yovqochev Shuhrat Akmalevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss/Tar.21.02.
Rasmiy opponentlar: Mavrulov Abduhalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor; Muhammadsidiqov Muhammadolim Muhammadroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor; Jalilov Aktam Toshnazarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.    
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yaqin Sharq mintaqasidagi migratsion jarayonlarning mintaqadagi arab davlatlari xavfsizligi va barqarorligiga ta’sirini tizimli tarzda ochib berish hamda yaqin istiqboldagi xavfsizlik arxitekturasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yaqin Sharq arab davlatlari mintaqaviy xususiyatiga ko‘ra migratsion jarayonlarning «donor davlat - migrant - tranzit davlat - resepient davlat» formati doirasidagi milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka etno-diniy va iqtisodiy-siyosiy jihatdan ijobiy ta’siri Yaqin Sharq arab davlatlarining yaqin istiqboldagi xavfsizlik arxitekturasiga ko‘ra isbotlangan;   
Yaqin Sharq arab davlatlaridagi migratsion oqimlar geografiyasi kengayishining mavjud va istiboldagi tendensiyalariga ko‘ra «migratsiya omili» xavfsizlik masalalari bilan birgalikda ustuvor o‘ringa ko‘tarilishi Evropaga konfliktogen ta’sir ko‘rsatishning siyosiy instrumentiga aylanib borayotganligi asoslangan;
Fors ko‘rfazi arab davlatlaridagi migratsion oqimlarni tartibga solish, ularning milliy qonunchiligini xalqaro huquqiy talablarga muvofiqlashtirish jarayonlari davlat siyosatida milliy o‘zlikka tayangan holda amalga oshirilishi dalillangan;   
migratsion jarayonlarni Yaqin Sharq arab davlatlari xavfsizligiga salbiy ta’siriga qarshi preventiv choralar ko‘rish mexanizmi sifatida «ekspatlar» va «Islom-G‘arb-Afrika» sivilizatsion muloqot yondashuvini ilgari surish zarurati asoslangan;
Yaqin Sharq arab davlatlaridagi migratsiya muammolari asosan qabul qiluvchi davlatning milliy qonunchiligi va yuboruvchi arab davlatlarining diniy qadriyatlari o‘rtasidagi tafovut natijasida yuzaga kelayotganiga ko‘ra, muammoning siyosiy echimlaridan biri sifatida mavjud muammoni «Evropa Ittifoqi - Arab Davlatlari Ligasi» doirasida hal etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yaqin Sharqdagi migratsion jarayonlarning arab davlatlari xavfsizligi va barqarorligiga ta’siri bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
Yaqin Sharq arab davlatlaridagi migratsion oqimlar geografiyasi kengayishining mavjud va istiboldagi tendensiyalariga ko‘ra «migratsiya omili» xavfsizlik masalalari bilan birgalikda ustuvor o‘ringa ko‘tarilishi Evropaga konfliktogen ta’sir ko‘rsatishning siyosiy instrumentiga aylanib borayotganligi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda Konsullik-huquqiy departament tomonidan foydalanilgan. (Tashqi ishlar vazirligining 2022-yil 19- sentyabrdagi 04-1/m-13011-sonli dalolatnomasi). Natijada sohaga oid axborot-tahliliy  bazani takomillashtirishga va amalda qoʻllashga xizmat qilgan;
migratsion jarayonlarni Yaqin Sharq arab davlatlari xavfsizligiga salbiy ta’siriga qarshi preventiv choralar ko‘rish mexanizmi sifatida «ekspatlar» va «Islom-G‘arb-Afrika» sivilizatsion muloqot yondashuvini ilgari surish zarurati borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “tashqi mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 6-moddasi 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan berilgan 2022-yil 30-avgustdagi 04/3-02-22-sonli dalolatnomasi). Natijada, sohaga oid xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda asos boʻlib xizmat qilgan;
Yaqin Sharq arab davlatlaridagi migratsiya muammolari asosan qabul qiluvchi davlatning milliy qonunchiligi va yuboruvchi arab davlatlarining diniy qadriyatlari o‘rtasidagi tafovut natijasida yuzaga kelayotganiga ko‘ra, muammoning siyosiy echimlaridan biri sifatida mavjud muammoni «Evropa Ittifoqi - Arab Davlatlari Ligasi» doirasida hal etish zarurati borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan sohaga oid qonun loyihalarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi tomonidan berilgan 2022-yil 21-noyabrdagi 04/6-07-80-sonli dalolatnomasi). Natijada, sohaga oid axborot-tahliliy  bazani takomillashtirishga va amalda qoʻllashga xizmat qilgan;
Yaqin Sharq arab davlatlari mintaqaviy xususiyatiga ko‘ra migratsion jarayonlarning «donor davlat - migrant - tranzit davlat - resepient davlat» formati doirasidagi milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka etno-diniy va iqtisodiy-siyosiy jihatdan ijobiy ta’siri Yaqin Sharq arab davlatlarining yaqin istiqboldagi xavfsizlik arxitekturasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining amaliy-tahliliy ishlanmalarini tayyorlashda, shuningdek, ilmiy seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari va boshqa xalqaro tadbirlarda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2022-yil 10-oktyabrdagi 05-5/992-sonli xati). Natijada, sohaga oid axborot-tahliliy  bazani takomillashtirishga va amalda qoʻllashga xizmat qilgan;
Fors ko‘rfazi arab davlatlaridagi migratsion oqimlarni tartibga solish, ularning milliy qonunchiligini xalqaro huquqiy talablarga muvofiqlashtirish jarayonlari davlat siyosatida milliy o‘zlikka tayangan holda amalga oshirilishi yuzasidan olingan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy masalalari departamenti tomonidan shartnoma loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy masalalari departamenti tomonidan 2022-yil 2-avgustda berilgan dalolatnomasi). Natijada, davlatlar oʻrtaasida migratsion jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan siyosatni muvofiqlashtirishda manba sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish