Darvishov Ibroxim O‘rmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubi-g‘arbiy Namangan shevalari fonetik-fonologik xususiyat-larining areal tadqiqi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil257.
Ilmiy rahbar: Nabieva Dilora Abduxamidova, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Muminov Sidiqjon Mirsobirovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: janubi-g‘arbiy Namangan (JG‘N) shevalaridagi o‘ziga xos fonetik-fonologik xususiyatlarini tahlil qilish, tovushlar tizimi tasnifi va tavsifini berish, fonetik jarayonlarning tarixiy genezisi, uning tarqalish va amal qilish arealini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
janubi-g‘arbiy Namangan sheva hududlari o‘ziga xos xarakterli lingvistik xususiyatlari, fonetik-fonologik jarayonlari asosida shoxobchalarga ajratilgan va xaritalashtirilgan;
sheva guruh va shoxobcha vakillarining etnogenezisi, urug‘ va qabilalarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tishlari (migratsiya), birlashish (konsolidatsiya) jarayoni yangi ma’lumotlar bilan dalillangan;
dunyo turkiy tillari va JG‘N shevalarining fonetik-fonologik tizimidagi tovushlarning variantlashuvi, kuchli va kuchsiz oppozisiyasi va artikulyasion-akustik jihatlaridagi mushtarak belgilar aniqlangan;
sheva areali substratining o‘zaro birlashtiruvchi izoglosslari qadimgi turkiy va eski o‘zbek tilining tarixiy faktlar asosida belgilangan;
JG‘N shevalari undoshlar tizimida qadimgi turkiy hamda eski o‘zbek tillarining fonetik strukturasiga xos h, ң(ng), p kabi rudiment fonemalar mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubi-g‘arbiy Namangan shevalari fonetik-fonologik xususiyatlarining areal tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijasi asosida:
elektron matnlarda adabiy va dialektal so‘z va grammatik vositalarni aniq farqlashga o‘rgatish masalalarini tahlil etishga oid fikrlardan BM-V-F4-011 raqamli «Noravshan to‘plamlar nazariyasi asosida matnli ma’lumotlarning intellektual tahlili masalalarini tadqiq qilish» davlat ilmiy tadqiqot dasturi doirasidagi tadqiqot loyihasi bajarilishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 89-03-582-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron kommuni-katsiya vositalariga dialektal unsurlar orqali emas, adabiy til me’yorlari talablari asosida so‘z va qo‘shimchalarning yozib kiritishga o‘rgatish bilim oluvchilarning yozma adabiy til ko‘nikmalarini o‘stirishda ijobiy samara berishi haqidagi asosli fikrlar bilan to‘ldirilgan;
oila, bog‘cha, maktab hayoti amaliyotida adabiy til ko‘nikmalari shakllanishida salbiy holatlarga olib keladigan dialektal sharoitlar, o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasidagi kommunikatsiyaning shevada o‘rnatilishi haqidagi fikrlardan A-1-126 raqamli «Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini shakllantirishning zamonaviy usullari» mavzusidagi davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 5 fevraldagi 89-03-582-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni til kompetentligi rivojlanishi uchun dialektal sharoitlarda adabiy talaffuzga va yozma nutqda imlo savodxonligiga o‘rgatish masalalari haqidagi fikrlar bilan loyiha ishi boytilgan;
dissertatsiya ilovalarida keltirilgan ochiq ma’lumotlar asosidagi sxematik-xaritalardan janubi-g‘arbiy Namangan hududlaridagi qishloqlar, boshqa ijtimoiy ob’ektlarning joylashuvi bo‘yicha kichik hududlarni zonalashtirishda foydalanilgan («OZDAVYERLOYIHA» davlat ilmiy loyihalashtirish instituti 2018 yil 4 apreldagi 72-01/1-218-son ma’lumotnomasi). Natijada zonal, regional miniatlas va xaritalar bazasi yana bir ilmiy-amaliy yordamchi manba hisobiga ko‘paygan.