Saidxodjaeva Saida Nabievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda diqqat etishmovchiligi va giperfaollik sindromining klinik-neyrofiziologik va genetik xususiyatlari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib310.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ivanovo davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. DEGS bo‘lgan bolalarda kasallikni rivojlantiruvchi xavf omillarini belgilash bilan klinik-neyrofiziologik va genetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli yosh davrlarida diqqat etishmovchiligi va giperfaollik sindromi xususiyatlari haqida yangi ilmiy nazariyalar yaratilgan, shuningdek, DEGS paydo bo‘lishida biologik va ijtimoiy xavf omillarining ahamiyati tahlil qilingan;
erkak jinsi, perinatal patologiya va ijtimoiy-psixologik stressning yuqori darajasi bolalarda diqqat etishmovchiligi va giperfaollik sindromining mezonlari tavsiflangan holda omillarining turli yosh davrlaridagi strukturalari aniqlangan va kichik yoshli bolalar va o‘smirinlardagi biologik hamda psixologik xavf omillarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan;
DRD2 genining rs 1800497 poliformizm genotiplari va allellari chastotasining taqsimlanishi ushbu genetik poliformizm va bolalarda DEGS shakllanishi o‘rtasida patogenetik munosabat asosida yuzaga kelishi aniqlangan;
salbiy allel` tarkibli genotiplar “T” (S/T va T/T yoki A1/A2 hamda A1/A1 genotiplarga mos ravishda) bolalarda DEGS rivojlanish xavfi oshishini prognozlash uchun mustaqil genetik markerlar ekani isbotlanib, S/S (A2/A2) genotipi ushbu sindrom belgilari shakllanishida himoyalovchi ta’sirga egaligi asoslangan;
DEGS bilan assotsiatsiyalangan Y-xromosomalari uzunligining ortishi, sindromning rivojlanish ehtimolini prognozlash va kasallik rivojlanishiga moyillikni erta aniqlash maqsadida diagnostikada qo‘llashda hamda profilaktik va korreksiyalovchi chora-tadbirlarni qabul qilishda omillardan biri bo‘lishi mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda diqqat etishmovchiligi va giperfaollik sindromini tashxislash asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
“Bolalarda diqqat etishmovchiligi va giperfaollik sindromini tashxislash” nomli uslubiy tavsiya tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 1 fevraldagi 8N-R/17-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiya tashxis natijalarini oshirishga va iqtisodiy xarajatlarni 18%ga qisqartirishga imkon bergan;
tashxislash samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan Samarqand tibbiyot instituti 1-klinikasi va Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi davolash-konsul`tativ amaliyotida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 2 fevraldagi 8N-D/21-son ma’lumotnomasi). Natijada bolalarda diqqat etishmovchiligi va giperfaollik sindromini tashxislash samaradorligini oshirishga imkon yaratgan.