Yunusaliev Elmurad Maxammatyakubovichning
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ko‘p qavatli binolarning seysmik hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish” 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” va 05.09.01 – “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosliklari tutashligida dissertatsiya mavzusini ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/T650
Ilmiy maslahatchilar: Ibragimov Baxrom Tashmuratovich texnika fanlari doktori professor, Tojiev Rasul Jumabaevich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponenetlar: Madjidov Inomjon Urishevich – texnika fanlari doktori, professor, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti rektori; Baxodirov Azizbek Abdulazizovich – texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish materiallari uyushmasi rais o‘rinbosari;Nasirov O‘tkir Fatidinovich – texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shaxri filiali direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bino, inshootlar va ularni konstruksiyalarining xizmat muddatlarini o‘tayotgan turli davrlarida kuchli va kuchsiz zilzilalarga chidamliligini va yong‘in xavfsizligini oshirish, tabiiy eskirish holatiga baho berish, binolarning zilzilabardoshligini fazoviy bikrlikdagi yaxlit harakatini, uning alohida elementlarini, zamin gruntlarini inersion xususiyatlarini, zamindan binoga o‘tkazuvchi ta’sirni fazoviy tavsifini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
grunt sharoitlarini hisobga olgan holda binolarning konstruktiv echimlari va ularda qo‘llanilgan materiallar, guruhlarga ajratish orqali seysmik rayonlashtirilishiga, favqulodda holatlarda seysmik ta’sirlarda sodir bo‘ladigan yong‘inlar talofati, xavf-xatari, ulardan kutiladigan talofatlar baholanishi hamda tegishli energetik qiymatlari olingan;
to‘lqin energiyasini hosil qiluvchi qurilmalardan foydalanishning mavjud nazariyasidan foydalanib gazodetonatsion apparati yordamida tebranishlar hosil qilish orqali gruntlarda hamda bino va inshootlar alohida elementlaridagi (konstruksiyalari) paraseysmik kuchlarni “grunt-bino-konstruksiya” tizimiga dinamik va solishtirma ta’sirlari ilmiy jihatdan aniqlangan;
“grunt-bino-konstruksiya” tizimida tebranishlarni, chastotalarni hosil qiluvchi gazodinamik apparat kuchini tartibga solish imkonini beradigan yoqilg‘i qorishmasini eng maqbul tarkibi va binolar yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarining texnik holatini tezkor aniqlash mumkinligi o‘tkazilgan ketma-ket amaliy tajribalar asosida ilmiy jihatdan tadqiq qilishga erishilgan;
favqulodda holatlarda seysmik, yong‘in xavfiga kabi omillar ta’siridan keyin bino va inshootlarni mustahkamlash hamda qayta tiklash usuli, energetik baho berish evaziga detonatsion to‘lqin energiyasidan hosil bo‘lgan paraseysmik kuchlar ta’sirida gruntlar, shuningdek, bino va inshootlar konstruksiyalarida hosil bo‘lgan ko‘chishlarni (tebranish, kuchlanish) kompyuter dasturiy ta’minotlari orqali topilgan qiymatlar bilan solishtirilganda, 10-12% gacha samarador ekanligi aniqlangan;
detonatsion impulsdan hosil bo‘ladigan zarba to‘lqinini 0 mksek dan 20 mksek gacha vaqt ichida gruntda tarqalishini lazerli kinogrammasi uch konturi bo‘yicha boshlang‘ich davrida Vh1= 60 m/s, Vh2= 50 m/s, Vh3= 40 m/s ko‘rsatkichlarni va o‘rtacha tezlik Usr= 50 m/s ga tengligini ko‘rsatdi. Episentral masofadan kelib chiqib, zarba samarasi – markaziy R0 ≥1 metr, episentral R0 ≥ 5 metr , yaqin R0 ≤10 metr, o‘rta 10≤ R0 ≤100 metr va uzoq R0≥1000 metr zonalarga bo‘linishi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘p qavatli binolarning seysmik hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning nazariy va eksperimental asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Seysmik hududlarda (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 5-apreldagi 05/15-743-son ma’lumotnomasi) bino va inshootlarni loyihalash uchun nafaqat anʼanaviy qurilish materiallari, qurilish usullari va me’yorlari kabi boshqa faktorlarga ya’ni, seysmik, yong‘in xavfiga hamda favqulodda vaziyatlarda ega bo‘lgan omillar ta’siridan keyin bino va inshootlarni mustahkamlash, zo‘riqish kuchlaridagi farq 3–7% gacha, qayta tiklashning optimal variantlarining samaradorligi 9-11% gacha ortishiga erishilgan.
“Qishloq qurilish loyiha” MChJ Farg‘ona filialida (21.12.2022y. dagi dalolatnoma) favqulotda holatlarda seysmik va yong‘in xavfiga ega bo‘lgan omillar ta'siridan keyin bino va inshootlarni kuchaytirish hamda qayta tiklash usullari loyihalashtirilgan, qator amaliy chizma va xisoblov tavsiyalari kiritilishiga erishilgan;
Farg‘ona, Andijon viloyatlari Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining (28.12.2022y, 20.02.2023y.dagi.) dalolatnomalarga asosan tasarrufidagi qurilgan ko‘p qavatli turar-joy binolarini favqulotda holatlarda seysmik va yong‘in xavfiga ega bo‘lgan omillar ta’siridan keyin taklif etilayotgan usul qo‘llanilganda texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish sarflari 24% ga qisqarilishiga erishilgan;
O‘zFAning M.T.O‘razboev nomidagi “Mexanika va inshootlar zilzilabardoshligi” ilmiy tadqiqot institutining bergan (21.02.2023y.dagi); dalolatnomasiga asosan binoning zarba to‘lqini ta’siridan tebranishlar dinamik parametrlarini, konstruksiyalarni o‘zgarish va buzilishlarini tadqiq etishda qo‘llash mumkinligi takidlangan. Kichik chastotali to‘lqinli sohada parametrlarni tanlash hisobidan inshootlarda titrashlarning rezonans holatini 18% gacha kamaytirishga erishilgan.