Vafaev Oybek Shukurlaevichning
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yangi samarali depressor prisadkalarni sintez qilishning ilmiy asoslarini yaratish va ularni neft` mahsulotlari xususiyatlarini modifikatsiyalashda qo‘llash», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T29.
Ilmiy rahbar: Tadjixodjaev Zokirxodja Abdusattarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polietilentereftalat va ko‘p atomli spirtlar asosida dizel` yoqilg‘ilari uchun depressor qo‘shimchalarni olish texnologiyasini yaratishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi polietilentereftalat va ko‘p atomli spirtlar asosida gidroksil saqlovchi poliefirlar va ularga yog‘ kislotalari ta’sirida murakkab efir bog‘lari va uzun uglevodorod radikali S12-S18 mavjud bo‘lgan oligomerlar olishningikki bosqichli usuli yaratilgan;
olingan oligomerlarni sintez jarayoniga ta’sir etuvchi faktorlarining (harorat, konsentratsiya, davomiyligi, moddalar tabiati) optimal texnologik sharoitlarianiqlangan;
yaratilgan depressor qo‘shimchalarning dizel` yoqilg‘isi qotish harorati – minus -100S dan minus -35 0S gachaoshishi asoslangan;
ikkilamchi polietilentereftalat va ko‘p atomli spirtlar asosida depressor qo‘shimchalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yangi samarali depressor prisadkalarni sintez qilishning ilmiy asoslarini yaratish va ularni neft` mahsulotlari xususiyatlarini modifikatsiyalashda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi polietilentereftalat va ko‘p atomli spirtlar asosida dizel` yoqilg‘ilari uchun depressor qo‘shimchalar olishtexnologiyasi «O‘zavtosanoat» AK tizimiga, jumladan «Maxsus-yuktrans» MChJamaliyotiga joriy etilgan («O‘zavtosanoat» AKning 2017 yil 19 iyuldagi09/02-25-2363-sonma’lumotnomasi). Natijada depressor qo‘shimchalarni dizel` yoqilg‘ilariga joyida qo‘shish texnologiyasi har bir tonna mahsulot tannarxini 21% arzonlashtirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan depressor qo‘shimchaga «O‘zstandart» agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining xulosasi asosida (19.10.2012 y.; №13-2724) TIF TN bo‘yicha 3811 29 000 0 raqamli kod berilgan (Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining 2012 yil 19 oktyabrdagi 13/1249-18-10-12-son ma’lumotnomasi).Depressor qo‘shimchaning TIF TNga kiritilishi uning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy munosabatlarni tartibga solish imkonini berdi.
V. Ixtiroga patenti. «Depressor qo‘shimchalarni olish usuli»ga berilgan ixtiro patentiga (№ IAP 05151-2015 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 1 iyuldagi 02-08/1682-son xulosasi berilgan.