Suyarov Matniyoz To‘ra o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kislorodli birikmalarning sinergetik aralashmalari va SFMlar asosida antidetonatsion qo‘ndirmalar ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi, 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T2227.
Ilmiy rahbarlar: Yakubov Yuldosh Yusupboevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Maxmudov Muxtor Jamolovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Adizov Bobur Zamirovich, texnika fanlari doktori; Ho‘jaqulov Aziz Fayzullaevich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya inistituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kislorodli birikmalarning sinergetik aralashmalari va SFMlar asosida antidetonatsion qo‘ndirmalar ishlab chiqish hamda benzin-spirt-suv sistemasining fazaviy barqarorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AI-80 benzinga nisbatan AI-80 va oksigenatlar kompozisiyasi asosida olingan benzinning moylash qobilyati yaxshilanishi natijasida edirilish darajasi 30% gacha kamaygani aniqlangan;
BK-IP-ETBE-3 oksigenat kompozisiyasi 1% miqdordagi konsentratsiyasi AI-80 benzinining oktan sonini 8 birlikka, AI-91 avtomobil benzinining oktan sonini esa 6 birlikka oshiruvchi kompozisiyalarning maqbul tarkibi ishlab chiqilgan;
benzin-spirt sistemasining fazaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarniinobatga olgan holda, AI-80 va AI-91 avtomobil benzinlari asosida olingan AI-95 avtomobil benzinining -25oS haroratda o‘zining fazaviy barqarorligini saqlab qolishi ilmiy asoslangan;
mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari yoki neft bazalaridagi AI-80 va AI-91 benzinlari hamda olingan oksigenatlarni kompaundlash orqali AI-95 yuqori oktanli benzin olishning texnologik tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kislorodli birikmalarning sinergetik aralashmalari asosida avtomobil benzinlari uchun antidetonatsion qo‘ndirmalar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
BK, IP va ETBE asosida avtomobil benzinlarini antidetonatsion xususiyatlarini yaxshilovchi oksigenat kompozisiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha «O‘zbekneftegaz» AJning “2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz » AJning 2022 yil 11 yanvardagi 03/17-5-7-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, AI-80 va AI-91 avtomobil benzinlari va oksigenat kompozisiyalari asosida AI-95 va AI-98 markadagi avtomobil benzinlari ishlab chiqarish imkonini beradi;
kislorodli birikmalarning sinergetik aralashmalari asosida olingan oksigenat qo‘shimchalar va benzinni kompaundlash texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning “2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekneftegaz » AJning 2022 yil 11 yanvardagi 03/17-5-7-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, detonatsion barqarorligi va tarkibida kislorod miqdori bo‘yicha (2,7% gacha) Evro-5 ekologik talabiga javob beruvchi avtomobil benzinlari ishlab chiqarish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish